Bugun 27 dekabr, 2025 yil, shanba.

  • APL
      • 27.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 27.12.2025 17:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 27.12.2025 20:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Brayton
      • 27.12.2025 20:00
      • Brentford
      • -:-
      • Bornmut
      • 27.12.2025 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Everton
      • 27.12.2025 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 27.12.2025 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Fulhem
      • 27.12.2025 22:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.12.2025 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Lids
      • 28.12.2025 21:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Tottenhem
  • «A» Seriya
      • 27.12.2025 16:30
      • Parma
      • -:-
      • Fiorentina
      • 27.12.2025 19:00
      • Lechche
      • -:-
      • Komo
      • 27.12.2025 19:00
      • Torino
      • -:-
      • Kalyari
      • 27.12.2025 22:00
      • Udineze
      • -:-
      • Lasio
      • 28.12.2025 00:45
      • Piza
      • -:-
      • Yuventus
      • 28.12.2025 16:30
      • Milan
      • -:-
      • Verona
      • 28.12.2025 19:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Napoli
      • 28.12.2025 22:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Sassuolo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 18 46
2 Real Madrid 18 42
3 Atletiko 18 37
4 Vilyarreal 16 35
5 Espanyol 17 33
6 Betis 17 28
7 Selta 17 23
8 Atletik Bilbao 18 23
9 Elche 17 22
10 Sevilya 17 20
11 Xetafe 17 20
12 Osasuna 17 18
13 Malyorka 17 18
14 Alaves 17 18
15 Rayo Valyekano 17 18
16 Real Sosyedad 17 17
17 Valensiya 17 16
18 Jirona 17 15
19 Real Ovyedo 17 11
20 Levante 16 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ronald Kuman: «Vatan termasini boshqarishdan faxrlanish kerak»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

2014 yilgi jahon chempionatida uchinchi o‘rinni olgan Gollandiya terma jamoasi JCH-2018ning saralashidan o‘ta olmadi.

Saralash bahslari davomida jamoa uch nafar murabbiyni almashtirishga ulgurdi. To‘g‘ri, JCH-2014dan so‘ng jamoaning Aryen Robben, Uesli Sneyder va Robin van Persi kabi yulduzlari termadagi faoliyatlarini yakunlashdi.

Ularning o‘rnini to‘ldirish esa oson kechmadi. Xullas, mundialdan so‘ng Gollandiya terma jamoasini Ronald Kuman qabul qilib oldi. Uning oldida katta to‘siq bor edi. Ya’ni, gollandlar Millatlar Ligasida jahonning oxirgi ikkita chempioni - Germaniya va Fransiya bilan bir guruhdan joy olishgandi. Ushbu raqiblarga qarshi kechgan uchrashuvda Gollandiya terma jamoasi biz o‘rganib qolgan o‘yinni ko‘rsatdi. Yevro-2020 saralash bahslari boshlanishidan oldin Kuman FIFA.com saytiga intervyu berdi. 

- Jamoani qabul qilib olganingizga bir yildan biroz oshdi. O‘sha paytdagi jamoa bilan hozirgisining orasidagi farq qanday?

- Ayni payt jamoaga bo‘lgan talab biroz oshgan. Bu yaxshi holat. Endi bizdan Yevropa chempionatining saralash bahslarida yaxshiroq natija kutishadi. Bundan oldingi saralash o‘yinlarida muxlislar terma jamoa­ga «tishlarini qayrashgandi». Xayriyatki, natijalarimiz yaxshilanib bormoqda. Terma jamoadan xuddi oldingidek natijalar kutishmoqda. Shuningdek, PSV va «Ayaks» kabi klublarimiz ham Chempionlar Ligasida yaxshi ishtirok etishmoqda.

- Siz qatorasiga ikkita omadsiz saralashdan keyin jamoani qabul qilib oldingiz. Sizdan oldingi murabbiylarning ikkisi katta tajribaga ega edi. Shunga qaramay, vaziyatni o‘zgartira olishmadi. Termani qabul qilishdan oldin qandaydir ikkilanishlar bo‘ldimi?

- Umuman bunday bo‘lmadi. To‘g‘ri, o‘z vaqtida o‘yin saviyasi tushib ketdi. Lekin vaziyatni o‘zgartira olishimga ishongandim. Endi terma jamoa o‘ynaganda stadionlar to‘lmoqda. Oxirgi yillarda bunday holat kuzatilmayotgandi.

- O‘zingiz aytganingizdek, terma jamoaning muvaffaqiyatidan so‘ng «Ayaks» YECHLdagi mazmunli o‘yin­lari bilan muxlislar qalbidan joy oldi. Bu holat terma jamoaga qandaydir ijobiy ta’sir o‘tkazdimi?

- Albatta, yordam berdi. Bizning muammolarimizdan biri Erediviziya edi. Ma’lumki, Gollandiya chempionati saviya borasida Angliya, Germaniya yoki Ispaniya ligalariga teng kela olmaydi. Lekin «Ayaks» va PSV klublari futbolchilarining YECHLda olgan tajribalari terma jamoada qo‘l kelmoqda.

- Terma jamoani qabul qilib olganingizda «Bizda iqtidorlar yetarli, lekin ayrim jihatlarni o‘zgartirishimiz kerak», degandingiz. Bu qanday jihatlar edi va ularni o‘zgartirish oson kechdimi?

- Birinchi o‘rinda o‘yin uslubini o‘zgartirdik. Besh himoyachi bilan o‘ynay boshladik. Ammo yozga kelib bu usulimiz ham o‘zgarib, to‘rt himoya­chi bilan harakat qilyapmiz. Chunki futbolchilarga shu uslub ma’qulroq ekan. Boz ustiga, «Ayaks» va PSV ham shunday taktikada o‘ynaydi. Shu bois, ushbu klublarning futbolchilari terma jamoada muammoga duch kelishmaydi. O‘yinchilarning tizimni tushunishlari muhim. O‘shanda o‘zlarini erkin his qilishadi. Qolaversa, terma jamoa murabbiylari yirik turnirlar oldidan futbolchilar bilan ko‘p vaqt birga bo‘la olishmaydi. Boshqacha usulda o‘ynash har doim ham o‘z samarasini beravermaydi.

- Terma jamoa murabbiyligiga qanday moslashdingiz?

- Eng avvalo, milliy jamoani bosh­qarish ajoyib. Vatan termasini boshqarishdan faxrlanish kerak. Klub futbolidagi ko‘p yillik faoliyatimdan so‘ng bu ish men uchun juda muhim edi. Albatta, klub bilan terma jamoa­da ishlashning farqi bor. Xorijda o‘ynayotgan futbolchilar bilan ko‘rishish uchun ko‘p sayohat qilaman. O‘tgan yilning sentyabr-oktyabr oylarida o‘yinlar ko‘p bo‘ldi. Ammo noyabrdan martga qadar to‘rt oy ichida birorta ham o‘yin o‘tkazmadik.

- Millatlar Ligasida oxirgi ikkita jahon chempionlari bilan bir guruhdan joy oldinglar. Shunga qaramay, guruhda birinchi o‘rinni egallashning uddasidan chiqdinglar. Bu qanday yuz berdi?

- Bu - fantastika. Chunki guruhda Fransiya va Germaniyani ortda qoldirishimizga hech kim ishonmagandi. Garchi mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsakda, birinchi o‘yin muhim bo‘lgandi. Garchi natija biz kutgandek bo‘lmasada, juda yaxshi o‘ynagandik.

- JCH-2018 paytida bo‘lajak raqiblarning o‘yinlarini o‘rgandingizmi?

- Shubhasiz. Jahon chempionatini diqqat bilan kuzatib, Fransiya kabi bo‘lajak raqiblarimiz o‘yinlarini o‘rgandik. Shuningdek, Angliya va Belgiya kabi terma jamoalarning qanday taktikadan foydalanishlariga e’tibor qaratdik. Undan olgan saboqlarimizni futbolchilarimiz ongiga singdirishga harakat qildik.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 22:50, 01.04.2019. O'qildi: 1442 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 18
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Барселона Rafinya 7
6 Бетис Kucho Ernandes 7
7 Атлетико Xulian Alvares 7
8 Барселона Lamin Yamal 7
9 Валенсия Ugo Duro 6
10 Эльче Rafa Mir 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.