Bugun 3 yanvar, 2026 yil, shanba.

  • APL
      • 02.01.2026 01:00
      • Brentford
      • 0:0
      • Tottenhem
      • 02.01.2026 01:00
      • Sanderlend
      • 0:0
      • Manchester Siti
      • 03.01.2026 17:30
      • Aston Villa
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 03.01.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Byornli
      • 03.01.2026 20:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Vest Xem
      • 03.01.2026 22:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Arsenal
      • 04.01.2026 17:30
      • Lids
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 04.01.2026 20:00
      • Everton
      • -:-
      • Brentford
      • 04.01.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Liverpul
      • 04.01.2026 20:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 04.01.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Sanderlend
      • 04.01.2026 22:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Chelsi
  • «A» Seriya
      • 03.01.2026 00:45
      • Kalyari
      • 0:1
      • Milan
      • 03.01.2026 16:30
      • Komo
      • -:-
      • Udineze
      • 03.01.2026 19:00
      • Sassuolo
      • -:-
      • Parma
      • 03.01.2026 19:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Piza
      • 03.01.2026 22:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Lechche
      • 04.01.2026 00:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Roma
      • 04.01.2026 16:30
      • Lasio
      • -:-
      • Napoli
      • 04.01.2026 19:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Cremonese
      • 04.01.2026 22:00
      • Verona
      • -:-
      • Torino
  • La-liga
      • 03.01.2026 01:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Xetafe
      • 03.01.2026 18:00
      • Selta
      • -:-
      • Valensiya
      • 03.01.2026 20:15
      • Osasuna
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 03.01.2026 22:30
      • Elche
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 04.01.2026 01:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Barselona
      • 04.01.2026 18:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Levante
      • 04.01.2026 20:15
      • Real Madrid
      • -:-
      • Betis
      • 04.01.2026 22:30
      • Malyorka
      • -:-
      • Jirona
      • 04.01.2026 22:30
      • Alaves
      • -:-
      • Real Ovyedo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 19 45
2 Manchester Siti 19 41
3 Aston Villa 19 39
4 Liverpul 19 33
5 Chelsi 19 30
6 Man. Yunayted 19 30
7 Sanderlend 19 29
8 Everton 19 28
9 Brentford 19 27
10 Kristal Pelas 19 27
11 Fulhem 19 27
12 Tottenhem 19 26
13 Nyukasl 19 26
14 Brayton 19 25
15 Bornmut 19 23
16 Lids 19 21
17 Nottingem Forest 19 18
18 Vest Xem 19 14
19 Byornli 19 12
20 Vulverhempton 19 3

O'tgan o'yinlar.

19-тур Byornli 1-3 Nyukasl
19-тур Chelsi 2-2 Bornmut
19-тур Nottingem Forest 0-2 Everton
19-тур Vest Xem 2-2 Brayton
19-тур Arsenal 4-1 Aston Villa
19-тур Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton
19-тур Kristal Pelas 1-1 Fulhem
19-тур Liverpul 0-0 Lids
19-тур Brentford 0-0 Tottenhem
19-тур Sanderlend 0-0 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

03/01/26 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01/26 Brayton - Byornli
03/01/26 Vulverhempton - Vest Xem
03/01/26 Bornmut - Arsenal
04/01/26 Lids - Man. Yunayted
04/01/26 Tottenhem - Sanderlend
04/01/26 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01/26 Fulhem - Liverpul
04/01/26 Everton - Brentford
04/01/26 Manchester Siti - Chelsi

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Nima uchun APL klublari finalda?!

Baho:
+2 | -
YEVROPA
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bu mavsumdagi Yevro kuboklarning ikkisida ham finalda ingliz klublari to‘qnash kelishidan xabaringiz bor. Darhaqiqat, APL klublari so‘nggi yillarda sezilarli o‘sishga erishdi. Bugun aynan shu mavzu haqida qisqacha!

Kuchli Mutaxassislar

E’tibor bergan bo‘lsangiz  so‘nggi 10 yil davomida APL klublari o‘z uslubi bilan yutuqqa erishgan murabbiylarni o‘z bag‘riga chorlay boshladi. O‘rtamiyona «Nyukasl» va «Lester» klublarining murabbiylari istalgan top klubni boshqara oladigan darajada potensealga ega! Tumanli albion jamoalarining 20 ta klubining o‘yin uslubi bir-birinikidan tubdan farq qiladi va ularning har birida kuchli mutaxassisning imzozi yaqqol namoyon. Aynan kuchli mutaxassislar sababli  bu chempionatdan har qanday natijani kutish mumkin! APL Ronaldu, Messi, Ronalda, Neymar singari super yulduzlarga emas, o‘z o‘yin uslubiga va taktik uslubiga ega murabbiylarga e’tibor qaratish orqali ichki chempionatini murosasiz ko‘rinishga olib keldi. Bir tasavvur qilib ko‘ring-a, agar Messi Ispaniya chempionatidan ketadigan bo‘lsa, «La Liga»ga bo‘lgan qiziqish keskin pasayib ketadi. Aynan kuchli murabbiy faktori evaziga APL dunyoning eng shiddatli ligasi nomini qo‘lga kiritdi va bu nomni munosib himoya qilmoqda! Hozir APL da bir-birini takrorlamaydigan bir nechta o‘yin uslublari kurash olib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida futbolchilarning intelekti va jismonan o‘sishiga  xizmat qilmoqda.

Toza hakamlik, kelishilgan uchrashuvlarning yo‘qligi

Hozirda istalgan chempionatga nazar solmang hakamlar bilan bog‘liq katta-kichik muamollar ko‘zga tashlanaveradi. Hatto kuchli beshlik chempionatlarida ham har mavsumda nohaq hakamlik ortidan bir nechta hakamlarning jarimaga tortilishiga guvoh bo‘lganmiz va bo‘lmoqdamiz. Lekin  so‘nggi yillarda APL bundan mustasno. To‘g‘ri, bu yerda ham kichik xatolar bo‘lib turadi, ammo ularga tez kunda izoh beriladi yoki kerakli choralar ko‘riladi
Italiya futbolining faxriylaridan biri «Le Gazeta Della Sport» nashriga bergan intervyusida shunday degan edi: “Bilasizmi, o‘tgan asr so‘ngida va yangi asr boshida «Italiya A» seriyasining qadri juda baland edi. U  davrlarda bizning chempionatdagi futbolchilar so‘nggi mavsumlarini o‘ynab qo‘yish uchungina APLga ketishar va ular futbolni tark etganini ko‘pchilik bilmay ham qolar edi! Ular o‘z chempionati va klublarini kuchaytirish maqsadida kelishilgan uchrashuvlarga qarshi qattiq kurashishdi va odil hakamlikni yo‘lga qo‘yishdi. Biz esa, tobora kelishilgan uchrashuvlar girdobiga sho‘ng‘ib  boraverdik va cho‘kib ketdik…! Ular ichki chempionatning ganororlarini keskin ko‘tarishdi va hakamlardan toza va tomoshabop futbolni talab qilishdi. Bu o‘z samarisini berdi va APL klublari 2008-yilda YCHL finalida to‘qnash keldi. Agarda qaysi davlatning ikki klubi xalqaro turnirning finalida to‘qnash kelsa, bu o‘sha davlatning futboli to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganidan dalolat!” degan edi! Darhaqiqat, APL o‘z o‘yinlarida 100 foizlik shaffoflikni ta’minlab berdi va bu o‘z mahsulini uzoq kuttirmadi!
APL uchrashuvlariga bo‘lgan qizish qolgan chempionatlarinikiga nisbatan bir necha barobar ko‘tarilib ketdi va reytingda « NBA», «NHL» ligalarini ham ortda qoldirib  dunyoning eng murosasiz chempionati nomini qo‘lga kiritdi! Uning transliyasiya huquqining narxi yildan-yilga ko‘tarilib,  unga bo‘lgan qiziqish esa kundan-kunga oshib bormoqda!

Sodiq muxlislar

Angiliyada isteqomat qiladigan bir do‘stim bilan futbol haqida virtual suhbatlashib qoldik. U 3-dvizionda jon saqlash uchun kurash olib boradigan jamoaning ashaddiy muxlisi ekanligini faxr bilan aytib berardi. Yana aytishicha 3-dviziondagi jamoning fan klubida 20 mingdan ziyod muxlisi bor ekan! Klub stadioni 12 ming muxlisga mo‘ljallangan bo‘lib, fan klub a’zolari o‘yinlarni tik turib kuzatishar, uchrashuv qanday hisobda yakunlanishidan qati’y nazar futbolchilarni olqishlashlab turar ekan! To‘g‘risi, avvaliga ishongim kelmadi va Internetdan axborot yig‘ishga tushdim. Buni qarangki , hatto 4-dviziondagi klubning ham o‘z fan klubi va rasmiy internet sayti mavjud bo‘lib, klub o‘z futbolkalari va atributlarini sotishga mo‘ljallangan bir nechta do‘konga ham ega ekan! Britaniyada futbol tomosha qilish madaniy xordiq chiqarish deb hisoblanar, muxlislarning 67 foizi mavsum davomida o‘yinlarda ishtirok etish maqsadida abonament harid qilishar ekan. APL da uchrashuvlarning keskin bo‘lishi va futbolchilarning maydonda so‘nggi soniyalargacha kurash olib borishi uchun muxlislar o‘z klubini so‘nggi soniyagacha olqishlab turishadi!

Tezkor va jismoniy yetuk futbolchilar

Yuqorida aytilganidek APL da shunchaki o‘tkaziladigan uchrashuvlarning yo‘qligi sababli, futbolchilar har bir uchrashuvda katta kuch sarflashadi. Boz ustiga, tumanli albiyonda ba’zan haftasiga  2 ta uchrashuv o‘tishiga to‘g‘ri keladi va bu o‘yinlardagi har bir ochko suv va havodek muhimlik kasb etishidan xabaringiz bor. Aynan shu faktorlar evaziga bu chempionat o‘z futbolchilaridan jismoniy yetuklikni talab eta boshladi va bu APLda o‘ynashni istagan futbolchilar uchun birinchi raqamli vazifa bo‘lib xizmat qila boshaldi!

«Agar sening jamoangda 6 ta bo‘yi 190 sm atorifida bo‘lgan va 5 ta jismoniy baqquvat, atlet futbolchilaring bo‘lmasa, APLda biron nimaga erishish o‘ta mushkul!»
 J.Mouinyu

Yangi asr boshida «Manchester Yunayted» ustozi Ser Aleks APL klublari ichida birinchilardan bo‘lib to‘liq jismoniy futbol namoyish etishni boshladi va bu o‘z samarasini berdi! Fergi boboning jamoasi kimga qarshi maydonga tushishidan qati’y nazar o‘yining so‘nggi 20 daqiqaligida raqibni jarima maydonchasiga qamab tashlar va g‘alabani  ilib ketar edi. Aynan shu uslub evaziga Fergusson «Manchester Yunayted»ni APL dagi eng qudratli klubga aylantirdi va eng ko‘p chempionlikni qo‘lga kiritgan klublar orasida «Liverpul»ni quvib o‘tib , birinchi pog‘onaga chiqib oldi!  

«Boss bizni mashg‘ulotlardan so‘ng  jismonan o‘sishimiz uchun mashg‘ulot zalida shug‘ullanishimizni talab qilardi. Esimda, Rio va Krish hammadan ko‘proq shug‘ullanishar, qolgan yigitlar ham mashg‘ulot zalida soatlab qolib ketishar edi. Bora-bora bunday uslubni APLning boshqa klublari ham yo‘lga qo‘ydi, lekin bunday mashg‘ulotni birinchi biz boshlaganmiz!»
   Ves Braun

Kuchli va sog‘lom raqobat

Abromovich «Chelsi» tepasiga kelgach, APLdagi intiriga yanada kuchaydi va bir vaqtning o‘zida chempionlik uchun kurash olib boradigan klublarning soni 4 ta ga yetdi. Ko‘p o‘tmay, arab shayhlari tomonidan harid qilingan «Manchester Siti» kurashga qo‘shilgani yetmaginidek, Pochetino qo‘l ostiga o‘tgan «Tottenhem» ochiqchasiga chempionlik uchun kirishib ketdi. Hozirda hech qaysi ligada har mavsumda chempionlik uchun 6 ta klub kurash olib bormaydi. Bu raqobatning sog‘lom bo‘lishini ta’minlab bergan APL rahbarlari hakamlikning odilligini ta’minlashga katta urg‘u berdi va «Kim kuchli bo‘lsa, o‘sha klub chempionlikni qo‘lga kiritsin» shiori ostida ochiq siyosat yurgaza boshladi. Natijasini esa ko‘rib turganingizdek! Yuqori saviyaga va shafoflikka asoslangan chempionat rahbarlari klublar o‘rtasidagi raqobatning sog‘lom bo‘lishi uchun katta kuch sarflab bo‘lsada bir paytlar kuchli beshlikka zo‘rg‘a ilingan birinchilikni dunyoning eng shiddatli ligasiga aylantira olishdi!

Xulosa

Ingliz klublari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan tuzum evaziga o‘z chempionatlarini super darajaga ko‘tara olishdi va bu yutuqni yanada rivojlantirish borasida ishlashda davom etishyapti. Umid qilamizki, bu birinchilik o‘zining shiddatini hech qachon yo‘qotmaydi!

Y . U

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:17, 14.05.2019. O'qildi: 7816 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Борнмут Antuan Semenyo 9
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
5 Брайтон Denni Uelbek 8
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 8
7 Кристал Пэлас Jan-Filipp Mateta 8
8 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
9 Тоттенхэм Risharlison 7
10 Манчестер Сити Filip Foden 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.