Bugun 18 fevral, 2026 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 17.02.2026 00:45
      • Kalyari
      • 0:2
      • Lechche
  • La-liga
      • 17.02.2026 01:00
      • Jirona
      • 2:1
      • Barselona
  • Elit OCHL
      • 17.02.2026 15:00
      • Seul
      • 2:2
      • Sanfrechche Xirosima
      • 17.02.2026 15:00
      • Matida Zelviya
      • 3:2
      • Chengdu Rongcheng
      • 17.02.2026 17:15
      • Buriram Yunayted
      • 2:0
      • Shanghai Shenhua
      • 17.02.2026 17:15
      • Johor Dorul Ta'zim
      • 1:0
      • Vissel Kobe
      • 17.02.2026 21:00
      • As-Sadd
      • 1:4
      • Al-Ittihod
      • 17.02.2026 21:00
      • Al-G‘arafa
      • 0:2
      • Traktor
  • ECHL
      • 17.02.2026 22:45
      • Galatasaroy
      • 5:2
      • Yuventus
      • 18.02.2026 01:00
      • Benfika
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 18.02.2026 01:00
      • Monako
      • 2:3
      • PSJ
      • 18.02.2026 01:00
      • Borussiya D
      • 2:0
      • Atalanta
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 14 8 9 31
2 Italiya 9 4 11 24
3 AQSh 6 10 5 21
4 Niderlandiya 6 6 1 13
5 Germaniya 5 8 7 20
6 Avstriya 5 8 4 17
7 Fransiya 5 7 4 16
8 Shvesiya 5 5 2 12
9 Shveysariya 5 2 3 10
10 Yaponiya 4 5 10 19
83 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 23 45
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 23 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis
24-тур Jirona 0-0 Barselona
24-тур Jirona 2-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yevrotur: Faxrli «teshikkulcha» kushandasi

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Yangiliklar
A A A

Ortda qolgan futbol haftasida top chempionatlarda yagona bo‘lib turgan jamoa mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini tan oldi. Shu tariqa kuchli beshlik vakillari orasida jadvalning mag‘lubiyat bandida faxrli «0» raqamini saqlab kelayotgan jamoa qolmadi.

Angliya. Dramatizm bo‘yicha musobaqa

Tig‘iz taqvim hukmiga binoan, APL vakillari navbatdagi «uik-end»ni teng ikki guruhga bo‘lingan holda o‘tkazishdi. Ya’ni, Angliya kubogi chorak final bahslari bo‘lib o‘tdi. Qolganlar ichki chempionat doirasida kuch sinashishdi. Ta’kidlash joizki, har ikki guruhda ham muxlislar o‘ta murosasiz bahslar guvohiga aylanishdi.

Jumladan, yarim final yo‘llanmasi ilinjida Uels­ga tashrif buyurgan «Manchester Siti» «Suonsi»ni irodali g‘alaba evaziga mahv etdi - 3:2. Boz ustiga, hal qiluvchi golni Aguero «ofsayd» holatidan amalga oshirgandi. Hakam esa bu qoida buzilishini payqamay qoldi. To‘g‘ri, kubok bellashuvlarida VAR tizimidan foydalanish mumkin. Biroq tizim «oqqushlar» stadionida yo‘q edi. Chunki uni faqat APL vakillari arenalariga o‘rnatishga ruxsat etilgan. Ana shu adolatsizlik quyi divizion vakilini musobaqadan chiqarib yubordi. Vaholanki, «Suonsi» dastlabki yarim soat ichida ikki to‘p farqi bilan oldinga chiqib olgan, so‘nggi daqaqalargacha munosib himoyalangandi. Ha, o‘yindan keyin Gvardiola o‘z jamoasining shu zaylda yarim finalga chiqqani uchun muxlislardan uzr so‘radi. Biroq u pallada «poyezd» g‘oyib bo‘lgandi.

Bu uchrashuvga qadar manchesterlik muxlislar 2ta derbi bellashuviga umidvor bo‘lib turishgandi. Biroq «MYU» safarda «Vulverxempton»dan yengilib (1:2), kubok musobaqasini tark etdi. Ta’kidlash joizki, murosasiz bahsning 70-daqiqasiga qadar tomonlar darvozaga yo‘l topa olmadilar. Keyin mezbonlar 6 daqiqada 2ta gol urishdi, mehmonlar esa muvozanatni tiklashga ulgurmadilar. Reshfordning so‘nggi daqiqadagi aniq zarbasi hisobni qisqartirishdan boshqasiga yaramadi. Oqibatda Sulsher shogirdlari nufuzli turnir bilan xayrlashishdi.

Keyingi juftlikda «Uotford» o‘z maydonida «Kristal Pelas»ni qabul qilib, kamtarona hisob (2:1) bilan yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Lekin quyi divizion vakili - «Milluoll» xuddi «Suonsi» kabi APL jamoasiga jiddiy qarshilik ko‘rsatdi: jamoa «Brayton» bilan ikki soat tengma-teng «olishib», penaltilar seriyasida yo‘llanmani boy berdi. Vaholanki, u asosiy vaqtning o‘zida g‘alabaga yaqin turgandi. Lekin mehmonlar oxirgi daqiqada muvozanatni tiklab, yarim final taqdirini «over-taymlar»ga va «lotereya»ga ko‘chirishdi.

Elitaning 31-turi ham keskin kurashlar ostida o‘tdi. Xususan, peshqadamlik roliga chiqib olish uchun «Liverpul» Londonda jiddiy ter to‘kishiga to‘g‘ri keldi va u «Fulxem»dan muhim 3 ochkoni tortib oldi. «Chelsi» esa Liverpul safarida «Everton»ga imkoniyatni boy berdi - 0:2.

«Vest Xem» - «Xaddersfild» qarama-qarshiligida muxlislar 7ta gol ko‘rishga muvaffaq bo‘lishdi. Qizig‘i, o‘yin tugashiga 15 daqiqa qolganida so‘nggi o‘rin sohibi ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotgandi. Lekin shu qisqa vaqt ichida «bolg‘achilar» 3ta gol urib ulgurishdi.

 

Ispaniya. «Erkak» Qaytdi, ishonchni Qaytardi!

Shu paytgacha nomiga dog‘ tushirmagan Zidanning qaytishi «Qirollik klubi» muxlislarida xayrli yakunga umid uyg‘otgan bo‘lsa, murabbiy amalga oshirilajak ishlarni puxta rejalashtirib ulgurgandi. «Real» bosh murabbiyi lavozimidagi 150-uchrashuvda Zizu velosipedni takroran ixtiro qilishni istamadi va mavjud tarkib bilan kerakli natijaga erishish tadorigini ko‘rdi: Keylor Navas darvozani egalladi, Marselo himoya chizig‘idan joy oldi, oktyabrdan beri ilk marta Isko maydonga tushdi. Buni qarangki, aynan shu shovvozlar «Selta» ustidan erishilgan g‘alabaga (2:0) ulkan hissa qo‘shdilar - Navas darvoza daxlsizligini ta’minladi, Isko va Beyl gol urishdi, Marselo esa o‘yinning boshidan oxirigacha ishonchli to‘p surdi. Qizig‘i, Zayniddinning «Santyago Bernabeu»dagi oxirgi o‘yini ham vigoliklarga qarshi kechgan va gollar soni 3 marta ko‘proq bo‘lgandi. O‘sha o‘yinda ham, bu gal ham Ronaldu maydonda yo‘q edi. Jamoa shu tariqa «Atletiko»ga ancha yaqinlashib oldi.

Chunki Diyego Simeone shogirdlari Bilbaodan quruq (0:2) qaytishga majbur bo‘lishdi. «Matraschilar»dagi omadsizlikdan «Barselona» ham unumli foydalandi. Jamoa Sevilyada «Betis»ni yirik (4:1) hisobda yengib 1-davradagi mag‘lubiyat (3:4) alamini oldi. Shuningdek, eng yaqin ta’qibchidan 10 ochkoga uzoqlashdi. E’tiborga molik uchrashuvlardan biri Eybarda bo‘lib o‘tdi. Unda autsayderlar guruhiga qo‘shni bo‘lib turgan «Valyadolid» qo‘shimcha vaqtning so‘nggi daqiqalarida ikki marta mezbonlar darvozasini zabt etib, 16-pog‘onaga ko‘tarilib oldi. «Xetafe» esa «Valensiya»ga qarshi bahsda o‘z darvozasi daxlsizligini ta’minlab, safardan 1 ochko bilan qaytdi.

 

Italiya. «Yuve»ning ilk ma/lubiyati

Genuyada «Yuventus» «Jenoa»dan yengilib, «A» seriyadagi dastlabki mag‘lubiyatini tan oldi. Shu tariqa 27 uchrashuvda jamoaga hamrohlik qilgan faxrli «teshikkulcha» o‘rnida 1 raqami paydo bo‘ldi. Lekin tan olaylik, YECHLdagi tarixiy «kambek»dan keyin turinliklar jismoniy va ruhiy toliqishdan forig‘ bo‘lishga ulgurishmagandi. Boz ustiga, Massimiliano Allegri bir qator shogirdlari, jumladan, Ronalduga ham dam berishga qaror qilgandi. Qisqasi, mehmonlar raqib darvozasi tomon durustroq zarba yo‘llashni ham uddalay olmadilar va shunga yarasha jazolandilar. Bellashuv qahramoni sifatida e’tirof etilgan 35 yoshli Goran Pandev avval Stefano Sturaroni samarali uzatma bilan ta’minladi. Keyin o‘zi peshqadam darvozasini nishonga oldi.

Tabiiyki, yetakchining ochko yo‘qotishidan ta’qibchilar unumli foydalanishdi. Jumladan, «Napoli» o‘z maydonida «Udineze» ustidan ishonarli tarzda zafar quchdi - 4:2. Lekin gollarga boy bo‘lgan murosasiz bahsda noxush voqea ham yuz berdi - dastlabki daqiqalarda David Ospina raqib hujumchisi Ignasio Pussetto bilan to‘qnashuvda jiddiy jarohat oldi. Avvaliga shifokorlar ko‘magidan so‘ng maydonga qaytgan bo‘lsada, bo‘lim oxirida hushini yo‘qotib qo‘ydi. Ospina o‘sha zahoti shifoxonaga jo‘natildi. Xabarlarga ko‘ra, hayoti xavf ostida emas, lekin miyasi chayqalgan.

«Sassuolo» - «Sampdoriya» qarama-qarshiligida xokkeycha hisob (3:5) kuzatildi. Qizig‘i, bunchalik sermahsul (8 gol) o‘yinga Rejo-Emiliya muxlislari shu mavsumning o‘zida 3 marta guvoh bo‘lishdi. Mazkur muvaffaqiyat «Sampdoriya»ni yevrokuboklar hududiga yaqinlashtirdi.

Turning markaziy uchrashuvi - «Milan» - «Inter» bellashuvi murosasiz tarzda o‘tib, Luchano Spalletti jamoasining foydasiga (3:2) hal bo‘ldi. Natijada azaliy raqiblar yana o‘rin almashib oldilar.

Ferrarada xavfli hududga yaqinlashib qolgan SPAL «Roma»ni mahv etdi - 2:1. Shuningdek, Turinda «Bolonya» mahalliy «Torino»dan muhim 3 ochkoni tortib oldi. Ha, «V» seriyaga tushib ketish kimga ham yoqardi?

 

Germaniya. Tenglik saQlanib Qoldi

Avvalroq yuzaga kelgan Bundesligadagi qo‘shhokimlik bu turdan keyin ham o‘zgarishsiz qoldi - «Bavariya» Myunxenda «Mayns»ni tennischa hisobda (6:0) yengdi, Dortmundning «Borussiya»si esa Berlinda «Gerta»dan ustun keldi - 3:2. Uchrashuvlar qay yo‘sinda kechganligini natijalar ko‘rsatib turibdi. Darhaqiqat, Niko Kovach shogirdlari raqibga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi. Xames Rodrigesning «xet-trik»i esa Zidan bejizga uni Madridga qaytarishni shart qilib qo‘ymaganini isbotladi.

«Borussiya D» esa poytaxtdan 3 ochko bilan qaytish uchun tinmay harakat qildi va so‘nggi daqiqada maqsadiga erishdi. Qo‘shimcha vaqtning 2-daqiqasida amalga oshirilgan Marko Roysning aniq zarbasi o‘yin taqdirini hal qildi.

Menxengladbaxning «Borussiya»si o‘z uyida «Frayburg»ni yenga olmay (1:1), «RB Leypsig» bilan tenglashib olish imkoniyatini yo‘qqa chiqardi. «Leypsig» Gelzenkirxenda «Shalke» ustidan kichik hisobda (1:0) ustun keldi.

O‘z maydonida «Fortuna»ni yirik hisobda (5:2) mag‘lubiyatga uchratgan «Volfsburg» hamda Leverkuzenda «Bayer»dan 3 ochkoni tortib olgan «Verder»lar yevrokuboklar hududiga yaqinlashib olishdi.

 

Fransiya. Omad ham «Monako» tomonida

Knyazlik klubining Lilldan to‘liq 3 ochko bilan qaytishi hatto Leonardu Jardim uchun ham yoqimli syurpriz bo‘lsa, ajabmas. To‘g‘ri, har qanday vaziyatda murabbiy o‘z jamoasining g‘alaba qozonishini istaydi. Lekin ikkinchi pog‘onaga mustahkam joylashib olgan raqib maydonida durang ham g‘alabaga teng. Qolaversa, o‘yin aynan shu ssenariy bo‘yicha («Monako» uchun, albatta) kechayotgandi. Ammo so‘nggi daqiqada mezbonlar himoyachisi Joze Fontening to‘p uzatishdagi qo‘pol xatosi mehmonlar safida o‘z debyutini nishonlayotgan Vinisius Morais uchun ajo-yib sovg‘a bo‘ldi. Shu tariqa «Monako» o‘z ochkolarini 30taga yetkazib, xavfli hududdan ancha uzoqlashib oldi.

Turning asosiy qarama-qarshiligida «PSJ» azaliy raqibi - «Marsel»ni qabul qilib, navbatdagi zafarni rasmiylashtirdi. To‘g‘ri, tanaffusga chiqish arafasida Mbappeni o‘tkazib yuborgan mehmonlar ikkinchi bo‘limni muvozanatni tiklash bilan boshlagan edilar. Biroq Anxel di Mariyani ko‘zdan qochirishgani qimmatga tushdi - birinchi bo‘limda Kilianni samarali uzatma bilan ta’minlagan argentinalik yarim himoyachi 11 daqiqa ichida «dubl»ga erishdi va g‘olib masalasini kun tartibidan olib tashladi - 3:1.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 00:50, 22.03.2019. O'qildi: 1624 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.