Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 11.06.2026 23:59
      • Meksika
      • -:-
      • JAR
      • 12.06.2026 07:00
      • Janubiy Koreya
      • -:-
      • Chexiya
      • 12.06.2026 23:59
      • Kanada
      • -:-
      • Bosniya-Gertsegovina
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Chexiya 0 0
2 Janubiy Koreya 0 0
3 JAR 0 0
4 Meksika 0 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 0 0
2 Kanada 0 0
3 Qatar 0 0
4 Shveysariya 0 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Braziliya 0 0
2 Gaiti 0 0
3 Marokash 0 0
4 Shotlandiya 0 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 0 0
2 Avstraliya 0 0
3 Paragvay 0 0
4 Turkiya 0 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ekvador 0 0
2 Germaniya 0 0
3 Kot-d'Ivuar 0 0
4 Kyurasao 0 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Niderlandiya 0 0
2 Shvesiya 0 0
3 Tunis 0 0
4 Yaponiya 0 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 0 0
2 Kabo-Verde 0 0
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

Navbatdagi o'yinlar.

11/06/26 Meksika - JAR
12/06/26 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06/26 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06/26 AQSh - Paragvay
13/06/26 Qatar - Shveysariya
14/06/26 Braziliya - Marokash
14/06/26 Gaiti - Shotlandiya
14/06/26 Avstraliya - Turkiya
14/06/26 Germaniya - Kyurasao
15/06/26 Niderlandiya - Yaponiya
15/06/26 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06/26 Shvesiya - Tunis
15/06/26 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Liverpul»ni osonlikcha taslim qilamiz deb o‘ylashdi» – Xayrulla Hamidov

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Har bir kambekning o‘z tarixi bor, to‘g‘ri. Biroq ularni bog‘lab turadigan qandaydir umumiy jihat ham bo‘lishi kerak-ku, to‘g‘rimi?

Topdim o‘zimcha: birorta kambekda ikki taraf zo‘r o‘ynamagan bo‘larkan, aniqrog‘i, bir taraf kuchli o‘yinini namoyish etsa-da, narigisi o‘ynamagan bo‘ladi ekan. Tengkurashlar natijasida kambekka erishib bo‘lmaydi ekan. G‘alaba qozongan klubdagi ishtiyoq raqibning o‘yinni topshirib qo‘yishga “tayyorligi”dan paydo bo‘larkan odatda.

1999 yilgi YECHL finali so‘nggi daqiqalarini eslang, “Bavariya” go‘yo o‘yin hal bo‘ldi, deb o‘ylagan, hujumlari samarasiz yakunlasa-da, befarqligicha MYUning kuchayishini kutardi. “Qizil iblislar” o‘yin davomida so‘nggi soniyalardagi voqeaga ishonqiramay harakat qilishgan, o‘yin tugashi oldidangina raqibning yutqazishga tayyor ruhiyatini anglab yetishgan, xolos.

2005 yilgi final ham shu. “Milan” ikkinchi bo‘limni bus-butkul tashlab yuborgan. “Liverpul”da shijoat o‘sha “tashlab yuborish”dan so‘ng boshlangan. Gol ketma-ket kiritilsa ham o‘ziga kelishni istamagan “Milan” qattiq jazolangani esingizda, albatta?!

2016 yilgi final. “Real” vakillari so‘nggi soniyalardagina hamshaharlari ko‘ziga yaxshilab tikilib qarashsa, ular tushkunlikka tushishgan, mag‘lubiyatga tayyor holdalar. Bo‘ldi, shundan so‘ng ishtiyoq uyg‘onadi-da...

2017 yilgi “Kamp nou”dagi 6:1. Dahshatli oqshomda “Barselona” darvozasiga PSJ tomonidan gol urilganda, kataloniyaliklarning o‘zlari ham endi mo‘jiza sodir bo‘lmaydi, deyishgan ekan. Biroq, raqibning ko‘zidagi o‘sha qo‘rquv, xavotir va yana allambalo tuyg‘ular Enrike shogirdlarini har ehtimolga qarshi oldinga undayvergan. Oxirgi daqiqalardagi 3ta gol “Barsa”ning supershijoati hisobiga emas, parijliklarning ruhan mag‘lublikka tayyorliklari hisobiga kiritilgan, deb o‘ylayman.

2018 yilgi “Roma”dan qabul qilingan kambekda ham bosh rolni rimliklar emas, kataloniyaliklarning o‘zlari o‘ynab berishgan. “Roma” qarayapti, “Barsa” o‘ynagisi kelmayapti, nega urib tashlamasligimiz kerak, deb ishlarini qilaverishgan, o‘yin oxiriga kelib tabloda 3:0 hisobi porlab qolgan.

Shu yilgi PSJ – MYU o‘yini ham shunaqa. Parijliklar mushuk sichqonni o‘ynab yegani singari oxirigacha o‘ta qaltis hisobda yugurmasdan o‘ynayverishdi. Oqibatda, eng yaxshi o‘yinlaridan birini-da o‘tkazmayotgan Manchester birgina hujumga o‘tib, yulduzlar fabrikasini jazolab qaytdi. O‘sha kecha MYU g‘alabani penaltidan gol urmaguncha ham o‘ylay oladigan holatda emasdi.

“Real”ning o‘z uyida “Ayaks”ga boy bergan bahsi ham shu jumladan. Raqibni borib uyida yengib qaytdingmi, o‘z uyingda bemalol o‘ynayver, degan qoida madridliklarning darsliklarida ko‘p o‘tilgan, shekilli, bu safar u yomon oqibatini berdi. Amsterdam bolalari fantastik o‘yin ko‘rsatishgandir, biroq, bu o‘yindagi muvaffaqiyat ko‘proq “Real”ning nursiz va samarasiz hujumlari hosilasi bo‘ldi.

Bugungi “Enfild” ertagida hamma Kloppni, “Liverpul”ni alqayotgan bo‘lsa-da, bu natijadagi asosiy yuk yana “Barselona”niki, desam, koyimang. Valverde shogirdlari bu kecha Saloh va Firminosiz “Liver”ni xotirjam yengamiz, deb kelishdi. Sobiq liverpulchi yulduzlar “Liverpul” emblemasi oldida rasmlarga tushishdi, o‘yinni bemalol o‘tkazish haqida o‘ylashdi. Afsuski, “Liverpul” yuqoridagi kambekchilardan farqli ravishda o‘zi shunaqa narsalarni ko‘proq xush ko‘radigan klub. Klopp yigitlari o‘zlariga berilgan vazifani zo‘r bajarishdi, shu bilan birgalikda raqibning qarshiligi mutlaqo kuzatilmagan kechada sodir bo‘lganini ham aytib o‘tsak...

Xulosa nima? Kambek bekorga sodir bo‘lmaydi, kambekda zaif xarakter egasigagina mag‘lub tomonda bo‘ladi. “Manchester Siti”ning “Tottenhem”ni yenga olmaganini tushungandirsiz endi? O‘sha oqshom londonliklar bizning formuladagi zaif tarafga tushmasdilar, “ManSiti”ning har bir goliga kerakli miqdorda gol bilan javob berayotgani uchun-da, jazolanmadilar.
Ikki jamoa yaxshi o‘ynaganida kambek degan narsa bo‘lmasligi kerak, xullas.

Xayrulla Hamidov

Manba: Stadion
Kiritildi: 09:04, 08.05.2019. O'qildi: 14549 marta. Fikrlar: 24 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик