Bugun 7 iyun, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

I xalqaro Toshkent yarim marafoni shukuhi dunyo kezadi

Baho:
+ | -
SPORT
Rukn: Yangiliklar
A A A

Kecha poytaxtimizda Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlab I xalqaro Toshkent yarim marafoni o‘tkazildi.

Erta tongdan marafon ishtirokchilari va mehmonlar Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi oldida to‘planishdi. Karnay-surnay sadolari esa poytaxt ahli hamda mehmonlarini shu manzil tomon chorlay boshladi.

Shuni ta’kidlash kerak, ilk marotaba tashkil etilgan I xalqaro Toshkent yarim marafoni nafaqat yurtdoshlarimiz, balki xorijliklarda ham juda katta qiziqish uyg‘otdi. Buni ushbu marafonda Yevropa, Osiyo va hattoki Afrika qit’asidan jami 28 mamlakat atletlari g‘oliblik uchun bahs olib borishganligi ham tasdiqlaydi.

Umuman marafonda jami ishtirokchilar soni qariyb 1 700 nafarni tashkil etdi. Ular orasida aynan yengil atletikada ulkan yutuqlarga erishgan atletlar, jumladan butunjahon Universiadasi hamda Osiyo o‘yinlari g‘olibi qirg‘izistonlik Darya Maslova, uning yurtdoshi, qit’a miqyosidagi musobaqalar sovrindori Adelet Kishtabekov, xitoylik xalqaro toifadagi sport ustasi Yang Ling Yong, o‘zbekistonlik Andrey Petrov, Sitora Hamidova kabi ancha mashhur sportchilarning borligi musobaqaning nufuzi ancha yuqori ekanligini bildiradi.

Nihoyat soat millari ertalabki 9ni ko‘rsatmoqda. Dastlab start chizig‘iga 21 km. 75 metr masofaga yugurish uchun ro‘yxatdan o‘tgan jami 610 nafar atlet saf tortdi. Ular Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi oldidan startga chiqib, poytaxtimizning Oybek, Nukus, Hamid Olimjon ko‘chalari orqali Buyuk Ipak yo‘li metro bekati yonidan Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasi bo‘ylab ortga qaytishi va yo‘l-yo‘lakay Maxtumquli ko‘chasi bo‘ylab Amir Temur xiyoboni maydoniga chiqishi, so‘ngra Amir Temur shoh ko‘chasi bilan Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Sharof Rashidov ko‘chasiga o‘tishi, keyin esa Abdulla Qodiriy ko‘chasi orqali Abay ko‘chasiga o‘tib yakuniy marra chizig‘iga yetib kelishi lozim edi. Ancha murakkab bo‘lgan bu masofani hamma sportchi ham, garchi ular professional maqomida bo‘lishsa-da, bosib o‘tisholmadi.

I xalqaro Toshkent yarim marafonining 21 km. 75 metrlik masofasini erkaklar orasida birinchi bo‘lib xitoylik Yang Lingyong kesib o‘tdi. Kuchli uchlikdan Adelet Kishtabekov hamda hamyurtimiz Andrey Petrovlar joy olishdi.

 

Ayollar orasida ushbu masofani birinchi bo‘lib Toshkent marafonining eng sovrindor qatnashchilaridan biri Darya Maslova bosib o‘tdi. O‘zbekistonlik Sitora Hamidova esa marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi. Faxrli 3-o‘rin ham yana bir yurtdoshimiz Yekaterina Tunkuskovaga nasib etdi.

5 km. masofaga o‘tkazilgan poygalarda esa havaskorlar ham ishtirok etishdi. Shu bois bu masofada qatnashchilar soni ming nafardan ortib ketdi.

Sir emaski, yugurishning inson salomatligini mustahkamlashdagi o‘rni beqiyos. Faqat buni aholi orasida to‘g‘ri targ‘ib qilish kerak. I xalqaro Toshkent yarim marafonining 5 km. masofaga o‘tkazilgan poygalarida Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abdulhakimov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev hamda boshqa bir qator mutasaddi rahbarlarimiz bu borada shaxsiy namuna ko‘rsatdi, ya’ni ular ham marafonda ishtirok etdi. Ushbu masofani birinchi bo‘lib samarqandlik Otabek Toshpo‘latov bosib o‘tdi va musobaqa g‘olibiga aylandi.

I xalqaro Toshkent yarim marafoni yakunida barcha g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Jumladan, 21 km. 75 metr masofaga o‘tkazilgan poygalarda dastlabki sakkiz o‘rinni egallagan sportchilar 3 milliondan 12 million so‘mgacha, 5 km.lik masofada es 1-6-o‘rinlarni band etgan 500 mingdan 2 million so‘mgacha pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.

Tashkilotchilar sport bayramini haqiqiy bayramga aylantirishga astoydil harakat qilgani tahsinga loyiq. Marafon davomida taniqli san’atkorlarimiz o‘zlarining dilrabo kuy-qo‘shiqlari bilan nafaqat ishtirokchilar, balki mehmonlarga ham xush kayfiyat ulashgan bo‘lsa, Anhor bo‘yidagi keng maydonda tashkil etilgan Navro‘z shodiyonalari esa xorijlik mehmonlar xotirasida uzoq vaqtgacha saqlanib qolishiga shubha yo‘q. O‘z navbatida ular I xalqaro Toshkent yarim marafonidan olgan taassurotlarini o‘z yurtiga borib yaqinlariga so‘zlab berishsa, shubha yo‘qki kelgusida an’anaviy tarzda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Toshkent marafoniga dunyo xalqlari orasida qiziqish ortsa ortadiki, aslo kamaymaydi.

 O‘zA

Kiritildi: 12:08, 25.03.2019. O'qildi: 1656 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик