Bugun 20 avgust, 2019 yil, seshanba.

Loading...

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 17 47
2 Lokomotiv 17 34
3 Bunyodkor 17 30
4 Nasaf 17 27
5 So‘g‘diyona 17 27
6 Navbahor 17 25
7 Surxon 17 22
8 Metallurg 17 20
9 Dinamo 17 18
10 Qizilqum 17 17
11 Andijon 17 16
12 AGMK 17 16
13 Qo‘qon-1912 17 14
14 Buxoro 17 12

O'tgan o'yinlar.

17/08/19 Qo‘qon-1912 2-1 Surxon
17/08/19 AGMK 0-3 Paxtakor
17/08/19 Lokomotiv 1-0 Nasaf
17/08/19 Buxoro 1-1 So‘g‘diyona
18/08/19 Bunyodkor 1-0 Metallurg
18/08/19 Andijon 0-1 Navbahor
18/08/19 Qizilqum 2-1 Dinamo

So'rovnoma

  • 2019 yilgi «Oltin to‘p»ga kim munosib?

  • Natijalar | Jami ovoz: 20555 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • SPORT
    • Sana: 20.08.2019

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! FUTBOL-1
    • Sana: 20.08.2019

      06:00 Чемпионат Испании. "Валенсия" - "Реал Сосьедад".
      08:00 Чемпионат Испании. "Эспаньол" - "Севилья".
      10:00 Чемпионат Испании. "Атлетико Мадрид" - "Хетафе".
      12:00 Чемпионат Испании. "Сельта" - "Реал Мадрид".
      14:00 Чемпионат Испании. Обзор тура.
      15:00 Чемпионат Испании. "Вильярреал" - "Гранада".
      17:00 Чемпионат Испании. "Валенсия" - "Реал Сосьедад".
      19:00 Чемпионат Испании. Обзор тура.
      20:00 Чемпионат Испании. "Атлетик" - "Барселона".
      22:00 "Однажды в Европе".
      23:05 Кубок Английской футбольной лиги. 1/64 финала. Обзор.
      23:45  Лига чемпионов. Раунд плей-офф. ЧФР (Румыния) - "Славия" (Чехия). 1-й матч. Прямая трансляция.
      02:00 Лига чемпионов. Раунд плей-офф. ЛАСК (Австрия) - "Брюгге" (Бельгия). 1-й матч.
      04:00 Лига чемпионов. Раунд плей-офф. АПОЭЛ (Кипр) - "Аякс" (Нидерланды). 1-й матч.
  • MATCH! FUTBOL-2
    • Sana: 20.08.2019

      06:00 Чемпионат Франции. "Нант" - "Марсель".
      08:00 Чемпионат Франции. "Метц" - "Монако".
      10:00 Чемпионат Франции. "Сент-Этьенн" - "Брест".
      12:00 Чемпионат Франции. Обзор тура.
      13:00 Чемпионат Франции. "Реймс" - "Страсбур".
      15:00 Чемпионат Франции. "Ренн" - ПСЖ.
      17:00 Чемпионат Франции. "Лион" - "Анже".
      18:55 Чемпионат Франции. Обзор тура.
      19:55 Чемпионат Франции. "Нант" - "Марсель".
      21:50 Чемпионат Франции. "Метц" - "Монако".
      23:45  Лига чемпионов. Раунд плей-офф. ЛАСК (Австрия) - "Брюгге" (Бельгия). 1-й матч. Прямая трансляция.
      02:00 "Однажды в Европе".
      03:00 Чемпионат Франции. "Ренн" - ПСЖ.
      04:55 Команда мечты.
  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 20.08.2019

      06:00 Чемпионат Германии. "Унион Берлин" - "РБ Лейпциг".
      08:00 Чемпионат Германии. "Айнтрахт Франкфурт" - "Хоффенхайм".
      10:00 Чемпионат Португалии. Обзор тура.
      11:00 Чемпионат Германии. Обзор тура.
      12:00 Чемпионат Германии. "Боруссия Мёнхенгладбах" - "Шальке 04".
      14:00 Чемпионат Германии. "Боруссия Дортмунд" - "Аугсбург".
      16:00 Чемпионат Португалии. "Порту" - "Витория Сетубал".
      18:00 Чемпионат Португалии. Обзор тура.
      19:00 Чемпионат Германии. Обзор тура.
      20:00 Чемпионат Португалии. "Спортинг" - "Брага".
      21:50 Чемпионат Германии. "Бавария" - "Герта".
      23:45  Лига чемпионов. Раунд плей-офф. АПОЭЛ (Кипр) - "Аякс" (Нидерланды). 1-й матч. Прямая трансляция.
      02:00 Лига чемпионов. Раунд плей-офф. ЧФР (Румыния) - "Славия" (Чехия). 1-й матч.
      04:00 Лига чемпионов. Раунд плей-офф. ЛАСК (Австрия) - "Брюгге" (Бельгия). 1-й матч.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 20.08.2019

      05:25 "Тает лёд" с Алексеем Ягудиным.
      05:55 Автоспорт. Ралли-кросс. Чемпионат мира. Этап 3 в Бельгии.
      08:00 Художественная гимнастика. Мировой Кубок вызова. Этап 2 в Минске, Беларусь.
      11:45 Плавание. Чемпионат мира в Южной Корее. Финалы.
      14:00 Триатлон. Олимпийский квалификационный турнир. Мужчины.
      16:45 Фехтование. Чемпионат мира в Венгрии. Команды. Женщины. Рапира; Мужчины. Шпага.
      19:20 Спортивные танцы. Чемпионат Европы по латиноамериканским танцам среди профессионалов в России.
      20:30  Плавание. Чемпионат мира среди юниоров в Венгрии. Финалы. Прямая трансляция.
      22:20 "Гран-при Германии. На гребне волны". Специальный репортаж.
      22:40 "Тает лёд" с Алексеем Ягудиным.
      23:10 Художественная гимнастика. Мировой Кубок вызова. Этап 2 в Минске, Беларусь.
      02:55 Плавание. Чемпионат мира среди юниоров в Венгрии. Финалы.
      04:55 "Команда мечты".
  • MATCH-TV
    • Sana: 20.08.2019

      07:00 Смешанные единоборства. Афиша.
      07:30 "Команда мечты".
      08:00 "Вся правда про...".
      08:30 Д/с "Украденная победа".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Аналитика. Интервью. Эксперты. Прямой эфир.
      10:55 Новости.
      11:00 "КХЛ. Лето. Live".
      11:20 Футбол. Российская Премьер-лига. 6-й тур. "Спартак" (Москва) - ЦСКА.
      13:10 Тотальный футбол.
      14:10 "Тает лёд" с Алексеем Ягудиным.
      14:30 Новости.
      14:35 Все на Матч! Аналитика. Интервью. Эксперты. Прямой эфир.
      15:15 Профессиональный бокс. Всемирная Суперсерия WBSS. 1/2 финала. Джош Тейлор - Иван Баранчик. Бой за титулы IBF и WBC Silver в 1-м полусреднем весе; Наоя Иноуэ - Эммануэль Родригес. Бой за титулы IBF и WBA в легчайшем весе.
      17:15 Новости.
      17:20 Все на Матч! Аналитика. Интервью. Эксперты. Прямой эфир.
      18:00 "КХЛ. Лето. Live".
      18:20 "Команда мечты".
      18:50 "С чего начинается футбол".
      19:20 Новости.
      19:25 Все на Матч! Аналитика. Интервью. Эксперты. Прямой эфир.
      19:55  Футбол. Международный юношеский турнир "UTLC Cup 2019". "Локомотив" (Россия) - "Барселона" (Испания). Прямая трансляция.
      21:40 Новости.
      21:45 Профессиональный бокс. Всемирная Суперсерия WBSS. 1/2 финала. Майрис Бриедис - Кшиштоф Гловацки. Бой за титулы WBC Diamond и временный титул WBO в 1-м тяжёлом весе; Юниер Дортикос - Эндрю Табити.
      23:00 Новости.
      23:05 Все на футбол!
      23:50  Футбол. Лига чемпионов. Раунд плей-офф. АПОЭЛ (Кипр) - "Аякс" (Нидерланды). 1-й матч. Прямая трансляция.
      01:55 Все на Матч! Аналитика. Интервью. Эксперты. Прямой эфир.
      02:55  Х/ф "Шаолинь".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 20.08.2019

      06:00 Велоспорт. BinckBank Tour. Этап 7.
      07:30 Олимпийский канал. "Camps to Champs".
      08:00 Теннис. US Open. Квалификация. День 1.
      10:00 Велоспорт. Тур Юты в США. Этап 6.
      11:30 Теннис. US Open. Квалификация. День 1.
      13:30 Велоспорт. BinckBank Tour. Этап 7.
      15:00 Теннис. US Open 2018. Мужчины. Финал.
      16:30 Велоспорт. Тур Юты в США. Этап 6.
      18:00 Автоспорт. Ралли. ERC. Тележурнал "Полный доступ".
      18:30 Теннис. US Open. Квалификация. День 1.
      19:45 Новости.
      19:55  Теннис. US Open. Квалификация. День 2. Прямая трансляция.
      01:00  Теннис. US Open. Квалификация. День 2. Прямая трансляция.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Radamel Falkao: «APLdagi futbol menga to‘g‘ri kelmaydi»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar

Radamel Falkao 33 yoshida tinimsiz gol urib, oqsayotgan «Monako»ni «sudrab yuribdi». Kolumbiyalik futbolchining aytishicha, u faoliyatini yakunlaganidan so‘ng sportning beysbol turi bilan professional tarzda shug‘ullanmoqchi. Radamel bu haqda France Football nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

- Radamel, «Marlins» (Mayami shahrining beysbol jamoasi) o‘yinlarini hamon kuzatib boryapsizmi?

- Ha. Ta’tilimni Floridada o‘tkazaman. O‘shanda «Marlins»ning o‘yinlarini tomosha qilish uchun albatta, vaqt topaman. Beysbolni juda yaxshi ko‘raman. Bolaligimda Venesuelada (ushbu mamlakatda yashagan) mazkur sport turi bilan shug‘ullanardim. Umuman olganda, yomon o‘ynamaganman. Mening, umuman, mamlakatdagi barcha bolalarning kumiri Andres «El Gato» Galarraga bo‘lgan. Shuningdek, Omar Vizkel va Ozzi Gillenlarning ham harakatlarini kuzatardim. Ular ham men kabi shortstop pozisiyasida o‘ynashgan.

- Beysbolning qaysi jihatlari keyinchalik futbolda asqotgan?

- Fikrni jamlash. Beysbol futbol kabi dinamik sport turi emas. Unda xayolni bir joyga qo‘yish, xotirjamlik, o‘ziga bo‘lgan ishonch va harakatlarning aniqligi muhim rol o‘ynaydi. Ba’zida yettita inningda (bir davra to‘qqiz inningdan iborat bo‘ladi) ham to‘pga tegmasligingiz mumkin. Lekin fikrni bo‘lmaslik lozim. Chunki istalgan paytda o‘yinga qo‘shilib ketishingiz mumkin.

- Yoxan Kroyff ham yoshligida beysbol bilan shug‘ullangan. Aytishicha, bundan reaktivlikni o‘zlashtirgan ekan...

- Ha, beysbol harakatlar koordinasiyasini rivojlantirishda foyda beradigan ajoyib sport turi. Shuningdek, u intizomga o‘rgatadi. Unda reaksiyani rivojlantirasiz. Axir to‘p sizga 130 km|soat tezlikda uchib keladi. Ana shu to‘pga chillak («bita») bilan urishni tasavvur qilib ko‘ring. Agar shunday reaksiyani rivojlantirsangiz, futbolda qo‘l kelishi tabiiy. Boz ustiga, futbolda osonroq. Negaki, to‘p bu tezlikda uchib kelmaydi. Xullas, futbolchilik faoliyatimni yakunlaganimdan so‘ng beysbol bilan shug‘ullanmoqchiman.

- Maykl Jordan singarimi?

- Ha, xuddi Jordandek. Lekin Maykl yuqori saviyada o‘ynay olmagan. 31 yoshli Jordan ikkinchi ligada «Bayrons» jamoasi sharafini himoya qilgan. Menda ham shunday maqsad bor. Xuddi futboldagi kabi beysbolda ham muvaffaqiyat qozonmoqchiman.

- Futbolchilik faoliyatingiz boshlanganiga ko‘p bo‘ldi. Adashmasam, 13 yoshingizda. Professional futboldagi birinchi golingizni eslay olasizmi?

- Juda yaxshi eslayman. Bu 1999 yili ro‘y bergandi. O‘shanda Kolumbiya futbolida bir qoida bor edi. Birinchi divizion klublari hech bo‘lmasa bir nafar 20 yoshdan kichik futbolchini maydonga tushirishlari shart etib belgilangandi. Ikkinchi liga vakillari uchun esa bu limit 17 yoshni tashkil qilardi. Bir daqiqaga bo‘lsa ham tushirishlari lozim bo‘lgan. O‘shanda «Lanseros Boyaka» jamoasi safida o‘ynardim va 13 yoshda edim. Lekin katta yoshlilar bilan birga to‘p suraverardim. Baribir, meni himoya qilishardi. Bir kuni hamma yosh futbolchilar jarohat olishgandi. Menga «Qani, Falkao! Faqat sen qolding», deyishgan. Ammo dastlabki golimni bir mavsumdan keyin «Santa Fe» (Bogota) farm klubi bo‘lgan «Kondora» darvozasiga urganman.

- Chempionlar Ligasidagi birinchi golingiz-chi?

- 2009 yili Madridning «Atletiko»siga urganman. O‘shanda «Portu»da o‘ynardim. «Matraschilar» darvozasini tovonim bilan nishonga olganman.

- Faoliyatingizda nimadan afsuslanasiz?

- Shunchaki, rohat olish uchun ko‘proq o‘ynashim kerak edi. «River Pleyt»­da to‘p surgan kezlarimni nazarda tutyapman. U yerga 15 yoshligimda borib, tengqurlarim bilan o‘ynardim. Lekin professional bo‘lish istagi tinchlik bermasdi. Faqat shu haqda o‘ylardim. Shaxsiy hayot va shunga o‘xshash narsalarni unutib qo‘ygandim. Hammasi birdaniga bo‘lishini xohlardim. Agar biror ishim o‘ngidan kelmasa, qattiq jahlim chiqardi.

- Siz jarima maydoni o‘yinchisi sanalasiz. Lekin har doim bunday bo‘lmagansiz. Shundaymi?

- Faoliyatimning eng muhim davri «Portu»ga to‘g‘ri keladi. Besh yildan buyon bir-biri bilan o‘ynagan kollektivga kelib qo‘shilganman. Jamoaning o‘z uslubi bor edi va bunga moslashishim talab etilardi. Vazifam faqat gol urishdan iborat bo‘lgan. Qanotlarda esa to‘pni qoyilmaqom tarzda yetkazib bera oladigan futbolchilar o‘ynardi. Har bir o‘yin­chining maydonda o‘z vazifasi bor edi. Meniki raqib darvozasiga yaqinroq turish bo‘lgan. Aynan «Portu»da markaziy hujumchiga aylanganman.

- Shundoq ham har doim hujumda o‘ynagansiz...

- Deyarli har doim. O‘smirlar terma jamoasida pleymeyker vazifasini bajarardim.

- Yangi rol qanchalik yoqib qolgan?

- Oxirgi pasni berishni uddalardim, o‘yinni yaxshi o‘qiy olardim. Umuman olganda, hamisha oldingi chiziqda o‘ynash yoqqan.

- Markaziy hujumchi bo‘lish uchun muayyan bir xarakterga ega bo‘lish kerakmi?

- Muhimi - gol urish istagi. Lekin hujumchilar ko‘pincha 80 daqiqa to‘pga teginmasliklari mumkin. Keyin esa gol urib, o‘yin qahramoniga aylanishadi. Boshqa bir o‘yinchi esa butun uchrashuv davomida tinimsiz mehnat qiladi, jamoa uchun o‘ynaydi. Lekin o‘yindan ke­yin hech kim uni qayd etmaydi. Ya’ni, hujumchilarga faqat goliga qarab baho berishadi. Menimcha, bu nohaqlik.

- Markaziy hujumchi hamisha boshqalarga bog‘lanib qoladi...

- Va u hamisha to‘p oshirilishini kutishi kerak. Aynan «Portu»da shunday o‘ynashni o‘rganganman. Ya’ni jamoadoshlar bilan hamkorlik qilishni. Hujumchi uchun golli vaziyatlarni yaratib beradigan futbolchilari bor jamoa kerak. Aks holda...

- Bu bilan «Atletiko» ushbu toifaga kirmagan, demoqchimisiz?

- Qayerda, qaysi jamoada o‘ynamay, mahalliy chempionatga moslashishga harakat qilganman. «Atletiko»da «Portu» singari qanotdan qoyilmaqom tarzda to‘pni yetkazib beradigan futbolchilar bo‘lmagan. Shuningdek, chempionat ham mutlaqo boshqacha. La Ligada jamoalar to‘p bilan ko‘p ishlashadi. U yerda chiroyli futbol shaydolari bisyor. Angliyada esa umuman teskarisi, futbolchi 90 daqiqa tinim bilmaydi. Bu mening futbolim emas.

- Garchi bo‘yingiz baland bo‘lmasada, bosh bilan yaxshi o‘ynaysiz. Buni qanday rivojlantirgansiz?

- Avvaldanoq bosh bilan o‘ynash yoqardi. Keyin Argentina chempionatida bu jihatimni rivojlantirdim. Chunki u yerda hujumchilar bosh bilan ko‘p o‘ynashadi. Umuman, hujumchi bosh bilan yaxshi o‘ynashi kerak.

- Ammo misol qilib aytadigan bo‘lsak, Anelka yoki Anri kabi futbolchilar bu jihatdan kuchli emaslar.

- Fikringizga qo‘shilaman. Ronaldo ham. Lekin menda tabiiy xususiyat bor. Boz ustiga, bosh bilan o‘ynashni ko‘p mashq qilganman.

- JCH-2014dan oldin tizzangizdan olgan jarohatingiz ruhiy zarba bo‘lganmi?

- Har qanday futbolchi jarohatdan tiklanganidan so‘ng o‘yinini topib olishga qiynaladi. Ha, bu ruhiy zarba. Avvaliga yakkakurashlardan qochishga urinasiz. Mening muammoim shunday iborat ediki, jarohat tufayli jahon chempionatini o‘tkazib yuborganman. Kolumbiya 16 yil mundialning final bosqichiga chiqa olmagandi. Shunday imkoniyat vujudga kelganda foydalana olmaganimdan qayg‘urganman. Vaholanki, saralash bahslarini ko‘tarinki ruhda o‘tkazgandim.

- Neymar JCH-2018 oldidan jarohat oldi. Barcha chempionatgacha tiklana olmasligini aytgandi. Biroq u buning uddasidan chiqdi...

- Menda boshqacha bo‘lgan. Qayta jarohat olishim xavfi yuqori edi. Axir o‘z organizmimni o‘zim yaxshi bilaman-ku. To‘g‘ri, o‘zimni tuzalgandek ko‘rsatishga ham harakat qilganman. Biroq bor kuchim bilan o‘ynasam, jarohat olish haqida o‘ylamayman. Shuningdek, mendan ko‘ra tayyorroq bo‘lgan futbolchining o‘rnini egallab olgan bo‘lardim.

- Siz Mourinyo, Lui van Gal, Simeone, Villash-Boash, Jardim kabi murabbiylar qo‘l ostida shug‘ullangansiz. Ulardan qay biri faoliyatingizda muhim rol o‘ynagan?

- Passarellani unutdingiz. Shu­ning­dek, «Portu»dagi Jezualdu Fereyrani ham. Aynan undan hujumchi nima qilishi yoki qilmasligi kerakligini o‘rganganman. Keyinchalik uning o‘rnini Villash-Boash egalladi. U ham o‘z fikrlarini miyamizga quya olgan. Simeonening «Atletiko»siga mutlaqo boshqacha futbolchi sifatida tashrif buyurganman. Keyin «Monako»da Jardim qo‘l ostida yanada ishonchli o‘ynay boshladim. Van Gal - o‘ziga xos holat. Nimani o‘ylayotganini yuzingizga aytardi. Umuman olganda, shunday qilish kerak. Ba’zida uni tushunmasdim. Lekin Lui ham faoliyatimdagi muhim murabbiylardan biri sanaladi.

- Mourinyo haqida qanday fikrdasiz?

-  «Chelsi»ga borganimda u jamoani uch yildan buyon boshqarardi. Oradan to‘rt oy o‘tgach, uni haydab yuborishdi. Xullas, Jozening qanday murabbiy ekanligini his qilishim uchun vaqt bo‘lmadi.

- Tyerri Anri-chi?

- Futbolni yaxshi tushunadi. Lekin uch oyda hech nima qilib bo‘lmaydi.

- Hozir «Monako» yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda.

- Yaxshi futbolchilar keldi, jarohat olganlar safga qaytdi. Albatta, o‘yin o‘zgardi. Odatda, jamoa yetakchisini yo‘qotsa, o‘yinini ham yo‘qotadi. Mana, «Real»ga qarang, Krishtianu ketganidan so‘ng nima bo‘ldi? Dastlabki uch-to‘rt oy umuman o‘zlariga o‘xshashmadi. To‘rt oy - bu yarim mavsum degani.

- Jardimning qaytishini eshitib hayron bo‘ldingizmi?

- Bunaqasi bo‘lib turadi. Chempionat avvalida murabbiyni haydashadi, keyin qaytarib olib kelishadi. Joriy mavsum «Vilyarreal»da ham shunday bo‘ldi. Rahbarlar nimani istashsa, shu bo‘ladi.

- «Yo‘lbars» laqabini qayerdan olgansiz?

- Argentinada, «River Pleyt»da shunday atashgan. O‘yinlarning biridan so‘ng Gonzalo Luduyeno xuddi yo‘lbarsdek o‘ynaganimni aytgan. Shundan so‘ng laqab bo‘lib qoldi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 13:12, 11.04.2019. O'qildi: 1484 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Dragan Cheran 19
2 Temurxo‘ja Abduxoliqov 11
3 Humoyun Murtazoyev 10
4 Zafar Polvonov 9
5 Aleksandr Kasyan 9
6 Xurshid G‘iyosov 9
7 Igor Sergeev 8
8 Marat Bikmayev 8
9 Shohruz Norxonov 7
10 Elguja Grigalashvili 6

Suratli so'rovnoma

Sizningcha, NEYMAR yozgi transfer paytida «Barselona»ga o‘tadimi?

Ha, «Barselona»ga o‘tadi
3683
50.1%
Yo‘q, «PSJ»da qoladi
3664
49.9%

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.