Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • 5:1
      • Atletiko
  • «A» Seriya
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • 1:0
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • 1:0
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • 0:2
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • 1:4
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • 1:0
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • 1:2
      • Kalyari
      • 25.05.2026 00:45
      • Torino
      • 2:2
      • Yuventus
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • 0:3
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • 1:2
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • 2:0
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • 1:1
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • 1:2
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • 2:1
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • 1:0
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • 3:0
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Bir jinoyat(chilar) izidan

Baho:
+ | -1
YEVROPA / Mashhurlar / Moziy yulduzlari
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Aziz muxlis, futbolchilar ham inson, ularda ham nafs balosi mavjud. Bugun qing‘ir daromad ilinjida sevimli kasbidan ma’lum muddatga mahrum bo‘lgan futbolchilar haqida so‘z boradi.

Miki Tomas

O‘z vaqtida «Manchester Yunayted», «Chelsi» singari klublarda harakat qilgan uelslik futbolchi anchagina mashmashalarga aralashib qolgani ko‘pchilikning yodida bo‘lmasa kerak. 

O‘sha chog‘lari u kamtarin «Wrexam» klubi sharafini himoya qilar, o‘zining so‘nggi mavsumlarini o‘tkazayotgan edi. Futbolchi jinoiy guruh safiga qo‘shilib ketadi. Bu guruh soxta pul ishlab chiqaruvchi bosmoxanalari orqali 10 va 20 funtlik kupyurani Britaniya bo‘ylab tarqata boshlaydi. Maxsus xizmat vakillari bir necha yildan beri jinoyatchilarni izlab kelsada, kalavaning uchini sira topa olishmayotgan edi. Buni qarangki, Miki o‘z jamoadoshlaridan biriga soxta kupyurada qarz beradi. Jamoadoshi bu pullarni sarflayotganida qo‘lga olinadi va ko‘p o‘tmay hammasi ayon bo‘ladi…  Ushbu guruh ishi to‘liq to‘xtatiladi va Miki 3 yilga panjara ortiga jo‘natiladi…

Sezar

1996-yilda Braziliya 1-ligasiga ko‘tarilgan  klub rahbarlari futbolchilarni rag‘batlantirish maqsadida maoshlariga 100 ming dollar mukofot puli qo‘shib berilishini e’lon qiladilar. Sezar vaziyatdan unumli foydalanish maqsadida o‘z do‘stlari yordamida «ajoyib o‘g‘rilik rejasini» ishlab chiqadi. Pul tarqatiladigan kuni klub bazasiga bostirib kirgan jinoyatchilar 1,5 million dollardan oshiqroq mukofot pullarini hammaning ko‘z oldida olib ketishadi. Braziliya anchayin notinch davlat ekanligini bilsada, klub rahbariyati o‘g‘irlangan pullar haqida mahalliy polisiyaga arz qiladi. Surishtiruv ishlari hech qanday foyda bermagach, vaziyat biroz yumshaydi va ko‘pchilikning e’tiboridan chetda qoladi…

Ko‘p o‘tmay Sezar o‘sha davrlarda anchagina qimmat sanaladigan  «BMW» markasidagi yangi mashina harid qiladi. Bu mashinada klub bazasiga kelmasada, uni shahar ko‘chalarida bir necha marotaba ko‘rib qolishadi… Ko‘p o‘tmay, hibsga olingan Sezar o‘z aybiga iqror bo‘ladi va 5 yilga qamoq jazosi bilan jazolanadi…

4 yildan so‘ng turmadan chiqqan futbolchi o‘z ustida ishlashda davom etadi va Italiyaning «Lasio» klubi safiga borib qo‘shiladi. Keyin «Inter» uni yaxshigina pul evaziga harid qiladi…
Afsuski, futbolchi o‘zining eng kuchga to‘lgan yillarini qamoqda o‘tkazdi va iqtidorini to‘liq namoyon qila olmadi…

Fabrisio Mikkoli

Bu futbolchining o‘yinlarini ko‘rmagan muxlis bo‘lmasa kerak. Uning Italiya «A seriyasi»dagi o‘yinlari, shunchaki, fantastika! U o‘z faoliyati mobaynida 200 dan ortiqroq gol urgan bo‘lsada, kariyerasi so‘ngida muammolarga o‘ralashib qoldi.

Hammasi 2006-yilda boshlangan edi. Futbolchining eski tanishlaridan biri undan tungi klub biznesi uchun 12 ming dollar qarz oladi. Biznesi bankrotga uchragach, qarzini qaytarib berishdan bosh tortadi. Mikkoli esa Mafia a’zolaridan qarzini undirib berishini iltimos qiladi. Italiyada bu uslub qarzni qaytarib olishning odatiy ko‘rinishi ekanligini ko‘pchilik yaxshi bilishi tayin. Gap shundaki, qarz undirish jarayonida qarzdorga anchayin jiddiy tan jarohati yetkaziladi… Juda uzoq davom etgan sud jarayoni Mikkolini 3,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiladi. O‘zining shedevr gollari bilan minglab personal muxlislariga ega futbolchi qariyib 4 yil umrini panjara ortida o‘tkazishi aniq.

Breno

Braziliyalik futbolchini «Bavariya» 12 million yevroga harid qilib asta-sekinlik bilan asosiy tarkib futbolchisiga aylantirayotgan edi. O‘zining ilk mavsumida (2008-yilda) Bundesliga g‘olibligini qo‘lga kirtgan futbolchiga klub Myunhendagi qimmat kvartaldan uy hadya qiladi.

Futbolchi bu uy 1 million dollarga sug‘urtalangani haqida bilib qoladi va o‘z rejasini uzoq vatq hayolida pishitib yuradi. 2009-yilning yozida futbolchi o‘z uyini yondirib yuboradi. Sug‘urta agentlari tomonidan o‘tkazilgan ekspertizadan so‘ng yong‘in uyushtirilgani oshkor bo‘ladi va futbolchi sud oldida javob beradi.

Sud uni 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiladi. «Bavariya» u bilan shartnomani bekor qiladi. Futbolchi ozod bo‘lgach, o‘z vataniga qaytib ketadi. Afsuski, Breno o‘z porloq kelajagini qing‘ir pullar ilinjida taqdirga yutqazib qo‘ydi. Breno hozirda «Vasko Da Gamma» safida to‘p tepmoqda. Tiago Silva singari super yulduz darajasiga chiqishi kutilgan futbolchi hozirda 29 yoshda. Uning o‘z imkoniyatini qo‘ldan chiqarib yuborgani achinarli, albatta...

Rene Igita

O‘zining «chayon uslubida» zarbalarni bartaraf etishi bilan butun dunyoga tanilgan darvozabon ham o‘z vaqtda anchagina qing‘ir ishlar bilan shug‘ullanganiga ishonish qiyin. So‘nggi JCHga futbol olamining faxriy mehmoni sifatida tashrif buyurgan sobiq futbolchining ham hayotida qora chiziqlar mavjud …

U shaxsan Pablo Eskobarning vositachisi bo‘lib bir necha yil narkotik savdosida faol ishtirok etadi. Uni 1993-yilda Eskobarning 67 ming dollar pulini boshqa bir narkobaronga olib ketayotgan chog‘ida qo‘lga olishadi. Uzoq davom etgan tergov chog‘ida futbolchi o‘z aybiga iqror bo‘ladi va 6 yilga qamalib ketadi.  Qahramonimiz 1994-yildagi Mundialni aynan shu sabab o‘tkazib yuboradi. Pablo Eskobarning o‘limidan so‘ng, Rene garov evaziga ozodlikka chiqadi va boshqa bunday ishlar bilan shug‘ullanmaydi.

 Y.U

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:13, 30.03.2019. O'qildi: 8028 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик