Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Ayaks» bosh murabbiyi: kim o‘zi u?

Baho:
+1 | -
YEVROPA / Murabbiylar / Suratga chizgilar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Hozirda butun dunyoning e’tiborida turgan «Ayaks» klubi murabbiyi Erik ten Xag to‘g‘risida qiziq ma’lumotlarni sizlar bilan baham ko‘ramiz.

Futbolchilik davri mobaynida aytarli yutuqqa erisha olmagan qahramonimiz murabbiylikka katta ishtiyoq bilan kirishadi. U ishni 2006-yilda «Tventte» klubida murabbiy yordamchisi lavozimida boshlangan. Oradan 3 yil o‘tgach, Erik xuddi shu lavozimda ishlash uchun «PSV»dan taklif oladi…

2012-yildan qahramonimizning «yakkaxon» karyerasi start oladi. Eng qizig‘i shundaki, uning ilk klubi Gollandiya 2-dvizionidagi eng kichik byudjeti «Gou Ehed Iglz» jamoasi edi. Ten Xag butun boshli karyerasining kelajagini xavf ostiga qo‘yib bo‘lsa-da, ishga kirishadi. Jamoa 17 yildan beri oliy dvizionda harakat qilmagan, deyarli bo‘sh stadionda uy uchrashuvlarini o‘tkazar edi. Erik butun Gollandiyani hayratda qoldirgancha, birinchi mavsumning o‘zidayoq klubini oliy dvizionga olib chiqadi va yana bir bor hammani shok holatiga solgancha, klub postini tashlab, 2013-yilda Germaniyaga yo‘l oladi.

«Bavariya» klubi mutasaddilaridan biri, Mattias Zammer uni klub akademiyasida ishlashga taklif qiladi. Erikning u yerda ishlashdan asosiy maqsadi Gvardiolaning  o‘yin uslubini o‘zlashtirish ekanligini o‘sha damlarda qahramonimizdan bo‘lak hech kim bilmagan bo‘lsa, ajab emas…

U Gvardiolaning birorta mashg‘ulotlarini o‘tkazib yubormas, doim mashg‘ulot jarayonini kundalik daftarga yozib borar edi. Erik o‘z intervyularining birida shu mavzuda berilgan savolga quyidagicha javob qaytargan edi.

«Men Pepdan bir daqiqaga ham uzoqlashmas edim. Uning metodikasi meni hayratda qoldirar, u deyarli hamma narsani nazorat qilar edi. Futbolchilarning qo‘l telefondan foydalanmasligidan tortib, ovqatlanish vaqtigacha to‘liq nazoratda ushlab turar,  mashg‘ulotlarida kichik detallarni ham ko‘zdan qochirmas edi».

Ikki yil davom etgan «malaka oshirish» jarayonidan so‘ng, Erik Ten Xag o‘rganganlarini amalda sinab ko‘rish maqsadida 2015-yilda yana katta futbolga qaytadi. Uning navbatdagi jamoasi Gollandiyaning «Utrext» klubi bo‘ladi. U jamoaga kelgan kuniyoq revolyusiyani amalga oshiradi. Yangi murabbiylar shtabi tuziladi, raqiblarni o‘rganish uchun mutaxassislar ishga olinadi, futbolchilarning ovqatlanishi va o‘z vaqtida uxlashini nazorat ostiga olinadi.

Hammasi fantastik tezlikda o‘z samarasini beradi. Jamoa hujumkor futbol ko‘rsata boshlaydi. Muxlislarni stadionga qaytargan Ten Xag butunlay yangi uslubda ishlashda davom etadi. Oliy diviziondagi eng past byudjetli klub o‘sha mavsumda Gollandiya kubogi finaliga qadar yetib borgan bo‘lsa, ichki chempionatda 5-pog‘onani zabt etadi. Uning ajoyib murabbiylik ishlari uchun qatorasiga ikki mavsum Gollandiyaning eng yaxshi murabbiyi deb tan olishadi. U jamoa postiga kelgach, futbolchilarda keskin o‘sish kuzatiladi. Avvaliga uning qattiqqo‘llik bilan o‘tkazgan mashg‘ulotlaridan norozi bo‘lgan futbolchilar o‘z kuchiga ishona boshlaydi va tez orada omma e’tiboriga tushadi. Erik Ten Xag 2 yil davomida klub g‘aznasiga o‘z futbolchilarini sotish ortidan 15 million yevro ishlab beradi. 

Bunday yutuqlarga erishayotgan murabbiyni «Ayaks» o‘z jamoasiga taklif qiladi va adashmaydi…

«Ayaks»dagi hayotidan kichik lavha

Erik Ten Xag ilk kelgan kuniyoq futbolchilar bilan uzoq gaplashib o‘tiradi. Ularning hayoti, qizishlari, qanday musiqa eshitishigacha - hammasini kundalik daftariga yozib oladi. Bir hafta faqat tanishish bilan o‘tgan, deb eslaydi murabbiyning o‘zi ham. Futbolchilarning mehri va e’tiborini qozongan murabbiy sekin-astalik bilan mashg‘ulotlarni qiyinlashtirib boradi. 6 oy davom etgan dahshatli mashg‘ulotlardan charchagan futbolchilarning ayrimlari klub rahbarlariga arz ham qilishadi, biroq vaqt o‘tib o‘zlaridagi ijobiy o‘zgarishlarni sezib Ten Xag bergan vazifani ortig‘i bilan bajarishga kirishishadi…

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:47, 18.04.2019. O'qildi: 11132 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик