Bugun 18 fevral, 2026 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 17.02.2026 00:45
      • Kalyari
      • 0:2
      • Lechche
  • La-liga
      • 17.02.2026 01:00
      • Jirona
      • 2:1
      • Barselona
  • Elit OCHL
      • 17.02.2026 15:00
      • Seul
      • 2:2
      • Sanfrechche Xirosima
      • 17.02.2026 15:00
      • Matida Zelviya
      • 3:2
      • Chengdu Rongcheng
      • 17.02.2026 17:15
      • Buriram Yunayted
      • 2:0
      • Shanghai Shenhua
      • 17.02.2026 17:15
      • Johor Dorul Ta'zim
      • 1:0
      • Vissel Kobe
      • 17.02.2026 21:00
      • As-Sadd
      • 1:4
      • Al-Ittihod
      • 17.02.2026 21:00
      • Al-G‘arafa
      • 0:2
      • Traktor
  • ECHL
      • 17.02.2026 22:45
      • Galatasaroy
      • 5:2
      • Yuventus
      • 18.02.2026 01:00
      • Benfika
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 18.02.2026 01:00
      • Monako
      • 2:3
      • PSJ
      • 18.02.2026 01:00
      • Borussiya D
      • 2:0
      • Atalanta
      • 18.02.2026 22:45
      • Qorabog‘
      • -:-
      • Nyukasl
      • 19.02.2026 01:00
      • Olimpiakos
      • -:-
      • Bayer
      • 19.02.2026 01:00
      • Bryugge
      • -:-
      • Atletiko
      • 19.02.2026 01:00
      • Bude-Glimt
      • -:-
      • Inter
  • OChL-2
      • 18.02.2026 23:15
      • An-Nasr (SA)
      • -:-
      • Arkadag'
      • 18.02.2026 23:15
      • Al-Ahli Doha
      • -:-
      • Sepohon
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 15 8 9 32
2 Italiya 9 4 12 25
3 AQSh 6 11 6 23
4 Niderlandiya 6 6 1 13
5 Shvesiya 6 5 2 13
6 Germaniya 5 8 8 21
7 Avstriya 5 8 4 17
8 Fransiya 5 7 4 16
9 Shveysariya 5 3 3 11
10 Yaponiya 4 6 10 20
83 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 23 45
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 23 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis
24-тур Jirona 0-0 Barselona
24-тур Jirona 2-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«MYU» fanati «Chelsi»ga xaridor

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Yangiliklar
A A A

Buyuk Britaniyaning eng boy fuqarosi - «Chelsi»ni sotib olishga da’vogar. Eng qizig‘i, u aslida «MYU» muxlisidir. Tabiiyki, London klubining hozirgi sohibi Roman Abramovich milliarderdan imkoni boricha ko‘proq pul undirishga urinib ko‘radi, agarda savdoga moyillik sezsa, albatta. Xo‘sh, «aristokratlar»ga kuchli ta’sir etishi kutilayotgan holat qanday rivojlanmoqda?

66 yoshli biznesmen Jim Retkliff - Buyuk Britaniyaning  eng sarvatmand odami. U 2018 yilning yozidan buyon «Chelsi» atrofidagi ishlarni diqqat bilan kuzatib kelmoqda. Aniqroq aytsak, Retkliff bundan 7-8 oy muqaddam xitoyliklar bilan raqobatga kirishib, London jamoasini sotib olish harakatini boshlagandi, biroq Roman Abramovich uning birinchi real taklifini qabul qilgani yo‘q. Mana, yangi mavsumlar oralig‘i tobora yaqinlashayotgan pallada Retkliff yana kelishuvga erishish ilinjida. Angliya OAVda yozilishicha, rossiyalik oligarx klub aksiyalari uchun 2,1 mlrd. funt olmoqchi. Retkliffning umumiy boyligi esa naq 21 mlrd. funtga baholanmoqda. Ikki summani taqqoslasak, Retkliff uchun Roman Arkadyevich talabini qondirish unchalik muammo tug‘dirmaydigandek. Lekin kelishuvni amalga oshishiga to‘sqinlik qiluvchi omillar ham yo‘q emas. Birinchidan, Abramovich «Chelsi»ni shu qadar yaxshi ko‘radiki, undan batamom ko‘ngil uzolmayapti. Ya’ni har qanday holatda ham, jamoani nazorat qilishda davom etmoqchi. Ikkinchidan, Retkliff katta xarajatga moyil emas, har holda, u yirik transferlarga hamisha salbiy munosabat bildiradi.

Xo‘sh, Jim Retkliff kim? U nima bilan shug‘ullanadi? Futbolga qiziqishi qay darajada?

uw  Retkliff biznesi yirik korporasiyalarga qarashli qiziqarsiz loyihalarni sotib olish strategiyasiga asoslangan. U ayni shu yo‘l orqali shaxsiy kimyoviy kompaniyasi - Ineos taraqqiyotini ta’minlagan. Diqqat qiling, hozirda 22ta mamlakatdagi naq 181ta korxona Ineos tarkibida mujassam. Ularda tayyorlangan kimyoviy xom ashyolar asosan dori-darmon, mebel va hattoki, mobil telefonlari ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi. Retkliff kompaniyasida jami 18500 kishi ishlamoqda.

uw  Hammasi shu qadar yaxshi rivojlandiki, Retkliff 2018 yili risar unvoniga loyiq ko‘rildi. U bunga qadar neft va kimyo biznesi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi uchun alohida mukofot ham olgandi. Darvoqe, Retkliff shu yil fevral oyidan e’tiboran Buyuk Britaniyaning neft va kimyo sanoatiga million funt miqdorida sarmoya kiritadigan bo‘ldi.

uw  Retkliffga daxldor eng asosiy va yangi xabar - u yaqinda Team Sky velosipedchilar jamoasi sohibiga aylandi. Rejaga muvofiq, may oyidan jamoa nomi biroz o‘zgaradi - Team Ineos. Aytgancha, Jim oldinroq yelkanli qayiq sportiga 100 million funtdan ko‘proq sarmoya ajratgandi. E’tiborlisi, Retkliff Britaniyaning Ineos Team UK jamoasi bilan Amerika kubogi-2021da zafar quchmoqchi.

uw  Jim Retkliff ixtiyorida futbol klubi ham bor. U 2017 yili Shveysariyaning «Lozanna» jamoasini sotib olgandi. Biroq lozannaliklar milliarder rahbarligida darhol quyi ligaga tushib ketishdi. To‘g‘ri, klub joriy mavsumdayoq Shveysariya elit divizioniga qaytmoqchi. Aytishlaricha, Retkliff «Lozanna»ning ishlariga aslo befarq emas, klubga doimiy tarzda yetarli miqdorda mablag‘ ham ajratmoqda. Deylik, hattoki, Zayniddin Zidanning o‘g‘li - Enso taklif qilindi (hozir boshqa jamoada ijara kelishuvini o‘tamoqda). Ikkinchi tomondan, Jim «Lozanna» muxlislari bilan janjallashishga ham ulgurdi. Gap shundaki, u klub ramzi va rasmiy ranglarini o‘z kompaniyasi brendiga muvofiqlashtirishni istadi, fanatlar esa bunga qarshi chiqib, barchasini eski holatida qoldirishga erishdilar.

uw  Retkliff «Chelsi» o‘yinlarini «Stemford Brij»da tomosha qilish huquqini beruvchi yillik abonementga ega, ammo u qaysi klubni ko‘proq yoqtirishini hech qachon yashirgan emas. Britaniyalik biznesmen - «Manchester Yunayted»ning chin fanati. To‘g‘ri, bu fakt «Chelsi»ni sotib olishiga katta xalaqit bermasligi mumkin, ammo londonliklarning e’tiroz bildirishlari tayin, baribir.

uw   Daily Mile Foundation xayriya jamg‘armasi Retkliffdan munosib moddiy yordam oladi. Milliarderning fikricha, bolalar ortiqcha vazn muammosidan qutulish uchun maktabda har kuni 1 mil (1609 metr) yugurishlari kerak.  Britaniyada insonlar salomatligini yaxshilash - Bu Jim Retkliffning hayotiy maqsadi. Demakki, sport jamoalariga qiziqish va egalik qilish - uning uchun ideal variant. Ehtimolki, «Chelsi»ni sotish mavjud muammolarni bartaraf etish yo‘lidir. Zero, Buyuk Britaniya va Rossiya o‘rtasidagi aloqalar yomonlashuvi oqibatida Abramovich o‘tgan yilning yozidayoq viza olish masalasida qiyinchilikka duch keldi. To‘g‘ri, Roman Arkadyevich Isroil pasportiga ham ega va bu uning uchun zaxira variantidir. Biroq fakt shuki, rossiyalik biznesmen joriy mavsumga jiddiy yondashgani yo‘q. Deylik, «Stemford Brij»ni qayta qurish rejasini ortga surdi, klub ishiga oldingidek faol aralashmadi. Buning ortidan «Chelsi» boshqaruv yo‘nalishlarida bir qator masalalar ko‘tarildi. Hozircha hammasi o‘ta dahshatli emas, ammo jamoaning ichki ishlari o‘z-o‘zidan hal bo‘lmasligi ham aniq. Ayniqsa, transferlar bo‘yicha qo‘yilgan taqiq vaziyatni yanada og‘irlashtirishi mumkin. Axir «Chelsi» kelasi yozda xaridlarni amalga oshirolmaydi. Har holda, FIFA qaroriga nisbatan shikoyatlar va turli apellyasiyalarning natija berishi qiyin masala. Boz ustiga, «aristokratlar» CHLga yo‘llanma ololmaslik xavfi ostida turishibdi. Ichki chempionatda hozirgi 6-o‘rindan kuchli to‘rtlikka sakrash oson emas, YELda g‘alaba qozonish orqali CHLga qo‘shilish yanada qiyinroq. Eng yomoni, jamoaning ichki muhitiga havas qilib bo‘lmaydi, shunga muvofiq, Maurisio Sarri iste’fo yoqasida turibdi, hattoki, terma jamoalar o‘yinlari sabab, yuzaga kelgan tanaffus payti ham.

Bosh murabbiy va darvozabon Kepa Arrisabala o‘rtasidagi mojaro darhol bartaraf etilgan bo‘lsada, tarkib yaxlitligini saqlab qolish ham mushkul, baribir. Jumladan, Eden Azarning «Real» safini to‘ldirishga chog‘lanayotgani haqidagi xabarlar keti uzilmayapti. Ha, «Chelsi» bu borada barcha takliflarni chetga surmoqda va oxirigacha shunday qilmoqchi. Ammo belgiyalik yetakchining qolishiga kafolat yo‘q. Kallum Xadson-Odoi klubdan ketmaydigan bo‘ldi, ammo uning «Bavariya»ga o‘tishi xususidagi gap-so‘zlar hali barham topmadi. Nemislar yozda yangi taklifni ilgari surmoqchilar. Futbolchi va «Chelsi» o‘rtasidagi shartnoma 2020 yilning yozigacha mo‘ljallanganini inobatga olsak, klub potensial iqtidorga ega yosh yulduzchani yo‘qotishi hech gap emas. O‘z o‘rnida aytish kerak, yana bir yaqqol muammo borki, buni ustunlikka aylantirish imkoni bor. Ayni payt «Chelsi»ning 40 nafardan ko‘p futbolchisi boshqa klublarda o‘ynamoqda - ijara kelishuvi. Rahbariyat yozda ayni shu yigitlar hisobiga tarkibni kuchaytirish imkoniyatiga ega, shuning barobarida ortiqcha o‘yinchilarga yana ma’qul jamoalar topish zarurati ham bor. Ha, ijarachilar orasida Romelu Lukaku yoki Kevin de Bryuyne darajasidagi ijrochilar yo‘q, lekin ayrim yigitlarda «Chelsi»ning asosiy tarkibi talabiga javob berish salohiyati bor. Klub boshqaruviga yangi xo‘jayin kelishi bilan muammolar birdaniga hal bo‘lmasligi tayin, harqalay, futbolchilar saviya bobida darhol «Manchester Siti» yoki «Liverpul» vakillari bilan tenglasholmaydilar. Lekin ishga yondashuv o‘zgaradi - yangi odamlar, o‘zgacha uslub... «Chelsi» uchun hozirda eng zaruri shu - yangi «qon tomchisi».

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 11:36, 28.03.2019. O'qildi: 5452 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.