Bugun 9 avgust, 2025 yil, shanba.

  • Superliga
      • 08.08.2025 19:00
      • Xorazm
      • 2:2
      • Surxon
      • 08.08.2025 20:00
      • Qizilqum
      • 1:0
      • Buxoro
      • 08.08.2025 21:15
      • Bunyodkor
      • 1:1
      • Sho‘rtan
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 17 37
2 Neftchi 17 33
3 OKMK 17 33
4 Dinamo 17 33
5 Bunyodkor 17 31
6 Paxtakor 17 29
7 Navbahor 17 28
8 Andijon 17 21
9 Qizilqum 17 21
10 Surxon 17 20
11 Xorazm 17 18
12 So‘g‘diyona 17 17
13 Mash’al 17 15
14 Buxoro 17 13
15 Qo‘qon-1912 17 12
16 Sho‘rtan 17 10

O'tgan o'yinlar.

17-тур Paxtakor 1-2 OKMK
17-тур Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
17-тур Mash’al 2-4 Dinamo
17-тур Qo‘qon-1912 1-2 Neftchi
17-тур Nasaf 1-1 Andijon
17-тур Xorazm 2-2 Surxon
17-тур Qizilqum 1-0 Buxoro
17-тур Bunyodkor 1-1 Sho‘rtan

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 588 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 230 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 09.08.2025

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Чемпионат Сербии. ОФК - "Явор".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Кубок Италии. Финал. "Болонья" - "Милан".
      10:00 Новости футбола.
      10:05 Чемпионат Турции. "Газиантеп" - "Галатасарай".
      12:00 Новости футбола.
      12:05 Чемпионат Бразилии. "Сантос" - "Жувентуде".
      14:00 Новости футбола.
      14:05 Кубок Испании. Финал. "Барселона" - "Реал Мадрид".
      16:05 Новости футбола.
      16:10 Чемпионат Турции. "Газиантеп" - "Галатасарай".
      18:10 Новости футбола.
      18:15 Чемпионат Сербии. ОФК - "Явор".
      20:15 Новости футбола.
      20:20 Д/ф "Лионель Месси".
      21:20 Чемпионат Турции. "Газиантеп" - "Галатасарай".
      23:25 LIVE Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Аланьяспор". Прямая трансляция.
      01:25 Новости футбола.
      01:30 Д/ф "Неймар. Номер один в Бразилии".
      02:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Интернасьонал". Прямая трансляция.
      04:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Форталеза" - "Ботафого". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 09.08.2025

      07:25 "Физруки. Будущее за настоящим".
      08:00 Бильярд. "BetBoom Суперлига" в Москве.
      09:35 "Формула-1. Гаснут огни".
      10:05 Плавание на открытой воде. Чемпионат мира в Сингапуре. Мужчины. 3 км.
      11:25 LIVE Лёгкая атлетика. ПСБ Чемпионат России в Казани. День 3. Утренняя сессия. Прямая трансляция.
      14:30 "Магия большого спорта". "Кёрлинг".
      15:00 "Страна спортивная".
      15:20 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. Соло. Техническая программа. Финал.
      16:25 LIVE Автоспорт. DTM. Этап 5 на трассе Нюрбургринг, Германия. Гонка 1. Прямая трансляция.
      17:45 "Культовые".
      18:10 "Формула-1. Гаснут огни".
      18:40 "Страна спортивная".
      18:55 LIVE Лёгкая атлетика. ПСБ Чемпионат России в Казани. День 3. Вечерняя сессия. Финалы. Прямая трансляция.
      22:10 "Физруки. Будущее за настоящим".
      22:45 "Век нашего спорта". Анзор Кавазашвили.
      23:10 Плавание на открытой воде. Чемпионат мира в Сингапуре. Мужчины. 3 км.
      00:30 "Формула-1. Гаснут огни".
      01:00 "Культовые".
      01:30 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. Соло. Произвольная программа.
      04:00 Лёгкая атлетика. ПСБ Чемпионат России в Казани. День 3. Вечерняя сессия. Финалы.
  • MATCH-TV
    • Sana: 09.08.2025

      05:25 "Взойди на свой Олимп".
      05:55 Новости.
      06:00 Лёгкая атлетика. ПСБ Чемпионат России в Казани. День 2. Вечерняя сессия. Финалы.
      08:00 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Лас-Вегасе, США. Марвин Веттори против Романа Долидзе.
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 М/с "Чемпионы".
      11:30 "Вы это видели".
      12:35 Д/ф "Дэвид Бекхэм. Одиозный".
      14:05 Матч! Парад.
      14:35 Новости.
      14:40 Все на Матч! Прямой эфир.
      15:55 LIVE Регби. Pari Чемпионат России. "Слава" (Москва) - "ВВА-Подмосковье" (Монино). Прямая трансляция.
      18:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:00 LIVE Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. 4-й тур. "Локомотив" (Москва) - "Спартак" (Москва). Прямая трансляция.
      22:15 LIVE Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. 4-й тур. "Ахмат" (Грозный) - "Зенит" (Санкт-Петербург). Прямая трансляция.
      00:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:00 LIVE Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Лас-Вегасе, США. Роман Долидзе против Энтони Эрнандеса. Прямая трансляция.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 09.08.2025

      06:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Раунд 1.
      07:30 Велоспорт. Тур Польши. Этап 5.
      09:30 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Раунд 1.
      11:30 Велоспорт. Тур Польши. Этап 5.
      12:30 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Раунд 1.
      13:30 Парусный спорт. The Ocean Race Europe. Превью сезона.
      14:30 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Этап 7. Pitz Alpine Glacier Trail в Пицтале, Австрия. Обзор.
      15:00 LIVE Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Этап 8. Sierre Zinal Trail в Вале, Швейцария. Прямая трансляция.
      17:15 LIVE Велоспорт. Тур Польши. Этап 6. Прямая трансляция.
      19:45 LIVE Велоспорт. Арктическая гонка Норвегии. Этап 3. Прямая трансляция.
      21:00 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Этап 8. Sierre Zinal Trail в Вале, Швейцария.
      21:30 LIVE Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Раунд 2. Прямая трансляция.
      01:30 Триатлон. T100 Triathlon World Tour. Этап 4 в Лондоне, Великобритания. Женщины, мужчины.
      03:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Раунд 2.
      04:30 Велоспорт. Тур Польши. Этап 6.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Osiyo chempionlar ligasi-2019: Eng, eng, eng…

Baho:
+1 | -
OSIYO / Chempionlar ligasi / Guruh bosqichi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Kecha Osiyo|Avstraliya futbolining klub miqyosidagi bosh turniri - OCHLning navbatdagi mavsumi guruh bosqichiga start berildi.

O‘ylaymizki, turnirga tegishli rekordlar va faktlar ko‘pchilikni alohida qiziqtiradi, albatta. Shuni nazarda tutib, bir qator ma’lumotlar bilan tanishtirishni lozim topdik. Umuman, OCHL rekord­lari va ko‘rsatkichlari borasidagi izlanishlarni butun mavsum davomida to‘xtatmaymiz. Demak, dastlab diqqatni umumiy ko‘rsatkichlarga buramiz.

Futbolchilar narxi

Germaniyaning www.transfermarkt.de sayti ma’lumotlari asosida chiqarilgan hisob-kitobga qaraganda, OCHL-2019 uchun «zayavka» qilingan futbolchilar transferining umumiy bahosi 747,45 mln. funtga teng. Oxirgi 2 mavsum ko‘rsatkichi bundan ancha past bo‘lganini aytish o‘rinli: 2018 yil - 531,54 mln. funt va 2017 yil - 405,9 mln. funt. Xullas, yangi mavsum ishtirokchilari qatorida arab dunyosining boy klublari ko‘proq ekanligi futbolchilarning umumiy bahsida ham yaqqol sezildi. Yana bir tomoni, OCHL-2019da qatnashuvchi futbolchilardan 130 nafarining transfer narxi 1 mln. funtdan baland (o‘tgan mavsum bunday o‘yinchilar 101 nafar edi). Alohida aytish kerak, shu 130 nafar qimmatbaho futbolchidan 4 nafari «Paxtakor» va 2 nafari «Lokomotiv» vakili hisoblanadi.

Amplualar bo‘yicha ol, «Al-Ittihod» (Jidda) vakili Marselo Groxe OCHLning eng qimmatbaho darvozabonidir - 3,6 mln. funt. Deylik, «Paxtakor» kiperi Eldor Suyunovgaqo‘yilgan narx - 0,72 mln. funt. Himoyachilar orasida «Al-Duhayl» a’zosi Medhi Benatiya 1-o‘rinda(13,5 mln. funt), braziliyalik Paulinyo («Guanjou Evergrand») esa 34,2 mln. funtga teng baho bilan yarim himoyachilar orasida yaqqol ajralib turibdi. Hujumchilarga kelsak, Sedrik Bakambu (19,8 mln. funt) mutlaq peshqadam.

Bosh murabbiylar reytingi

OCHL-2019 ishtirokchilari bosh murabbiylari orasida katta tajriba egalari ko‘p. Ular orasida hozirgi klublari barqaror ishlayotgan mutaxassislar ham bor, albatta. Misol uchun, avstraliyalik Kevin Muskat «Melburn Viktori»ni deyarli 4,5 yildan buyon boshqarmoqda.

Hakamlar masalasi

Diqqat qiling, OCHL o‘yinlarini boshqarish bobida ikki hamyurtimiz - Ravshan Ermatov va Valentin Kovalenko oldinda. Ayni payt, ya’ni OCHL-2019 guruh bosqichiga qadar Ermatov naq 50ta o‘yinda hakamlik qilgan. Kovalenko hisobida esa 42ta o‘yin bor.

 Klub tarbiyalanuvchilari

Ko‘pchilikka sir emas, J.Koreya, Yaponiya va O‘zbekiston klublarida mahalliy tarbiyalanuvchilar (jamoa akademiyasidan chiqqan futbolchilar)ga e’tibor katta. Har holda, shu 3ta mamlakat jamoalarida futbolchilar kuchliroq chempionatga yo‘l olishdan oldin aynan OCHLda o‘zlarini ko‘rsatishga urinishadi va buni uddalashadi ham. Misol uchun, bizdan «Paxtakor» OCHL-2019 uchun «zayavka» qilingan o‘z tarbiyalanuvchilari ko‘pligi bilan bemalol maqtanishi mumkin.

O‘yin intizomi

OCHL-2016 g‘olibi va 2017 yili diskvalifikasiya tufayli turnirda ishtirok etmagan  «Chonbuk Xyunday Motors» sariq va qizil kartochkalar soni bo‘yicha «pesh­qadam»likni «Al-Hilol»ga berib qo‘ydi. Ar-Riyod klubi hisobida jami 154ta sariq va 9ta qizil kartochka bor. Chempionatimiz vakillari - «Bunyodkor» va «Paxtakor» «kuchli 15talik»da. «Lokomotiv» esa 52ta sariq va 1ta qizil kartochka bilan 39-o‘rinda.

Eng yosh futbolchilar

Turnirda maydonga tushgan eng yosh futbolchi - «Seong­nam Ilva Chunma» hujumchisi Min Xo Kim. U 2007 yilning 18 aprelida «Urava Reds»ga qarshi kechgan safar o‘yinida maydonga tushganida, atigi 15 yosh 9 oy 26 kunlik edi. Bu boradagi ikkinchi natija «Adelaida Yunayted» hujumchisi Tiboy Kamaraga tegishli (2012 yilning 18 aprel kuni «Poxang Stilers» bilan bahsda 15 yoshu 11 oyligida harakatlangan. Hamyurtlarimiz orasida eng yosh debyutant Temur Hakimov bo‘lib, u 2012 yilning  2 may kuni 17 yosh 8 oy 9 kunligida  «Paxtakor» - «Al-Ittihod» uchrashuvida maydonga tushgan (turnir tarixidagi 16-natija).

 

Eng yoshi katta futbolchilar

OCHL o‘yinida ishtirok etgan eng «qari» futbolchi - «Chonbuk Xyunday» darvozaboni Choy Sung. Koreys kiperi bu rekordni 2014 yilning 18 martida «Guanjou Evergrand»ga qarshi kechgan safar uchrashuvida o‘rnatgan - 42 yosh 11 oy 13 kunlik. Darvoqe, 2018 yili «Al-Duhayl» yarim himoyachisi Abdulrahmon Fahmiy 40 yosh 8 oy 4 kunligida maydonga tushib, «qariya»lar reytingida 3-o‘ringa ko‘tarildi. Hamyurtimiz Pavel Bugalo bu ro‘yxatning 8-qatorida turibdi. U 2014 yilning 19 mart kuni «Fulad» bilan bahsda «Bunyodkor» darvozasini qo‘riqlaganida 39 yosh 6 oy 26 kunlik edi. OCHLning eng «qari» 20 nafar ishtirokchisi orasida yana bir hamyurtimiz bor Viktor Karpenko («Bunyodkor») - 38 yosh 7 oy 27 kunlik (17-o‘rin).

 

Eng yosh tarkib

2011 yilning 11 may kuni Ravshan Haydarov «Paxtakor» - «Al-Sadd» bahsida OCHL tarixidagi eng yosh boshlang‘ich tarkibga tayangandi. O‘shanda maydonga tushgan «paxtakorchilar»ning o‘rtacha yoshi 21,8ga teng bo‘lgandi: Nikita Ribkin (19 yosh), Murod Xolmuhammedov (20 yosh), Akbar Ismatullayev (20 yosh), Ilhom Suyunov (27 yosh), Akmal Xolmurodov (22 yosh), Vladimir Kozak (17 yosh), Stanislav Andreev (23 yosh), San’at Shixov (21 yosh), Alisher Azizov (21 yosh), Dushan Savich (25 yosh), Temurxo‘ja Abduxoliqov (19 yosh). Zaxirada qolganlarning o‘rtacha yoshi esa 20,8ni tashkil qilgandi. Umuman olganda, OCHL tarixida maydonga tushgan eng yosh 10ta tarkibdan naq 5tasi «Paxtakor»ga tegishli. Deylik, «sherlar» 2011 yilning o‘zida 3ta o‘yinda o‘ta yosh tarkib hosil qilishgan. 2017 yilning 24 aprelida «Bunyodkor» - «Al-Ahli» (S.Arabistoni) bahsida esa Sergey Lushan boshlang‘ich tarkibni o‘rtacha yoshi 22,4ga teng futbolchilardan tuzgandi. Bu turnir tarixidagi 4-ko‘rsatkichdir.

 

Eng «Qari» tarkib

2018 yil 13 fevral. «Tyanjin Kuanjin» - «Kitchi» o‘yini. Gonkong klubi bosh murabbiyi Chi Kvong Chu shu kuni maydonga o‘rtacha yoshi 33,1ga teng futbolchilarni tushirdi. «Kitchi»ning boshlang‘ich tarkibidan xususan, 38 yoshli Diyego Forlan ham joy olgandi. Xullas, 2014 yilning 2 aprel kuni «Al-Jazira» - «Istiqlol» o‘yinida fors jamoasi ustozi Amir Galenoi tomonidan o‘rnatilgan oldingi rekord (31,6 yosh) deyarli 4 yildan keyin yangilangandi.

 

«QuruQ» o‘yinlar

Darvozabonlar mahorati ularning «quruq» o‘yinlari soni bilan ham o‘lchanadi. OCHL tarixida bu boradagi eng yaxshi ko‘rsatkich Xva Yong Shin («Poxang Stilers», «Suvon Samsung Blyuuingz»)ga tegishli - u jami 52ta o‘yin (saralash bosqichlari ham inobatga olingan)dan 22tasida  o‘z darvozasi daxlsizligini ta’minlagan. Jeng Cheng («Xenan Jianye», «Guanjou Evergrand») hisobida esa 21ta «quruq» o‘yin bor (jami 62ta o‘yin). «Istiqlol» kiperi Mehdi Rahmatining statistikasi ham chakki emas: 54ta o‘yindan 20tasi «quruq». 4-o‘rinda borayotgan Ignatiy Nesterov 52ta o‘yinning 17tasida raqiblarning gol urishlariga yo‘l qo‘ymagan.

 

 

OCHL-2019: eng Qimmatbaho futbolchilar

 

T|r. Futbolchi (mamlakati)  Amp.       Yoshi   Klubi                          Bahosi

                                                                                                        (mln. funt)

1.    Paulinyo (Braziliya)     Yar. him.  30      «Guanjou Evergrand»  34,2

2.    Oskar (Braziliya)           Yar. him.  27      «Shanxay SIPG»           25,2

3.    Taliska (Braziliya)        Yar. him.  25      «Guanjou Evergrand»  22,5

4.    Sedrik Bakambu (Kongo DR)          Huj.  27                                «Pekin Guoan»   19,8

5.    Xalk (Braziliya)             Yar. him.  32      «Shanxay SIPG»           18,0

6.    Shoya Nakashima (Yaponiya) Yar. him.  24      «Al-Duhayl»                16,2

7.    Maruan Fellayni (Belgiya)         Yar. him.                                31          «Shandong Luneng»       13,5

8.    Mehdi Benatiya (Marokash)            Him.  31                                «Al-Duhayl»     13,5

9.    Ahmad Muso (Nigeriya)   Huj.       26      «Al-Nasr (S.Arabistoni)          13,5

10.  Renato Augusto (Braziliya)           Yar. him.                                31          «Pekin Guoan» 12,6

11.       Juliano (Braziliya)    Yar. him.           28        «Al-Nasr» (S.Arabistoni)      11,25

 

OCHL-2019: o‘z klublarida kamida 2 yildan buyon ishlayotgan

bosh murabbiylar

 

Murabbiy                   Fuqaroligi    Klubi                        Yoshi   Muddat

Kevin Muskat              Avstraliya      «Melburn Viktori»          45 5 yil 4 oy

Branko Ivankovich       Xorvatiya        «Persepolis»           64      3 yil 10 oy

Jezualdo Ferreyra Portugaliya     «Al-Sadd»                 72      3 yil 3 oy

Kim Jong Bu               J.Koreya         «Kyonnam»                   54      3 yil 3 oy

Kim Do Xun                 J.Koreya         «Ulsan Xyunday»      48      2 yil 3 oy

Toru Oniki      Yaponiya «Kavasaki Frontale»  44        2 yil 1 oy

 

OCHL: eng ko‘p o‘yin boshQargan 11 nafar referi statistikasi

 

Hakam                         Fuqaroligi   Yoshi    Sar.    Qiz.  Pen.   O‘yin

Ravshan Ermatov        O‘zbekiston     41       174     14      3         50

Valentin Kovalenko  O‘zbekiston     43       107     5       10       42

Navaf Shukrulloh      Bahrayn         42       163     4       6         42

Alirizo Fag‘oni          Eron              40       140     3       10       37

Kim Dong Jin             J.Koreya         45       138     3       8         32

Benjamin Uilyams     Avstraliya      41       116     8       9         31

Abdulloh al Hiloliy                      Ummon 48       95      5         7      29

Ali Abdulnabiy         Bahrayn         47       107     5       3         27

Ryuji Sato                  Yaponiya           41       102     3       4         26

Abdulrahmon Abdu     Qatar             46       83       1       3         25

Kim Jong Xeok            J.Koreya          35        81        4          5          25

 

OCHL-2019: tarbiyalanuvchilar soni bo‘yicha reyting (manba: www.transfermarkt.co.uk)

 

Klub                        Tar. soni           O‘yin  Gol         Umumiy

                                                                    narxi (funt)

«Paxtakor»                  15        79       11      6,17mln.

«Zob-Ohan                   11        51       4        1,15mln.

«Buriram Yunayted»    11        26       1        923 ming

«Kashima Antlers»      9          88       12      5,02 mln.

«Urava Reds»              7          0         0        1,44 mln.

«Pekin Guoan»             7          36       2        1,42 mln.

«Chonbuk Xyunday»        7          5         0        720 ming

«Sanfrechche Xirosima»          6         20      1 1,98 mln.

«Al-Ahli» (S.Arabistoni)      6         76      8 2,57 mln.

«Istiqlol»                 6          62       3        1,26 mln.

«Tegu»                          6          0         0        293 ming

«Al-Vahda»                 5          45       2        945 ming

«Kyonnam»                     5          0         0        248 ming

«Ulsan Xyunday»        4          7         1        630 ming

«Lokomotiv»               4          0         0        720 ming

«Kavasaki Frontale»  3          0         0        135 ming

«Persepolis»             2          0         0        135 ming

«Shandong Luneng»       2          0         0        23 ming

«Al-Vasl»                   2          3         0        -

«Guanjou Evergrand» 1          0          0          90 ming

 

OCHL: eng ko‘p sariQ va Qizil kartochka olgan klublar

 

T|r.  Klub                                 Sariq|

                                                 qizil kar. Ochko

1.     «Al-Hilol»                      154|9          189

2.     «Chonbuk Motors»             163|6          185

3.     «Al-Ayn»                          115|10        159

4.     «Al-Jazira»                    120|6          148

5.     «Guanjou Evergrand»       116|4          136

6.     «Al-Ahli» (S.Arabistoni)                 108|6        134

7.     «Bunyodkor»                      109|5          128

8.     «Al-Duhayl»                     99|6            121

9.     «Pekin Guoan»                  72|11          119

10.    «Istiqlol»                       99|4            113

11.    «Al-Ittihod» (S.Arabistoni)            93|4          111

12.    «Al-Sadd»                        88|6            110

13.    «Paxtakor»                       79|7            110

Izoh: sariq kartochka - 1 ochko; ikkinchi sariq|qizil kartochka - 3 ochko; to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka - 5 ochko.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 09:43, 06.03.2019. O'qildi: 10700 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 12
2 Насаф Husayn Norchayev 9
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 8
5 Бунёдкор Luis Kachorri 8
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 7
7 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 5
9 Нефтчи Zoran Marushich 5
10 Машъал Humoyun Murtazoyev 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.