«Monako» Fransiya Liga 1 musobaqasining 28-turi doirasida o‘z maydonida «Marsel» ustidan g‘alaba qozondi — 2:1.
Uchrashuvning 59-daqiqasida rossiyalik yarim himoyachi Aleksandr Golovin hisobni ochdi. Bu uning joriy mavsumdagi barcha turnirlardagi beshinchi goli bo‘ldi.
74-daqiqada Folarin Balogun mezbonlarning ustunligini ikkitaga oshirdi. «Marsel» esa 85-daqiqada Amin Guirining goli evaziga javob qaytardi.
«Monako» (49 ochko) Liga 1 da ketma-ket yettinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi va beshinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib olgan «Marsel» (49 ochko) esa qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga monegasklarni ortda qoldirgan holda turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
Fransiya Liga 1. 28-tur
05.04.2026 | 23:45
«Lui II», Monako
«MONAKO» — «MARSEL» — 2:1
Gollar: Aleksandr Golovin 59 (1:0), Folarin Balogun 74 (2:0), Amin Guiri 85 (2:1).
«Monako»: Gradeski, Zakariya, Fas, Kerer, Kamara, Kulibali (Bamba, 65), Mavissa (Diatta, 65), Teze, Golovin (Fati, 75), Akliush (Biyeret, 84), Balogun (Adingra, 84).
«Marsel»: Ruli, Igan-Rayli (Balerdi, 77), Medina, Pavar, Xeybyerg (Emerson, 89), Timber, Payshan, Vea (Abdelli, 89), Traore (Nvaneri, 73), Guiri, Obameyang.
Ogohlantirishlar: Kamara (8), Kerer (71) — Medina (34), Balerdi (87).