Bugun 28 noyabr, 2025 yil, juma.

  • ECHL
      • 27.11.2025 01:00
      • Arsenal
      • 3:1
      • Bavariya
      • 27.11.2025 01:00
      • Atletiko
      • 2:1
      • Inter
      • 27.11.2025 01:00
      • Ayntraxt F
      • 0:3
      • Atalanta
      • 27.11.2025 01:00
      • Liverpul
      • 1:4
      • PSV
      • 27.11.2025 01:00
      • Olimpiakos
      • 3:4
      • Real Madrid
      • 27.11.2025 01:00
      • PSJ
      • 5:3
      • Tottenhem
      • 27.11.2025 01:00
      • Sporting
      • 3:0
      • Bryugge
  • OChL-2
      • 27.11.2025 12:45
      • Makartur
      • 2:1
      • Tay Po
      • 27.11.2025 15:00
      • Istern
      • 0:5
      • Gamba Osaka
      • 27.11.2025 15:00
      • Ratchaburi
      • 2:0
      • Tep Han Nam Din
      • 27.11.2025 15:00
      • Poxang Stilers
      • 2:0
      • Pathum Yunayted
      • 27.11.2025 17:15
      • Kongan Hanoi
      • 2:1
      • Beyjing Guoan
      • 27.11.2025 17:15
      • Tampines Rovers
      • 5:3
      • Kaya–Iloilo
  • «A» Seriya
      • 29.11.2025 00:45
      • Komo
      • -:-
      • Sassuolo
      • 29.11.2025 19:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Verona
      • 29.11.2025 19:00
      • Parma
      • -:-
      • Udineze
      • 29.11.2025 22:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 29.11.2025 01:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Elche
      • 29.11.2025 18:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Osasuna
      • 29.11.2025 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Alaves
      • 29.11.2025 22:30
      • Levante
      • -:-
      • Atletik Bilbao
  • Superliga
      • 29.11.2025 15:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Dinamo
      • 29.11.2025 15:00
      • Navbahor
      • -:-
      • Paxtakor
      • 29.11.2025 15:00
      • Qizilqum
      • -:-
      • Sho‘rtan
  • APL
      • 29.11.2025 20:00
      • Brentford
      • -:-
      • Byornli
      • 29.11.2025 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Lids
      • 29.11.2025 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Bornmut
      • 29.11.2025 22:30
      • Everton
      • -:-
      • Nyukasl
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 13 32
2 Barselona 13 31
3 Vilyarreal 13 29
4 Atletiko 13 28
5 Betis 13 21
6 Espanyol 13 21
7 Xetafe 13 17
8 Atletik Bilbao 13 17
9 Real Sosyedad 13 16
10 Elche 13 16
11 Sevilya 13 16
12 Selta 13 16
13 Rayo Valyekano 13 16
14 Alaves 13 15
15 Valensiya 13 13
16 Malyorka 13 12
17 Osasuna 13 11
18 Jirona 13 11
19 Levante 13 9
20 Real Ovyedo 13 9

O'tgan o'yinlar.

13-тур Valensiya 1-0 Levante
13-тур Alaves 0-1 Selta
13-тур Barselona 4-0 Atletik Bilbao
13-тур Osasuna 1-3 Real Sosyedad
13-тур Vilyarreal 2-1 Malyorka
13-тур Real Ovyedo 0-0 Rayo Valyekano
13-тур Betis 1-1 Jirona
13-тур Xetafe 0-1 Atletiko
13-тур Elche 2-2 Real Madrid
13-тур Espanyol 2-1 Sevilya

Navbatdagi o'yinlar.

29/11/25 Xetafe - Elche
29/11/25 Malyorka - Osasuna
29/11/25 Barselona - Alaves
29/11/25 Levante - Atletik Bilbao
30/11/25 Atletiko - Real Ovyedo
30/11/25 Rayo Valyekano - Valensiya
30/11/25 Real Sosyedad - Vilyarreal
30/11/25 Sevilya - Betis
30/11/25 Selta - Espanyol
01/12/25 Jirona - Real Madrid

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futbol tarixiga sayohat: Axbor Imomxo‘jayevning yangi kitobi dunyo yuzini ko‘rdi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bugun O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida Axbor Imomxo‘jayevning “Asr futbolidagi asl qadrdonlarim” nomli kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taniqli futbol faxriysi, o‘zbek futbol sharhlovchiligi maktabining asoschilaridan biri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi, Respublika toifasidagi hakam, “Oltin qalam” milliy mukofoti laureati, xalq ta’lim a’lochisi Axbor Imomxo‘jayev ushbu kitobni o‘zbek futbolining 100 yilligiga bag‘ishlab chop etdi.

Taqdimot marosimida turli yillarda O‘zbekiston futbol federasiyasini boshqargan mutassaddilar Geliy Sogonov (XX asr 80-yillar), Abduhoshim Mutalov (1992-95 yillar), Zokirjon Almatov (1995-2005 yillar) va bugungi kunda Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov, shuningdek, MOQ hamda O‘FA rahbariyati va jamoasi, sport faxriylari, muallifning yaqinlari hamda hamkasblari, shuningdek, OAV vakillari ishtirok etishdi.

Ta’kidlash joiz, kitob Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi ko‘magi ostida nashrdan chiqdi. Unga kirish so‘zi MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov tomonidan yozilgan.

800 sahifadan iborat ushbu kitobda o‘zbek futboliga oid ko‘plab tarixiy materiallar, xotiralar, qiziqarli faktlarni ko‘rishimiz mumkin. Shuningdek, unda futbolimiz tarixida yorqin iz qoldirgan murabbiy, futbolchi, hakam, mutaxassis va sport jurnalisti sifatida faoliyat olib borgan mashhur insonlar haqida ham qator qimmatli ma’lumotlar uchraydi. Bu haqida tadbir davomida so‘zga chiqqan MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov alohida to‘xtalib o‘tdi.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi boshqaruviga kelgan dastlabki kunlarimdanoq Axbor ota bilan uchrashib, ularning 10 yildan ko‘proq vaqt davomida o‘zbek futboli tarixini o‘zida mujassam etgan katta kitob-ensiklopediya yozganlaridan xabar topgandim. Ochig‘i bundan juda ta’sirlangandim, chunki butun bir millat futboli xaqida kitob yozish, yosh avlodga o‘zbek futboliga poydevor qo‘ygan mutaxassislar xaqida hikoya qilib berish, ular nomini tarixga muxrlash har kimning ham qo‘lidan kelavermaydi. Bu juda katta mehnat, iroda, kuch-g‘ayrat va albatta vaqt talab qilishini barchamiz yaxshi tushunamiz. Shukrki, bugun ana shu kitob nashrdan chiqdi. O‘zbek futboli tarixida xali bu qadar katta, ensiklopedik xarakterga kitob chop etilmagandi va bu borada “Asr futbolidagi asl qadrdonlarim” kitobi birinchi bo‘ldi. Fursatdan foydalanib, Axbor otaga yurtimiz futbol ahliga ana shunday noyob adabiyot tortiq etganliklari, qolaversa qilgan mashaqqatli mehnatlari, o‘tkazgan uyqusiz tunlari uchun Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi nomidan chukur tashakkur izhor qilaman”, – dedi Umid Ahmadjonov.

Kitob “Yangi asr avlodi” nashriyoti tomonidan chop etilgan bo‘lib, uni futbol ensiklopediyasi deb ham atash mumkin. Unda siz hech qayerdan topolmaydigan noyob va qimmatli ma’lumotlarni uchratishingiz mumkin. Tadbirda ishtirok etgan nashriyot bosh direktori Erkin Abdurahmonov muallifning 12 yillik mehnat mahsuli o‘zbek sportining rivojiga ulkan xissa qo‘shishini aytib o‘tdi.

“Odatda sport sharhlovchilarida chiroyli nutq va so‘z boyligi ko‘p deyishadi. Ammo shunday paytlar bo‘ladiki, hayajon sabab so‘z topa olmaysan. Hozir aynan shunday vaziyatdaman. Yoshlik yillarimda, bir kun kelib o‘zbek futbolining rivojiga xissa qo‘shgan insonlarga o‘z minnatdorchiligimni izhor etgan holda ularga dastxatim tushirilgan kitob sovg‘a qilishni orzu qilardim. Bugun mana shu orzuyimga yetishmoqdaman. Xudo kuch-quvvat berib, sog‘ yursam, nafaqat futbol, balki san’atning opera yo‘nalishi haqida ham kitob yozmoqchiman. Bugun taqdimoti o‘tayotgan kitobim 1912 yildan boshlangan o‘zbek futboli tarixini o‘z ichiga oladi. Unda futbolimiz rivojiga xissa qo‘shgan 261 nafar shaxs tilga olib o‘tilgan. Fursatdan foydalanib, uning chop etilishida yordam bergan MOQ prezidenti va O‘FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonovga o‘z minnatdorchiligimni bildirib qolaman”, – dedi Axbor Imomxo‘jayev.

 

Taqdimot marosimining so‘ngida Axbor ota o‘zbek futbolining rivojiga qo‘shgan xissasi uchun bir qator faxriy insonlarga yangi nashrdan chiqqan kitobi va o‘zi tayyorlab kelgan esdalik sovg‘alarini taqdim qildi. Ana shunday sovg‘alar shuningdek, Birodar Abduraimov, Mirjalol Qosimov va Ravshan Ermatov kabi futbolimiz yulduzlariga ham nasib etdi.

Sportga bog‘liq mana shunday tadbirda ishtirok etganimdan mamnunman. Bu o‘zbek futboli uchun unutilmas kun. Boisi biz bilgan, biz sevgan Axbor ota Imomxo‘jayev o‘zbek futboliga oid yana bir katta kitobini taqdim qildilar. Tarixsiz kelajak yo‘q deyishganlaridek, yosh futbolchilarimiz o‘tmishdagi qahramonlari haqida ma’lumot olishlarida ushbu kitobning o‘rni beqiyos. Ustoz Axbor Imomxo‘jayevga ajoyib sovg‘a uchun tashakkur aytib qolmoqchiman. Albatta, bu kishi ijoddan to‘xtamay, charchamasdan, sog‘-omonlikda mana shunday noyob kitoblar ustida ish olib borishlarini xohlab qolardim”, – dedi Ravshan Ermatov.


Ta’kidlash lozimki, Axbor Rustamovich ushbu kitob ustida roppa rosa 12 yil ishladilar. O‘zbek futboli ensiklopediyasi, deb atash ham mumkin bo‘lgan mazkur adabiyotning chop etilishi nafaqat muallif hayoti, balki o‘zbek futboli tarixida ham muhim ahamiyatga ega. Taqdimot yakuniga yetgach, mehmonlar ushbu durdona kitobni xarid qilib, muallifning o‘zidan esdalik uchun dasxat qo‘ydirib olishdi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 15:55, 16.04.2019. O'qildi: 2164 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 13
2 Барселона Robert Levandovski 8
3 Барселона Ferran Torres 7
4 Атлетико Xulian Alvares 7
5 Леванте Karl Etta-Eyong 6
6 Мальорка Vedat Muriki 6
7 Эспаньол Pere Milya 5
8 Бетис Kucho Ernandes 5
9 Реал Мадрид Vinisius Junior 5
10 Сельта Borxa Iglesias 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.