Bugun 13 yanvar, 2026 yil, seshanba.

  • «A» Seriya
      • 12.01.2026 00:45
      • Inter
      • 2:2
      • Napoli
      • 12.01.2026 22:30
      • Jenoa
      • 3:0
      • Kalyari
      • 13.01.2026 00:45
      • Yuventus
      • 5:0
      • Cremonese
      • 14.01.2026 22:30
      • Napoli
      • -:-
      • Parma
  • AFC U-23
      • 12.01.2026 21:30
      • Saudiya Arabistoni
      • 0:1
      • Vyetnam
      • 12.01.2026 21:30
      • Iordaniya
      • 1:0
      • Qirg‘iziston
      • 13.01.2026 16:30
      • O‘zbekiston
      • 2:0
      • Janubiy Koreya
      • 13.01.2026 16:30
      • Eron
      • 0:1
      • Livan
      • 13.01.2026 21:30
      • Yaponiya
      • -:-
      • Qatar
      • 13.01.2026 21:30
      • BAA
      • -:-
      • Suriya
      • 14.01.2026 16:30
      • Iroq
      • -:-
      • Avstraliya
      • 14.01.2026 16:30
      • Tailand
      • -:-
      • Xitoy
  • La-liga
      • 13.01.2026 01:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Selta
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Vyetnam 3 9
2 Iordaniya 3 6
3 Saudiya Arabistoni 3 3
4 Qirg‘iziston 3 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Yaponiya 2 6
2 BAA 2 3
3 Suriya 2 3
4 Qatar 2 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 O‘zbekiston 3 7
2 Janubiy Koreya 3 4
3 Livan 3 3
4 Eron 3 2

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 Xitoy 2 4
2 Avstraliya 2 3
3 Iroq 2 2
4 Tailand 2 1

O'tgan o'yinlar.

3-тур Saudiya Arabistoni 0-1 Vyetnam
3-тур Iordaniya 1-0 Qirg‘iziston
3-тур O‘zbekiston 2-0 Janubiy Koreya
3-тур Eron 0-1 Livan

Navbatdagi o'yinlar.

13/01/26 Yaponiya - Qatar
13/01/26 BAA - Suriya
14/01/26 Iroq - Avstraliya
14/01/26 Tailand - Xitoy

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Andrey Kanchelskis «Qo‘qon-1912» bilan o‘yindan keyingi fikrlari uchun tushuntirish berdi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Superliganing 1-turi doirasidagi “Navbahor” — “Qo‘qon-1912” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida Namangan jamoasi ustozi Andrey Kanchelskis bildirgan fikrlar futbol jamoatchiligi orasida tushunmovchiliklarga sabab bo‘ldi. Bunda rossiyalik mutaxassis O‘FA ishlash tizimini tushunmayotgani ortidan tanqidiy fikrlar bildirgani ko‘rinib qolgandi.

 Professional futbol ligasi mazkur holatni bosiqlik bilan qabul qildi hamda ishni O‘FA qo‘mitalariga oshirishga shoshilmadi. Aksincha, Kanchelskis bilan bir necha kundan so‘ng bog‘lanib, mazkur masala yuzasidan izoh so‘radi.  

“Bilasizmi, 1-tur o‘yinini mezbon bo‘la turib, o‘z maydonimizda o‘tkazmaganimiz kayfiyatimizni biroz buzdi. Qolaversa, chempionatni g‘alaba bilan boshlamoqchi edik. Lekin yakunda “Qo‘qon-1912” bilan durang o‘ynadik. Buning ortidan matbuot anjumani vaqtida kayfiyatim joyida emasdi. Hayajon sabab fikrlarimni biroz qo‘pol tarzda bayon etib yubordim. Aslida esa aynan kimnidir yoki O‘FAni tanqid qilish niyatida emas edim. Qizishib aytgan so‘zlarim uchun futbol jamoatchiligidan uzr so‘rayman”, — dedi Kanchelskis.

 Qayd etish kerak, Professional futbol ligasi o‘z maydonida ulkan o‘zgarishlar qilayotgan “Navbahor” futbol klubining mehnatlarini qadrlaydi. Shuning uchun ham mazkur jamoaga o‘z uy uchrashuvlarini vaqtinchalik istalgan stadionda o‘tkazish imkoniyati taqdim etildi. “Navbahor” stadionining yangi ko‘rinishi qachon tayyor bo‘lishi ham, mazkur jamoa aynan qaysi stadionda o‘ynashni ixtiyor etishi ham O‘zPFL yoki O‘FAning qo‘lida emas. Bundan kelib chiqadiki, bosh murabbiy tomonidan bildirilgan keskin fikrlar ko‘proq jamoa rahbariyatiga tegishlidir. 

  “Ayni paytda PFL barcha maydonlar ideal holatda bo‘lishini talab etmoqda va bu juda to‘g‘ri fikr. Ushbu tashabbusni to‘la qo‘llab-quvvatlayman. Yevropada, xususan, Angliyada faoliyat olib borgan kishi sifatida aytishim mumkinki, yaxshi holatdagi maydonda futbolchi ham rohatlanib to‘p suradi. Shuning uchun uy stadionimiz imkon qadar tez muddat ichida tayyor bo‘lishini hamda jamoamiz ishqibozlarini chiroyli g‘alabalar bilan xushnud etishini istayman”, — deb fikrida davom etdi murabbiy.

 O‘zPFL Kanchelskis tomonidan bildirilgan mazkur fikrlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, bir yil muqaddam Superliganing bir qator klublari aynan “Navbahor” stadioni masalasida qiyinchilikka duch kelgani, biroq PFL talabi bilan o‘yinlar namanganlik muxlislar ko‘z o‘ngida o‘tishini talab qilganini eslab o‘tishni joiz deb hisoblaydi. “Navbahor” rahbariyati bundan to‘g‘ri xulosa chiqarib, vaziyatni yaxshilash yo‘lidan yurayotgani yoqimli holat. Ta’mirlash ishlari yakuniga qadar esa klub mutasaddilari yevropalik murabbiyga holatni to‘liq tushuntirib berishlari kerak bo‘ladi.

 

Professional futbol ligasi maydoni ayni paytda uchrashuvlarni qabul qilishga tayyor bo‘lmagan jamoalarga stadion tanlash huquqini taqdim etdi. Shu boisdan “Navbahor” — “Qo‘qon-1912” uchrashuvi Toshkentdagi TTYMI stadionida bo‘lib o‘tdi. Boisi, Namangandagi stadion ham, “Qo‘qon-1912” uy stadioni ham ayni damda yangi mavsumga to‘liq tayyor emas edi. Namanganliklar shu sabab o‘z uy uchrashuvini Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida o‘tkazish niyatida edilar. Yakunda esa “Navbahor” “Istiqlol” stadioni emas, balki TTYMI stadioni bilan kelisha oldi va natijada “lochinlar” ilk tur o‘yinini Toshkentda o‘tkazishdi. “Navbahor” va “Istiqlol” stadioni o‘rtasidagi kelishuv nima sababdan amalga oshmagani yuzasidan ham “Navbahor” futbol klubi izoh berishi kerak, PFL emas. 

O‘zPFL Kanchelskis tomonidan hayajon sabab aytilgan fikrlarga keyinchalik tuzatish kiritildi, deb hisoblaydi. Shuningdek, ta’mirlash ishlari davom etayotgan bir qator stadionlarda ish yakuniga yetguniga qadar futbol muxlislari va OAV vakillaridan masalaga bosiqlik bilan yondoshishni so‘raydi. Yana bir necha kunlardan so‘ng Superliganing bir qator stadionlarida ijobiy o‘zgarishlar bo‘layotganiga guvoh bo‘lish mumkin. Shu bilan birgalikda O‘FA hamda O‘zPFL asossiz tanqid qilingani holatida futbolchi yoki murabbiylar ishini Tartib-intizom hamda etika masalalari bo‘yicha javobgar qo‘mitalar ko‘rib chiqishini eslatib o‘tamiz. 

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 14:44, 16.03.2019. O'qildi: 3357 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Ливан Leonardo Shahin 4
2 Иордания Ali Azayzeh 3
3 Япония Ozeki 2
4 Япония Ryunosike Sato 2
5 Саудия Арабистони Rakan al-G‘amdiy 2
6 Вьетнам Nguyen Din Bak 2
7 Ўзбекистон Sardorbek Bahromov 1
8 Ўзбекистон Ravshan Xayrullayev 1
9 Ўзбекистон Amirbek Saidov 1
10 Ўзбекистон Behruzjon Karimov 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.