Bugun 7 iyun, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Chimkent – Toshkent velomarafoni bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
SPORT
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bugun, 30 mart kuni Chimkent-Toshkent velomarafoni bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston hamda Qozog‘iston velosiped sporti federasiyalari tashabbusi bilan tashkil etilgan musobaqa Qozog‘istonda O‘zbekiston yili deb e’lon qilinganligi nishonlash, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlash, turizmni rivojlantirish, velosportni ommalashtirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazildi.

Velomarafonda 150 nafar qozog‘istonlik va 100 nafarga yaqin o‘zbekistonlik velosipedchilar Qozog‘istonning Shimkent shahri hokimligidan Toshkent shahridagi Qozog‘iston elchixonasiga qadar bo‘lgan 130 kilometrlik masofani bosib o‘tishdi. Ishtirokchilarga qulaylik yaratish maqsadida ularning yo‘lida yashil yo‘lak tashkil etildi.

Musobaqaning finish chizig‘ida barcha ishtirokchilar uchun madaniy dastur tashkil etilib, o‘zbek estradasi yulduzlari ishtirokida konsert namoyish etildi. Tantanali taqdirlash marosimida Qozog‘istonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Darxan Satibaldi, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Oybek Qosimov, Toshkent shahri hokimi o‘rinbosari Dilbar Najmutdinova so‘zga chiqib, ushbu marafon ham ikki davlat o‘rtasida do‘stlik aloqalarining yanada mustahkamlashga, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishga xizmat qilishini ta’kidlab, bu kabi musobaqalarni an’anaviy tarzda o‘tkazilishini ma’lum qilishdi.

Velomarafonda marraga birinchi bo‘lib qozog‘istonlik Aleksey Simerenok etib kelgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinni angliyalik Betyu Rayt va uchinchi o‘rin yurtdoshimiz Shoxrux Yunusov qo‘lga kiritdi.

Marafonda ishtirok etganlarning ko‘pchiligi O‘zbekiston va Qozog‘istonlik velosport ishqibozlari bo‘lib, eng yoshi ulug‘ ayol ishtirokchi sifatida 50 yoshli Svetlana Isayeva va eng yoshi katta erkak ishtirokchi sifati 61 yoshli Xursand Sherov ham esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Manba: Stadion
Kiritildi: 16:35, 30.03.2019. O'qildi: 1090 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик