Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • 5:1
      • Atletiko
  • «A» Seriya
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • 1:0
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • 1:0
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • 0:2
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • 1:4
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • 1:0
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • 1:2
      • Kalyari
      • 25.05.2026 00:45
      • Torino
      • 2:2
      • Yuventus
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • 0:3
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • 1:2
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • 2:0
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • 1:1
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • 1:2
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • 2:1
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • 1:0
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • 3:0
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xayrulla Hamidov maqolasi: «8-turdan keyingi xulosalarim»

Baho:
+ | -1
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Statistika
Rukn: Yangiliklar
A A A

Superligamizning navbatdagi tur o‘yinlari ham yomon o‘tmadi. Har holda, yettita o‘yinning ichida kutilmagani bor, kambeki bor, shiddatlisi bor va... kutilganlarini ham ko‘rdik. Reyting tabiiyki muhimlik darajasi bilan tuzilgan.

SURXON – BUXORO – 1:0:

JANUBNING UYG‘ONISHI

Ko‘pchilik shu natijani kutgan bo‘lsa-da, aslida termizlik futbolchilarning oxirgi natijalaridan kelib chiqsak, bu g‘alabaning vazni o‘ta og‘ir. Jamoa 7 apreldan buyon o‘z muxlislariga uch ochkolik natija taqdim etmay kelayotganini eslatish bilan kifoyalanmiz. O‘sha Jizzaxdagi fantastik o‘yin tasodif bo‘lgan-ov, degan fikr uyg‘onishi boshlangandiki, “Buxoro” mag‘lub etildi.

Superligamizning kayfiyati baribir zo‘r – birgina g‘alabadan so‘ng “Surxon” uchinchi o‘rinda borayotgan “Bunyodkor”dan bor yo‘g‘i bir ochko kam jamg‘argan holda, oltinchi o‘rinda bormoqda. Janubliklar mamlakatimiz chempioni bilan bo‘ladigan o‘yindan oldin “Qizilqum” bilan mehmonda, “Qo‘qon” bilan uyda o‘ynaydi, ochkolar g‘aznasini to‘ldirib qo‘yishga yaxshi imkoniyatlar...

“Buxoro”ning bugungi o‘yiniga, ochig‘i, nima deyishni bilmayapmiz. To‘plar nisbati degan tushunchani olib tashlasak, ayni damda Ashurmatov shogirdlari oxirgi o‘rinda borishmoqda, keyingi hafta balki "Dinamo" bilan vaziyatni o‘nglab olar, a, nima deysiz?!

SO‘G‘DIYONA – ANDIJON – 2:1:

KUTILGAN HODISA

Mazkur o‘yindagi natijani shaxsan men kutgan edim. Ulug‘bek Baqoyev klubga kelgach, jizzaxliklar ruhan o‘zgarishdi va o‘zlariga bo‘lgan ishochni tiklab olishdi. Baqoyev juda muhim pallada keldi o‘zi: Ilk o‘yini “Metallurg” bilan va yutsa bo‘ladigan klub. Buyog‘iga muxlislar “Paxtakor” va “Navbahor”dan uchralgan mag‘lubiyatlarni to‘g‘ri tushunib turishlari ham mumkin edi.

Ammo klubning “Andijon” bilan bo‘ladigan o‘yinda ochko yo‘qotishga haqqi yo‘q edi. Shunday bo‘lib chiqdi ham, endi Baqoyev shogirdlari iyunning oxirida “Loko” bilan bo‘ladigan uchrashuvga qadar o‘zi bilan teng klublar bilan bahs olib boradi va tabiiyki, muxlislar bu o‘yinlardan ko‘p-ko‘p ochkolar kutishmoqda: Olmaliqqa mehmon bo‘ladi, “Buxoro”ni qabul qiladi, Navoiyga boradi, qo‘qonliklarni kutib oladi. Necha ochkoga umid qilsa bo‘ladi, hurmatli jizzaxliklar?!
“Andijon”ning keyingi raqiblariga bir qarang-da endi: “Paxtakor”ni kutib olish va “Navbahor” stadionida “qaynash”... Sabr tilaymiz!

NASAF – QIZILQUM – 1:1:

QARSHIGA YAXSHIGINA QARSHILIK

Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari uch ochko egasi bo‘lishadi deb o‘ylagandim. Biroq, notekis o‘yin ko‘rsatayotgan navoiylik futbolchilar “Nasaf”ga yetarli qarshilik ko‘rsatishdi, qoyil. Natijada – ikki jamoaga ham ma’qul kelmaydigan durang! Ikkisi ham turnir jadvalida u qadar yuqorilay olishmadi, ammo tushib ham ketishmadi, shukr qilishsin.

Keyingi turda qarshilik yigitlarni Qo‘qon safari kutib turibdi, so‘ng “Lokomotiv” bilan uydagi bahs. “Qizilqum”da esa, taqvim endi osonlashadi: “Surxon”ni qabul qiladi, Samarqandga boradi, “So‘g‘diyona”ni kutib oladi va keyingina “Paxtakor” bilan o‘ynaydi. Navoiyliklarga ham o‘sha savol: Aktamov shogirdlaridan kamida necha ochko kutyapsizlar?!

BUNYODKOR – QO‘QON 1912 – 2:1

TAQVIMNING FARQI YO‘Q JAMOA

Ha, “Bunyodkor” yigitlari (bolalari) kayfiyati shunday. Akademiyadan chiqqan iqtidorlarning navbatdagi qurboni – “Qo‘qon 1912” jamoasi bo‘ldi. Vodiyliklar “Bunyodkor” bilan tengma teng o‘ynashdi va shuning o‘ziyoq ularga yaxshi natija...

“Qaldirg‘ochlar” ikki penaltidan kiritilgan gol evaziga yengishdi-ku, dersiz, ha, ko‘p fint ishlatadigan, ko‘p hujum qiladigan va ko‘proq raqib jarima maydonchasi ichida o‘ynaydigan jamoalar odatda boshqalarga qaraganda ko‘proq penalti ishlashadi-da. Majbur bo‘lib yiqitishadi. “Bunyodkor”ni to‘xtatib qolish shunday xun hisobiga amalga oshmoqda.

Abramov shogirdlaridan borib, keyingi turda kim bilan o‘ynaysizlar, deb so‘ralsa, bilishmasa ham kerak. Haqiqatan ham, ularga nima qizig‘i bor?! Ularni qabul qiladigan temiryo‘lchilar bilan bekobodliklar o‘ylashsin ko‘proq – bu bolalarni qo‘pollik ishlatmasdan boshqacharoq yo‘l bilan qanday to‘xtatib qolishni. Ishoning, shu o‘yin bilan keyingi ikki turdan so‘ng ham Abramov jamoasi uchinchi o‘rindagi joyini hech kimga bo‘shatmagan holda kulib tursa, men ajablanmayman.
Darvoqe, 11-turda rohatlanarkanmiz: “Bunyodkor” “Nasaf” bilan to‘qnash keladi. O‘h, ikki ajoyib uslubga ega yosh yigitlar o‘rtasidagi bahs mavsumning eng ajoyib o‘yiniga aylanib ketsa kerak.

DINAMO – AGMK – 1:0:

SAMARQANDNING QAL’ASI MUSTAHKAM

Ha, tarkibi pro-liga bo‘lib yotgan “Dinamo” o‘z muxlislarini xursand qilishda davom etmoqda. Davron Fayziyev qo‘l ostidagi kamtar masalliqdan ajoyib taom tayyorlamoqda.

Samarqandliklarni Samarqandda hech kim mag‘lub eta olmayapti. “Navbahor” bilan kechgan dramatik o‘yindan so‘ng jamoa Andijonda yana bir dramaga qo‘l urgan, biroq baribir muxlislariga anchadan buyon g‘alaba taqdim etmayotgandi. Jizzax mag‘lub etilgan oqshomdan keyingi qurbon – AGMK. Olmaliq jamoasi o‘ziga kela olmayapti. Oradagi bitta g‘alaba Qosimov shogirdlari kayfiyatini yaxshilamadi. “Bunyodkor” va “Nasaf”dan qabul qilingan zarba juda og‘ir kelgan, shekilli...

“Paxtakor” stadioniga borishdan avval AGMK “So‘g‘diyona”ni qabul qiladi va muxlislar shu o‘yindangina uch ochko umid qilib turgan bo‘lishsa, ajabmas.

“Dinamo” esa, “Loko” bilan bellashishdan avval Buxoroga boradi, “Qizilqumni” qabul qiladi va Qo‘qonda o‘ynaydi. Fayziyev mana shu o‘yinlardan besh-olti ochko tortib olsa kerak.

PAXTAKOR – NAVBAHOR – 2:2:

ENG ZO‘R TO‘QNASHUV

Eng zo‘r o‘yinni oxirida bermayotganimizga sabab bor, navbati kelganda aytamiz. Hozir esa, uchrashuvning o‘ziga to‘xtaladigan bo‘lsak, shunday bo‘lishi kutilgan edi: “Paxtakor” kuchliroq o‘yin ko‘rsatishi, “Navbahor” munosib javob berishi, muxlislar shovqin-suroni va hakamlar haqidagi qandaydir gap-so‘zlar...

Shaxsan men uchun Zokir Qodirov o‘yinni yomon boshqarmadi. To‘g‘ri, tizgin ba’zi vaziyatlarda qo‘lidan chiqib ketgandir, ammo “Paxtakor” stadionidagi bunday to‘qnashuvda kim ushlab tura oladi? Shuningdek, hakamning xato qarorlari o‘yin taqdiriga jiddiy ta’sir o‘tkazdi, deyolmayman. Penaltiga shubham yo‘q. Sariq kartochkalarni o‘z vaqtida berdi.

Aut... To‘g‘ri, yosh bola ham biladigan qoida. Biroq, bu qadar shovqinda insoniy faktor bilan ham xato qilishi mumkin. Ayniqsa, u golli vaziyatga aloqasi bo‘lmasa, jiddiy olish shartmas. Mayli, nima bo‘lganda ham Zokir Qodirov chetlatildi. O‘yin esa, muxlislar uchun turning ajib lahzalarini taqdim etdi.

“Navbahor”ning kambeki bizga YECHLdagi ingliz klublarini eslatib yubordi. Namanganlik futbolchilarni o‘sha kambekka undagan muxlislari bo‘ladi. Shularning haqqi-hurmati Kanchelskis shogirdlari irodali futbol ko‘rsata olishdi. Kasyan va O‘runov raqib jamoasi yulduzlari darajasida o‘ynab berishdi. Ochig‘ini aytganda, natija o‘yinga mos bo‘ldi. “Navbahor” hisobni tenglashtira olgani uchun ham yutqazishga haqqi yo‘q edi.

Keyingi turlarga qaraydigan bo‘lsak, “Navbahor” “Metallurg” bilan oson bo‘lmagan o‘yin o‘tkazadi va so‘ng vodiy derbisida “Andijon”ni qabul qiladi. Uydagi ikki o‘yinda katta sahnada yana namanganlik muxlislar, shubhasiz...

METALLURG – LOKOMOTIV – 0:0:

TEMIRYO‘LDAGI TO‘SIQ

Ha, “Lokomotiv” peshqadamning ochko yo‘qotganidan unumli foydalanishi kutilgan edi. Biroq, “Metallurg” doimgidek tishini ko‘rsatdi. Uchrashuvning bir soatini temiryo‘lchilar bir o‘yinchisiz o‘tkazishdi. Hisob ochilmadi natijada. Fyodorov shogirdlari “Paxtakor” bilan uch ochkolik farqni qisqartira olishmadi. Keyingi turlarda mamlakatimiz chempioni o‘yini bilan ko‘pchilikning suyuklisiga aylanib qolgan “Bunyodkor” va “Nasaf” bilan bahs yuritadi.

Bekobodliklar esa, Namanganga tashrif buyurishadi. Kanchelskis jamoasi bilan bir ochkolik farq borligini hisobga olsak, 9-turda ko‘proq o‘sha bahsga e’tiborimizni qaratamiz. Zo‘rroq o‘yinlar oldinda, shekilli?!

Kiritildi: 09:38, 13.05.2019. O'qildi: 10962 marta. Fikrlar: 12 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик