Bugun 27 dekabr, 2025 yil, shanba.

  • APL
      • 27.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 27.12.2025 17:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 27.12.2025 20:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Brayton
      • 27.12.2025 20:00
      • Brentford
      • -:-
      • Bornmut
      • 27.12.2025 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Everton
      • 27.12.2025 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 27.12.2025 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Fulhem
      • 27.12.2025 22:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.12.2025 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Lids
      • 28.12.2025 21:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Tottenhem
  • «A» Seriya
      • 27.12.2025 16:30
      • Parma
      • -:-
      • Fiorentina
      • 27.12.2025 19:00
      • Lechche
      • -:-
      • Komo
      • 27.12.2025 19:00
      • Torino
      • -:-
      • Kalyari
      • 27.12.2025 22:00
      • Udineze
      • -:-
      • Lasio
      • 28.12.2025 00:45
      • Piza
      • -:-
      • Yuventus
      • 28.12.2025 16:30
      • Milan
      • -:-
      • Verona
      • 28.12.2025 19:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Napoli
      • 28.12.2025 22:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Sassuolo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 18 46
2 Real Madrid 18 42
3 Atletiko 18 37
4 Vilyarreal 16 35
5 Espanyol 17 33
6 Betis 17 28
7 Selta 17 23
8 Atletik Bilbao 18 23
9 Elche 17 22
10 Sevilya 17 20
11 Xetafe 17 20
12 Osasuna 17 18
13 Malyorka 17 18
14 Alaves 17 18
15 Rayo Valyekano 17 18
16 Real Sosyedad 17 17
17 Valensiya 17 16
18 Jirona 17 15
19 Real Ovyedo 17 11
20 Levante 16 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Hafta o‘yinlari anonsi: Angliyada kim chempion bo‘ladi?

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Yangiliklar
A A A

Yevrokuboklardagi ajoyib yarim finallardan so‘ng, yana ichki chempionatlarga qaytamiz. Bu hafta kuchli beshlikdagi so‘nggi ikki ligada ham chempion aniqlanishi mumkin.

ANGLIYA

Har ikki yevrokubokda ham ingliz jamoalari finalga chiqqanliklarini hisobga olsak, inglizcha to‘qnashuvlar davom etadi. Yakshanba kuni esa, navbatdagi Angliya chempionati nihoyasiga yetadi. Qiziq tarafi, mavsumning eng muhim savoliga hali ham javob topilmagan – chempion kim?

Atigi bir hafta oldin yil omadsizi deb tilga olingan «Liverpul» shunday otga chiqib oldiki, «Siti»ning birgina xatosi Klopp jamoasini eng muvaffaqiyatli yakunga yetaklashi mumkin. «Brayton»ga safar qiladigan Pep Gvardiola shogirdlari peshqadamlikni saqlab qolish va so‘nggi 7 yilda to‘rtinchi bor shohsupaga chiqish uchun g‘alaba qozonishlari shart. So‘nggi o‘yinlar «shaharliklar»ga ancha og‘ir kelayotganini hisobga olsak, bu oson bo‘lmaydi. Qizig‘i, «Byornli» bilan ham, «Lester»ga qarshi o‘yinda ham hal qiluvchi gollar yangi yulduzlar emas, eski gvardiya – Aguero va Kompani hisobiga yozildi. Yana bir muhim gol muallifi, agar bo‘lsa, kim bo‘larkin?

«Oling-oling»ga aylanib ketgan kuchli to‘rtlik uchun kurash esa deyarli hal bo‘ldi. «Manchester Yunayted» kelasi yilda Yevropa Ligasida to‘p surishi aniq bo‘lgan. Oxirgi tur arafasida beshinchi o‘rinda joylashgan «Arsenal»da YECHLga chiqish uchun yana ikkita imkoniyat bor. Birinchisi, ayni vaqtda APLning to‘rtinchi o‘rnida joylashgan «Tottenhem» so‘nggi turda «Everton»ga qarshi uy uchrashuvida to‘rt gol farqi bilan yutqazishi, «Arsenal» esa shuncha gol ustunligida safarda «Byornli»ni yutishi kerak bo‘ladi. Ikkinchisi, realroq, agar «kanonirlar» Yevropa Ligasi finalida YECHL yo‘llanmasini APL orqali qo‘lga kiritib bo‘lgan «Chelsi» ustidan g‘alaba qozonsa, APLdan beshinchi jamoa sifatida Yevropa Chempionlar Ligasida to‘p suradi.

Ligani tark etadigan jamoalar aniq bo‘lib ulgurgan – «Kardiff», «Fulhem», «Haddersfild».

ISPANIYA

Ispaniyada dastlabki uch o‘rin sohiblari o‘zgarmasa kerak. Faqat «Real» va «Atletiko»ning o‘rni almashishi mumkin, uning uchun Simeone shogirdlari ikki o‘yinni ham yutqazishi, «Real» esa ikki o‘yinni ham yutishi kerak bo‘ladi. Bunga ishonish qiyin.

Ammo Madridning uchinchi jamoasi – «Xetafe»da tarixda ilk marta YECHLda ishtirok etish imkoniyati bor. Madridliklar «Valensiya» va «Sevilya»ni uch ochkoga ortda qoldirgan holda, hozir to‘rtlikni band qilib turishibdi. Ammo jamoaning so‘nggi safari Barselonaga bo‘ladi. Kataloniyaliklar «Enfild»dagi «shapaloq»dan keyin, mavsumni tugatib qo‘ya qoladilarmi yoki chiroyli g‘alaba bilan muxlislardan uzr so‘raydilarmi, shudir masala. Faqat bu o‘yinda Luis Suares ishtirok etmasligi hozirdan ma’lum.

«Xetafe» bu o‘yinda hech bo‘lmasa bir ochko olishi shart. Shundagina, so‘nggi tur oldidan to‘rtinchi o‘rinni saqlab qolish imkoniyati o‘zida qoladi. «Xetafe» o‘zaro o‘yinlarda «Sevilya»dan ustun (0:2, 3:0), «Valensiya» bilan o‘zaro o‘yinlarda ortda qolgan (0:1, 0:0)

Turnir jadvalining quyi qismi esa juda «qaynayapti». Ligani tark etishi kerak bo‘lgan bir jamoa o‘rni uchun besh jamoa da’vogarlik qilmoqda. «Selta», «Vilyareal» va «Levante»da 40, «Valyadolid»da 38, «Jirona»da esa 37 ochko bor. Haqiqiy kurash Jironada bo‘lib o‘tadi. Maydon egalari «Levante»ni qabul qiladi. Bu o‘yindagi g‘alaba «Jirona»ni 18-o‘rindan yuqoriga olib chiqadi, sababi, Valensiyadagi o‘yin 2:2 hisobida yakunlangandi. Ya’ni, «Jirona» o‘zaro o‘yinlar natijasiga ko‘ra, «Levante»ni ortda qoldirish imkoniga ega.

ITALIYA

Italiyada yana uch tur bor va Yevropa Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini beruvchi o‘rinlar uchun kurash davom etmoqda. O‘tgan turda Rimda chiroyli g‘alaba qozonib, «Lasio»ni o‘yindan chiqarib yuborgan «Atalanta» tarixida ilk bor ushbu turnirda ishtirok etishga yaqin turibdi. Chempionlar Ligasiga Indzagi va Vyeri kabi yulduzlarni bergan bergamoliklar endi jamoa sifatida bu turnirni bezashlari mumkin. Buning uchun qolgan uch turda 7 ochko olish talab etiladi.

Qizig‘i, Kessiye va Bonaventura kabi futbolchilar faoliyatlarida keyingi bosqichga qadam qo‘yish uchun «Atalanta»dan «Milan»ga o‘tishgandi, lekin «Atalanta» milanliklardan oldinroq YECHL ishtirokchisiga aylanishi mumkin. «Atalanta»ni yaqindan ta’qib qilib kelayotgan jamoa aynan «Milan» va shuningdek, «Roma»dir.

GERMANIYA

Oxirgi ikki turda atigi bir ochko olgan dortmundliklar amalda chempionlik poygasidan chiqishdi. Endi «Borussiya» chempion bo‘lishi uchun qolgan ikki o‘yinni yutishdan tashqari, «Bavariya» har ikki o‘yinda ochko yo‘qotishi kerak bo‘ladi. Bunga esa ishonish qiyin. Bu turda «Leypsig»ga safar qiladigan Kovach shogirdlarida bu o‘yinda g‘alaba qozonib, muddatidan ilgari chempion bo‘lish imkoniyati bor. Bu «Bavariya» uchun qatorasiga 7-chempionlik bo‘ladi.  Bundesligada uchinchi o‘rinni naqd qilib qo‘ygan «Leypsig» mehmonlarga katta muammo tug‘dirishmasa kerak.

«Bavariya»ning g‘alabasini boshqa bir jamoa «Ayntraxt» ham xohlayotgani aniq. Sababi, frankfurtliklar so‘nggi turda aynan Myunxenga safar qilishadi va tabiiyki, u yerda vazifani bajarib bo‘lgan raqib bilan o‘ynash qulayroqdir. «Ayntraxt» kecha Yevropa Ligasi yarim finalining javob uchrashuvida «Chelsi»ga penaltilar seriyasida yutqazdi (1:1, 1:1, penaltilar bo‘yicha 3:4)) va YECHLga chiqish uchun qo‘shimcha imkoniyatdan mahrum bo‘ldi. Endi «Bayer» va Menxengladbaxning «Borussiya»si bilan birgalikda to‘rtinchi o‘rin uchun kurash olib borish lozim bo‘ladi.

BOSHQALAR

Fransiyada hammayoq tinch. Portugaliya Superligasi yakuniga ikki tur qolganda «Benfika» 2 ochkolik farq bilan peshqadam bo‘lib oldi va chempionatdagi oxirgi 5 o‘yinda 23 gol urib, hammasini yirik hisobdagi g‘alaba bilan yakunlagan «Benfika» uchun qolgan o‘yinlarni yutib, yana chempionga aylanishiga hech kim shubha qilmayapti.

Eng qiziq holat yana Turkiyada kuzatilmoqda. Mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning klubi sanaladigan «Istanbul Boshoqshehir» olti yildan beri katta pullar sarflab, kuchli tarkib yig‘ib oldi, ammo qatorasiga uchinchi marta 2-o‘rinda qolib ketish xavfi bor. O‘tgan yillardan farqli ravishda, bu safar barqaror ravishda jadvalni boshqarib borgan «Istanbul» o‘tgan o‘yinda Sivasda ochko yo‘qotdi va endi «Galatasaroy» 1-o‘ringa chiqib oldi. Bu safar peshqadamlar chigalyozdi qilib olishadi, bizni 19 may kuni superderbi kutib turibdi. Aynan o‘sha kuni, hozirda teng ochko jamg‘arib turgan «Istanbul» va «Galatasaroy» o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

O‘YINLAR

11 may. ATALANTA – Jenoa (18:00), BORUSSIYA D – Fortuna (18:30), Nyurnberg – BORUSSIYA M (18:30), Leypsig – BAVARIYA (18:30), BAYER – Shalke (18:30), Fiorentina – MILAN (23:30)

12 may. Brayton – MANCHESTER SITI (19:00), LIVERPUL – Vulverhempton (19:00), AYNTRAXT – Mayns (21:00), Atletik – SELTA (21:30), JIRONA – LEVANTE (21:30), VALENSIYA – Alaves (21:30), VILYAREAL – Eybar (21:30), BARSELONA – XETAFE (21:30), Atletiko – SEVILYA (21:30) ROMA – Yuventus (23:30).

Manba: KUN
Kiritildi: 11:02, 12.05.2019. O'qildi: 2299 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 18
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Барселона Rafinya 7
6 Бетис Kucho Ernandes 7
7 Атлетико Xulian Alvares 7
8 Барселона Lamin Yamal 7
9 Валенсия Ugo Duro 6
10 Эльче Rafa Mir 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.