Muxlislarni asosan «ko‘hna qit’a»ning eng kuchli ligalari qiziqtirishi tabiiy holat. Lekin o‘sha Angliya , Ispaniya yoki Italiyada ikkinchi o‘rinda turuvchi divizionlarda ham o‘zgacha kurash borishi o‘z-o‘zidan tayin.
Buni ishtirokchi jamoalar safidagi futbolchilar va ularning transfer bahosidan ham bilib olish mumkin. Xullas, bugun ikkinchi divizionlar aro «sayr»ga chiqishni tavsiya etamiz. Bunda elit liga va uning ortida turgan turnir ishtirokchilarining umumiy transfer summasini o‘zaro taqqoslab ham ko‘rishingiz mumkin.
APLning barcha futbolchilari transfer summasi: 8,51 mlrd. yevro
Chempionshipning barcha futbolchilari transfer summasi: 1,28 mlrd. yevro (APL summasining 15 foiziga teng)
Chempionshipda eng qimmatbaho tarkibga ega jamoa: «Stok Siti» - 128,25 mln. yevro
Chempionshipning eng qimmatbaho
10 nafar futbolchisi (q132 mln. yevro)
1. Jek Grilish («Aston Villa») - 20 mln. yevro
2. Jek Batlend («Stok Siti») - 18 mln. yevro
3. Jo Allen («Stok Siti») - 15 mln. yevro
Temmi Abraxam («Aston Villa») - 15 mln. yevro
6. Jey Rodriges («Vest Bromvich») - 12 mln. yevro
Duayt Geyl («Vest Bromvich») - 12 mln. yevro
7. Nil Mope («Brentford») - 10 mln. yevro
Tom Ins («Stok Siti») - 10 mln. yevro
Benik Afobe («Stok Siti») - 10 mln. yevro
Joao Karvalyo («Nottingem Forest») - 10 mln. yevro
Yana 2 nafar futbolchining bahosi 10 mln. yevroga yaqin: Meyson Maunt («Derbi Kaunti») va Britt Assombalonga («Midlsbro»)
Chempionship - bu alohida tarix. Bilasizmi, bu turnir futbolchilarning jami transfer summasi bo‘yicha Yevropada 6-o‘rinda turadi. Ya’ni Chempionship faqat kuchli beshlik sirasiga kiruvchi ligalardan orqada, xolos. Aynan shunday! Demak, Angliya chempionati ikkinchi divizioni nafaqat «ko‘hna qit’a», balki jahonning ko‘plab mamlakatlari elit ligasidan ancha qiziqarli va obro‘li. Misol uchun, Chempionship va Rossiya Premyer-ligasini taqqoslab ko‘rish mumkin. Tasavvur qiling, Rossiya chempionati yuqori ligasida o‘ynayotgan barcha futbolchilarning umumiy bahosi million yevroga ham yetmaydi, Angliya ikkinchi divizioni esa naq 1,3 «limon» turadigan o‘yinchilarni o‘z bag‘rida jamlagan. RPLdagi eng qimmatbaho klub - «Zenit» (transfermarkt.de ma’lumotiga asosan 166 million yevro). Chempionshipning narx bobidagi yetakchisi «Stok Siti» esa rus ligasidagi 2ta ishtirokchidan arzon, xolos. Demakki, stokliklar tarkib bo‘yicha Rossiyada bemalol oliy sovrin uchun kurash olib borishlari mumkin. Raqamlar bunga dalil...
ISPANIYA
Primeroning barcha futbolchilari transfer summasi: 5,68 mlrd. yevro
Segundaning barcha futbolchilari transfer summasi: 342,55 mln. yevro (Primero summasining 6 foiziga teng)
Segundada eng qimmatbaho tarkibga ega jamoa: «Malaga» - 36,55 mln yevro
Segundaning eng qimmatbaho
10 nafar futbolchisi (q30 mln. yevro)
1. Manu Valyexo («Kadis») - 5 mln. yevro
2. Alfred N~Diaye («Malaga») - 4 mln. yevro
3. Rafa Mir («Las-Palmas») - 3 mln. yevro
Yann Bodiger («Kordoba») - 3 mln. yevro
5. Federiko Rikka («Malaga») - 2,5 mln. yevro
Serxio Arauxo («Las-Palmas») - 2,5 mln. yevro
Luis Ernandes («Malaga») - 2,5 mln. yevro
Ager Aketche («Kadis») - 2,5 mln. yevro
Xavyer Ontiveros («Malaga») - 2,5 mln. yevro
Adrian Gonsales («Malaga») - 2,5 mln. yevro
Yana 4 nafar futbolchining bahosi 2,5 mln. yevroga yaqin: Urosh Jurjevich («Sporting»), Pau Torres («Malaga»), Darvin Machis («Kadis») va Domingos Duarte («Deportivo»)
Ispaniyadagi holat mutlaqo boshqacha. Chempionship va Segundadagi eng qimmatbaho futbolchilarning jami bahosiga qarash kifoya qiladi - 132 million yevroga qarshi atigi 30 «limon». O‘rtada katta farq bor. O‘zi Ispaniya La-ligasida boylar va qolganlarni ajratib turuvchi ulkan «jar»lik bor. Bu mamlakatning ikki divizioni o‘rtasida ham yaqqol ko‘zga tashlanib turibdi. Boz ustiga, umumiy holat tobora yomonlashmoqda. Misol uchun, bir yilcha oldin Segundaning Primeroga nisbatan hissasi 8,2 foizga teng edi, endi esa bu ko‘rsatkich atigi 6 foiz...
ITALIYA
«A» seriyaning barcha futbolchilari transfer summasi: 4,90 mlrd. yevro
«V» seriyaning barcha futbolchilari transfer summasi: 336,55 mln. yevro («A» seriya summasining 6,9 foiziga teng)
«V» seriyada eng qimmatbaho tarkibga ega jamoa: «Breshia» - 37,38 mln. yevro
«V» seriyaning eng qimmatbaho
10 nafar futbolchisi (q44,6 mln. yevro)
1. Sandro Tonali («Breshia») - 15 mln. yevro
2. Endryu Gravillon («Peskara») - 5 mln. yevro
3. Iliya Nesterovski («Palermo») - 4 mln. yevro
Xan Kvan Son («Perudja») - 4 mln. yevro
5. Valerio Verre («Perudja») - 3,5 mln. yevro
6. Gaston Brugman («Peskara») - 2,8 mln. yevro
Alfredo Donnarumma («Breshia») - 2,8 mln. yevro
8. Ahmad Benali («Krotone») - 2,5 mln. yevro
Marko Tumminello («Lechche») - 2,5 mln. yevro
Dimitri Bizoli («Breshia») - 2,5 mln. yevro
Yana bir futbolchining bahosi 2,5 mln. yevroga yaqin: Jorje Pushkash («Palermo»)
Italiyadagi manzara Ispaniya chempionati umumiy holatiga o‘xshash: boylar («Yuventus», «Milan» va «Inter») tobora boyimoqda, qolgan klublar o‘z joyida depsinyapti. Buning oqibatida ikki guruh o‘rtasidagi farq yanada yiriklashmoqda. Misol uchun, oxirgi ikki mavsumni o‘zaro taqqoslaylik: o‘tgan yili «V» seriyasi futbolchilarining umumiy summasi elita bahosining 9,5 foizini tashkil qilgandi, hozirgi ko‘rsatkich esa 6,9 foizga teng. Bu xuddiki tabiiy jarayondek. To‘g‘ri, «V» ancha orqada qolayotgan bo‘lsada, ikkinchi raqamli seriyada ham bir qator salohiyatli ijrochilar bor. Deylik, «Breshia»ning 18 yoshli yarim himoyachisi Sandro Tonali ayni payt «Liverpul» va «Roma» kabi klublarning jiddiy kuzatuvi ostida turibdi. Umuman, kelajagi yorqin bo‘lishi kutilayotgan «Yangi Pirlo»ga «Yuventus», «Inter» va «Chelsi» ham befarq emas. Ba’zi jamoalar vakillari yigitcha masalasida «qaldirg‘ochlar» prezidentini bezovta qila boshlashdi, hatto. Sandroning o‘zi esa salohiyatini «Milan»da, Jennaro Gattuzo qo‘l ostida sinab ko‘rmoqchi. Ha, «V» seriya Italiya futboliga yana bir yangi yulduz tarbiyalayotgan ko‘rinadi.
GERMANIYA
Bundesliganing barcha futbolchilari transfer summasi: 4,54 mlrd. yevro
Ikkinchi Bundesliganing barcha futbolchilari transfer summasi: 406,95 mln. yevro (Bundesliga summasining 8,9 foiziga teng)
Ikkinchi Bundesligada eng qimmatbaho tarkibga ega jamoa: «Kyoln» - 79,95 mln. yevro
Ikkinchi Bundesliganing eng qimmatbaho
10 nafar futbolchisi (q66 mln. yevro)
1. Yonas Xektor («Kyoln») - 12,5 mln. yevro
2. Antoni Modest («Kyoln») - 9 mln. yevro
3. Duglas Santos («Gamburg») - 7,5 mln. yevro
4. Timo Xorn («Kyoln») - 7 mln. yevro
Xorxe Mere («Kyoln») - 7 mln. yevro
6. Orel Mangala («Gamburg») - 5,5 mln. yevro
7. Xvan Xi Chxan («Gamburg») - 5 mln. yevro
8. Rik van Drongelen («Gamburg») - 4,5 mln. yevro
9. Yann-Fite Arp («Gamburg») - 4 mln. yevro
Jon Kordoba («Kyoln») - 4 mln. yevro
Yana 3 nafar futbolchining bahosi 4 mln. yevroga yaqin: Dominik Dreksler («Kyoln»), Luis Shaub («Kyoln») va Mussa Kone («Dinamo» Dr.)
Bir qarashda, nemislar yurtida ikki liga o‘rtasidagi balans nisbatan yaxshiroq. Har holda, Ispaniya va Italiyadagi «jar»lik yo‘q. Ammo shunisi borki, Bundesliga 2-ning ijobiy statistikasi ortida asosan o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, elitadan tushgan 2ta klub turibdi. Aytish o‘rinli, «Kyoln» ham, «Gamburg» ham darhol kuchlilar qatoriga qaytmoqchi, shuning uchun avvalgi tarkibini imkon qadar saqlab qolgan. Qarang, Germaniya futboli tizimida ikkinchi o‘rinda turuvchi turnirda o‘ynayotgan eng qimmatbaho 10 nafar futbolchining barchasi aynan «Kyoln» yoki «Gamburg» a’zosidir.
FRANSIYA
Liga 1ning barcha futbolchilari transfer summasi: 3,43 mlrd. yevro
Liga 2ning barcha futbolchilari transfer summasi: 272,70 mln. yevro (Liga 1 summasining 7,9 foiziga teng)
Liga 2da eng qimmatbaho tarkibga ega jamoa: «Mes» - 24,4 mln. yevro
Liga 2ning eng qimmatbaho
10 nafar futbolchisi (q20,95 mln. yevro)
1. Habib Diallo («Mes») - 3,5 mln. yevro
2. Ibrohim Niane («Mes») - 2,5 mln. yevro
3. Natael Julan («Valansyen») - 2 mln. yevro
Zayniddin Farxat («Gavr») - 2 mln. yevro
Stoppila Sunzu («Mes») - 2 mln. yevro
Jan-Kevin Dyuvern («Lans») - 2 mln. yevro
Stivi Yago («Gavr») - 2 mln. yevro
8. Tyeri Ambros («Lans») - 1,75 mln. yevro
9. Yoan Mollo («Sosho») - 1,7 mln. yevro
10. Jando Fyush («Sosho») - 1,5 mln. yevro
Yana 10 nafar futbolchining bahosi 1,5 mln. yevroga yaqin
Liga 2 oxirgi yil davomida ishtirokchilar bahosi borasida bir necha 10 million yo‘qotdi, Liga 1da aksincha, yana o‘sish kuzatildi. Xullas, Fransiyada ham ikki divizion o‘rtasidagi farq oshib bormoqda. Ajoyib va noyob faktga e’tibor qarating: birgina «PSJ» tarkibining narxi Fransiya chempionati ikkinchi divizionida o‘ynayotgan barcha futbolchilar bahosi yig‘indisidan 3,5 baravar (!) baland. Darvoqe, Liga 2ning eng qimmatbaho 10 nafar o‘yinchisidan ikkisi vaqtida Rossiya Premyer-ligasida faoliyat yuritgan: Stoppila Sunzu o‘tgan mavsum «Arsenal» (Tula) sharafini himoya qilgan bo‘lsa, Yoan Mollo oldinroq «Krilya Sovetov» va «Zenit» safida to‘p surgandi.
ROSSIYA
RPLning barcha futbolchilari transfer summasi: 908,1 mln. yevro
FNLning barcha futbolchilari transfer summasi: 156,15 mln. yevro (RPL summasining 17,2 foiziga teng)
FNLda eng qimmatbaho tarkibga ega jamoa:: «Tambov» - 10,38 mln. yevro
FNLning eng qimmatbaho
10 nafar futbolchisi (q8,5 mln. yevro)
1. Aleksey Yevseev («Ximki») - 1 mln. yevro
Aleksandr Sapeta («Nijniy Novgorod») - 1 mln. yevro
3. Denis Terentyev («Zenit-2») - 900 ming yevro
Maksim Barsov («Sochi») - 900 ming yevro
5. Daniil Utkin («Krasnodar-2») - 850 ming yevro
6. Evgeniy Shlyakov («Tambov») - 800 ming yevro
Oleg Lanin («Ximki») - 800 ming yevro
8. Mixail Ignatov («Spartak-2») - 750 ming yevro
Vladimir Obuxov («Tambov») - 750 ming yevro
Nikolay Zaysev («SKA-Xabarovsk») - 750 ming yevro
Rossiya chempionati ikkinchi divizionidagi klublar holati chakki emas. Deylik, elitaga narx bobida yaqinlik hattoki, Angliyadagi ko‘rsatkichdan ham yaxshiroq. Umuman, 17,2 foiz - bu mutlaqo adolatli raqam. Harqalay, FNLda «Zenit», «Spartak» va «Krasnodar» kabi boylarning ikkinchi jamoasi ham qatnashmoqda.