Bugun 12 may, 2026 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • 2:0
      • Real Madrid
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • -:-
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • -:-
      • Elche
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Sevilya
  • «A» Seriya
      • 11.05.2026 23:45
      • Napoli
      • 2:3
      • Bolonya
  • APL
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • 1:1
      • Lids
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Kristal Pelas
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Lids 36 44
15 Kristal Pelas 35 44
16 Nottingem Forest 36 43
17 Tottenhem 36 38
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal
36-тур Tottenhem 1-1 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Zanetti bo‘lolmagan Mauro. «Xoin»ga aylangan qahramon haqida

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bir do‘stim bor. «Inter»ning ashaddiy muxlisi. Mauro Ikardi porlab chiqqanda mana, Dzanettidan keyin endi sizlarda ham kiroyi yetakchi bor deganimda, Zanetti bilan Ikardini taqqoslash mantiqsizlik ekanini aytgandi.

Chindan ham, «Inter» muxlisi uchun Dzanettidan yaxshiroq futbolchi yo‘q. Axir Yevropaga kelgach, faqat «Inter»da o‘ynagan, butun faoliyatini shu klubga bag‘ishlagan Dzanetti qayoqda-yu, do‘stining xotinini bola-chaqasi bilan birga «olib qochgan» bezori qayoqda, to‘g‘rimi? Lekin bu nuqtai-nazar bilan qarash ham unchalik to‘g‘ri emasdek.

«Inter» Mauro Ikardidan sardorlik bog‘ichini olib qo‘ydi. 4 yildan buyon jamoa sardori bo‘lib kelayotgan futbolchi bu qarorni o‘zining hamiyatiga tegish deb qabul qildi. Maydondan tashqaridagi voqealar uchun futbolchini bu tarzda jazolash to‘g‘rimi? Quyida shu haqda mulohaza yuritamiz.

Avval «Inter» muxlislari nega Ikardini yomon ko‘rib qolishganini eslasak. 2014 yilda Ikardi Argentina milliy terma jamoasidagi va klubdagi do‘sti Maksi Lopesning xotini Vanda Naraga uylandi. U do‘stining xotini bilan oldindan uchrashib yurgani katta mojarolarga sabab bo‘ldi. Bu voqeadan keyin Ikardiga futbolchi sifatida emas, badaxloq sifatida qaray boshlashdi. Biroq Mauro o‘yindan-o‘yinga ochilib, 2014/15 yilgi mavsumda 27ta gol urdi.

Hujumchining samaradorligi jamoa o‘yiniga ijobiy ta’sir qilayotganini sezgan rahbariyat 2015 yil yozda sardorlik bog‘ichini 22 yoshli Ikardiga topshirdi. Bunga klubning muxlislari, ayniqsa «ultras» a’zolari (ashaddiy fanatlar guruhi, bunday muxlislar uchun futbolning uncha qizig‘i yo‘q. Ular o‘yinlar vaqtida olov yoqish va janjal chiqarish bilan band bo‘lishadi) bundan norozi bo‘ldi. Shunday bo‘lsa-da, klub sardorlik bog‘ichini Andrea Ranokkiadan olib, Ikardiga topshirdi. «Inter» afsonasi Xavyer Dzanetti 2014 yilda futboldan ketgach, sardorlik bog‘ichini aynan Ranokkiaga qoldirgandi.

Ikardi sardor bo‘lgach, uning o‘yini yanada ochildi. Uni asta-sekin yaxshi ko‘ra boshlashdi, lekin haligi muxlis deyishga arzimaydigan to‘da Ikardiga tosh otishda davom etdi. O‘yinlardan birida Mauro gol urib, uni nishonlash uchun muxlislar oldiga yugurib bordi. U yerda turgan bir bolakay Maurodan libosini so‘raydi. Ikardi libosini bolakayga berib, uni xursand qiladi. Biroq «ultras» safidan bittasi chiqib, bolaning qo‘lidan Ikardining kiyimini olib, uni futbolchiga qarab uloqtiradi. Shunda Mauro jahli bilan o‘sha muxlisni so‘kadi.

Ikardi bu voqeani o‘zining avtobiografiyasida keltirgach, unga bo‘lgan norozilik yanada kuchaydi. Stadionda har xil bannerlar paydo bo‘ldi. Ularda futbolchini haqorat qilishdi, tahqirlashdi. Lekin Mauro gollar urishda davom etdi. Ayniqsa Milan derbilarida Ikardining qahramon bo‘lishi odatga aylandi. Joriy mavsum avvalida ham «Inter» hamshahari «Milan»ni aynan Ikardining goli evaziga mag‘lub etdi. O‘sha gol urilgach, «Inter» uchun Ikardi derbi tarixiga kirdi. Ikardi Milan derbilaridagi «Inter»ning oxirgi 5ta goliga mualliflik qildi. Bunaqasini «ko‘k-qoralar» tarixidagi hech bir hujumchi eplolmagandi.

Ikardi «Inter»ning A Seriyadagi rekordchisi ham hisoblanadi. U o‘tgan mavsumda Italiya chempionatida 29ta gol urib, A Seriya to‘purariga aylandi. Qizig‘i, «Inter»ning biror futbolchisi Italiya chempionatining bir mavsumida aqalli 27ta gol urolmagandi. 1958/59 yilgi mavsumda Antonio Anjelillo Italiya chempionatida 26ta gol urgan va bu natija «Inter» futbolchilari uchun eng yaxshisi bo‘lib kelayotgandi. Ikardi yarim asrdan ortiq saqlanib turgan rekordni yangilab, «Inter» sardorlik bog‘ichini bekorga taqib yurmaganini isbotladi.

«Inter» xitoylik rahbarlar qo‘liga o‘tgach, qanchadan-qancha yulduzlarni sotib olmadi deysiz, lekin «Yuventus», «Milan», «Napoli» kabi jamoalarga qarshi o‘yinlarda tabloning «Inter» urgan gollarni hisoblaydigan tomonida bitta familiyani ko‘raverdik: Ikardi...

Klub uning maoshini ko‘tarishga o‘ylanib qoldi – Ikardi gol urishda davom etdi, muxlislar uni xoin deb atab, banner ko‘tarishdi – Mauro yana gol uraverdi. Unga kimsan «Real» taklif bilan chiqdi – Mauro ketishni xayoliga keltirmay, «Inter» sardori ekanidan faxrlanishini aytdi. Ikardi o‘zini tarbiyalab, Yevropaga tanitgan «Barselona» darvozasiga Chempionlar Ligasi o‘yinida gol urdi va bu golini ehtiros bilan nishonladi. Mauro «Men «Inter»ning sardoriman!», deb mag‘rur izohladi bu nishonlashni.

Italiya nashrlari Ikardi va uning xotini haqida mish-mishlar tarqatayotganda Mauro mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgani sharafiga jamoadoshlariga «Roleks» soati sovg‘a qilib, ularni yaxshi ko‘rishini aytdi. Messiga yoqmagani sabab (Leo Maksi Lopesning do‘sti. U Argentina milliy jamoasida asosiy inson ekani sir emas) Ikardini Argentina terma jamoasiga chaqirishmadi, lekin Mauro dunyoning eng zo‘r futbolchisi Messi ekanini takrorlayverdi, kek saqlamadi.

Uni alqash uchun mana shuncha sabablar bor, lekin «Inter» uni qadrlash o‘rniga sardorlik bog‘ichini olib qo‘ydi.

Oxirgi yillarda «Inter» qaysidir futbolchiga bu qadar bog‘lanib qolganini eslaysizmi? Ha, Dzanettiga. U klub afsonasi, 4-raqam Dzanetti sharafiga boshqa hech kimga berilmaydi. U zamonaviy futbol tarixidagi eng namunali futbolchilardan biri edi. Xo‘sh, undan keyin «Inter» kimga bog‘lanib qoldi? Mourinyo bilan Chempionlar Ligasini yutgan futbolchilarni eslaylik: asosiy qahramon Uesli Sneyder. Mourinyo ketgach, zaxirada qolishni boshlab, oxir-oqibat Osiyo turnesini boshlab yubordi. Orada «Nissa»ga borib, «dam olib» keldi. Diyego Milito. YECHLdagi super mavsumdan so‘ng yana bir mavsum yorqin o‘ynadi va Argentinaga ketdi. Samuel Eto’O. Keyingi mavsumdayoq «Inter»dan ketib, hozirgacha yana 8ta jamoada o‘ynashga ulgurdi.

Xullas, «Inter»da bu qadar uzoq vaqt yuqori saviyada o‘ynagan futbolchi ko‘rinmagandi. Chempionlar Ligasini yutgan futbolchilar, shubhasiz, klub uchun tarix yaratishgan, lekin ular Ikardi kabi jamoaga foydali bo‘lishmaganini tan olish kerak. O‘sha jamoaning asosiy qahramoni Mourinyo edi. Ikardi esa de Bur kabi omadsiz murabbiy vaqtida ham gol urishdan to‘xtamadi. Ammo «Inter» uning qadriga yetish o‘rniga jamoadan haydash payiga tushdi...

Xo‘p, Ikardi axloqsizdir, xo‘p, uning rafiqasi ham axloqsizdir, lekin buning futbolga nima aloqasi bor? Ueyn Runining xotini futbolchi haqida shunday degandi: «U shilqimlik qilmagan dugonam qolmagan». Runi orada ichib, qoidani buzgani uchun axloq tuzatish koloniyasida ham «javlon urdi», lekin «MYU» ham, «Everton» ham uni boshiga ko‘tardi. Yoki Rayan Giggzning qanday xunuk ishlar qilganini bilamiz. «MYU» uni bemaza qiliqlari sabab haydab solmadi. «Barselona» Xavini ayollarga suyagi yo‘qligi sabab sardorlikdan mahrum qilmadi. Uzoqqa bormaylik, «Real» Ronalduni AQSH mehmonxonalarida «taqiqlangan yo‘llarga oralagani uchun» jamoadan haydab solmagandi. Lekin «Inter» o‘z safidagi eng top-futbolchini quvish payida.

Ikardi Yevropaning istalgan top-klubida asosiy tarkibda o‘ynay oladi. Hatto «Real»da ham. Biroq «Inter» o‘z tarkibida qanday super futbolchi borligini to‘liq anglamagan ko‘rinadi. Klub futbolchi atrofidagi voqealar ularga ma’qul emasligini yotig‘i bilan tushuntirganida, hammasi bu qadar murakkablashib ketmagan bo‘larmidi. Bu yerda muammo katta ehtimol bilan futbolchining agenti va xotini Vanda Naraning boshqa biror klub bilan muzokara olib borganida bo‘lgan. Lekin bunday futbolchiga katta klublar taklif bilan chiqishi oddiy hol-ku?

Gapimiz quruq bo‘lmasin, Ikardiga rasman taklif bilan chiqqan jamoalarni sanasak. «PSJ», «Napoli», «Tottenhem», «Real». «Yuventus» ham Ikardini ko‘ndira olmagach, Iguainni olgandi. Dunyoda «Real»ga yo‘q deydigan futbolchilar juda kam. Mauro shunday buyuk klubni ham rad etgan (sodir bo‘layotgan voqealardan so‘ng «Real»ga hozircha yo‘q deyapti, desak to‘g‘ri bo‘ladi). «Inter» esa o‘ziga bo‘lgan sadoqatni javobsiz qoldirdi.

Endi nima bo‘ladi?

Sardorlik bog‘ichi olib qo‘yilishi dangalini aytganda, klub futbolchini haydadi degani. Endi Ikardi «Inter»da qolmasa kerak. Katta ehtimol bilan u yozda Milanni tark etadi. Balki «Yuventus»ga borar, balki «Real»ga o‘tar, balki «Barselona» uni ortga qaytarar (agar Messi ruxsat bersa), balki Mauro Angliyaga ketishga qaror qilar. Xullas, bunday darajadagi futbolchi ko‘chada qolmaydi. Biroq «Inter» yana Ikardi darajasidagi futbolchini topishi qiyin bo‘ladi. Chunki Lautaro Martines kabi endi porlayotgan yosh futbolchilar ham klubning o‘z sardoriga bo‘lgan munosabatini ko‘rib, agentlariga «Xo‘sh, bizga qaysi jamoalardan taklif bo‘lyapti?», deb xabar yozishi hech gap emas. Nima bo‘lganda ham Ikardining maydonga tushmayotganidan futbol yutqazyapti. Bunday futbolchilar qahramon bo‘lishga munosib, xoin emas...

Manba: KUN
Kiritildi: 09:20, 27.03.2019. O'qildi: 3408 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 13
9 Астон Вилла Olli Uotkins 12
10 Борнмут Eli Junior Krupi 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик