Bugun 21 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 17 10 10 37
2 AQSh 10 12 7 29
3 Italiya 9 5 13 27
4 Niderlandiya 8 7 3 18
5 Germaniya 6 8 8 22
6 Fransiya 6 8 6 20
7 Shveysariya 6 6 5 17
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Real Sosyedad 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 25 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mitti qishloqning yorqin yulduzi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Xorijlik kasbdoshlarimizning quyidagi hikoyasi «Liverpul» hujum chizig‘ining keskir qilichlaridan biri - Sadio Manega bag‘ishlangan.

«Qizillar» muvaffaqiyatiga sezilarli hissa qo‘shayotgan bu futbolchi yashil maydondagi ijobiy fazilatlaridan tashqari, kundalik hayotda ham insoniy xislatlari bilan ajralib turadi. Qizig‘i, o‘zi Mersisayd klubi sharafini himoya qilishiga qaramasdan, «Barselona»ga befarq emas.

Vatani - Bambali

Sadio Mane Senegal janubidagi Bambali qishlog‘ida dunyoga keldi. 2000ga yaqin kishi istiqomat qiladigan bu mo‘’jaz go‘shada bo‘lajak futbolchining otasi mahalliy masjidning imomi bo‘lgani bois, o‘g‘lini Islom ruhida tarbiyaladi. Farzandi 11ga chiqqanida u olamdan o‘tdi. Biroq Sadio otasining pand-nasihatlarini e’tiborsiz qoldirmadi: har kuni besh mahal namoz o‘qiydi, imkoni bo‘lganida masjidga qatnaydi, spirtli ichimliklardan uzoqda yuradi va sulolasi udumlariga amal qiladi. Mane qadrdon qishlog‘idagi maktab va masjidni ta’mirlab berdi, bundan keyin ham eng yaqin qarindoshlari va sadoqatli muxlislari istiqomat qilayotgan tabarruk zamin obodligi yo‘lidagi xayrli ishlarini davom ettiradi. YECHLning o‘tgan yildagi finali arafasida Sadio 300 dona «Liverpul» futbolkalarini Bambalidagi hamqishloqlariga sovg‘a qilgandi. Hujumchi yozgi ta’tilni o‘z qishlog‘ida o‘tkazadi.

Futbolchi bo‘lish uchun uyini tark etdi

Bambali hayoti anchayin murakkab bo‘lib, Sadioning bolalik va o‘smirlik yillari sholipoya va yong‘oqzorlarda o‘tdi. Ishdan bo‘sh paytlarini esa Mane to‘p ortidan quvish bilan o‘tkazdi. O‘yinga u shunchalik berilib ketardiki, uyga kelganida cho‘milib olishga ham madori qolmasdi: kelardiyu, o‘zini o‘ringa tappa tashlardi.

Tabiiyki, ota-onasi o‘g‘lidagi kuchli qiziqishdan mamnun emasdi. Oxir-oqibat, o‘z orzusini ro‘yobga chiqarish maqsadida Sadio Dakarga qochib ketdi. Ammo bir haftadan keyin uni tutib olishdi va qishloqqa qaytarishdi. Shu voqeadan keyin Manening intilishiga hurmat bilan yondasha boshladilar: «Avval maktabni tamomla, keyin futbol bilan shug‘ullanaverasan». Shu tariqa Sadio Dakar akademiyasiga yo‘l oldi, keyin Fransiya, «Red Bull», «Sautgempton» va «Liverpul»dagi mehnatlari evaziga futbol jamoatchiligi e’tiborini qozondi.

«Bu yer Fransiya, u Yevropada, oyijon!»

Senegal poytaxtidagi «Jenerasyon Fut» akademiyasida tahsil olishi uchun Manega butun qishloq pul yiqqandi, ulkan shaharda yolg‘iz o‘zi qolganida esa futbol uning yorug‘ dunyodagi yakka-yu yagona bisotiga aylandi. Uyga borib-kelish uchun ko‘p vaqt va mablag‘ talab etilar, tez-tez sim qoqib turishga ham imkoniyat yetarli emasdi. Lekin bitta so‘zlashuvni Mane hech qachon unutmaydi: 17 yoshli akademiya tarbiyalanuvchisi Fransiyaning «Mets» klubidagi ko‘rikka taklif etilgan, ammo quvonchli xabarni ota-onasiga yetkazishning iloji bo‘lmagandi. Natijada hujumchi Fransiyada klub telefonidan uyiga qo‘ng‘iroq qildi:

- Salom, oyijon! Men Fransiyadaman!

- ?...

- Fransiya, Fransiya deyapman, u Yevropada joylashgan. Bilasizmi?

- Yana qanaqa Fransiya?! Meni laqillatma, sen Dakardasan.

- Yo‘q, oyi, men chindan ham Fransiyadaman...

Moskvaning «Spartak»iga kelishi mumkin edi

Ko‘pchilik «Spartak»da seleksiya ishlari yo‘q deydi - bo‘lmagan gap: «Liverpul» hujum chizig‘ining ikki yulduzi «qizil-oq» liboslilar safidan joy olishi mumkin edi. Albatta, bunaqa voqealar juda ko‘p, taniqli yulduzlarni qo‘lga kirita olmagani bilan har qanday jamoa maqtana oladi. Jumladan, o‘z vaqtida Sadio «Spartak»dan ajoyib taklif olganligini tasdiqlagandi. 2014 yilda yosh hujumchi «RB Zalsburg» safida to‘p surayotgan, rossiyaliklar esa oldingi chiziqni kuchaytirish uchun Mane va Promeslarni mo‘ljalga olishgandi. Gollandiya vakili bilan kelishish oson bo‘ldi, Sadio esa APLdan taklif olgach, Rossiya variantidan voz kechgandi. YECHLning avvalgi mavsumida senegallik hujumchi «Enfild»da «Spartak» darvozasini ikki bor ishg‘ol etgan, bahs esa «Liverpul»ning 7:0 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga yetgandi.

Kloppning erkatoyi

Suhbatlarning birida Yurgen Klopp Sadio Manening o‘yinlarini 2012 yildan beri kuzatib kelganligini ma’lum qilgandi. Senegallik hujumchi London Olimpiadasidagi ishtiroki orqali germaniyalik mutaxassis e’tiborini tortgan va uni Dortmundning «Borussiya»siga taklif etgandi. Murabbiy va shogird o‘rtasida o‘ziga xos munosabat shakllangan: zafarli onlarda samimiy maqtovlarini Sadiodan ayamaydi, lekin tanbehga loyiq to‘p surgan kezlarida zarracha bo‘lsada ayab o‘tirmaydi. Odatda, Klopp Manening maydondagi tanlagan pozisiyasiga e’tiroz bildiradi, boshqa jihatlari murabbiyni to‘la qoniqtiradi. Yurgennning fikricha, bu «mitti mashina» o‘zining yulduzlik maqomini to‘liq his eta oladigan bo‘lsa, yanada samaraliroq o‘ynaydi.

Masjiddagi insoniylik ibrati

«Liverpul»ning sentyabr oyida «Lester» ustidan erishgan g‘alabasidan keyin gollardan birining sohibi masjid xodimiga ko‘maklashayotgani haqida videolavha paydo bo‘ldi. Keyinchalik Sadio bunga quyidagicha izoh berdi: «Men musulmonman va har kuni besh mahal namoz o‘qiyman. Imkoni bo‘lganida ibodatimni masjidda ado etaman. Bir kuni u yerda ganalik do‘stimni uchratib qoldim va namozdan keyin choyga taklif etdim. O‘rtog‘im masjidning tahoratxonasini tartibga keltirishi lozim ekanligini aytib, uzr so‘radi. Men unga ko‘maklashib yubordim. Bor gap shu. Bu ishimizni bir notanish kishi telefonda suratga olayotganini ko‘rib qoldim va lavhani Internetga joylamaslikni iltimos qildim. U shunday qilmaslikka ont ichdi, ammo lavha bir kundan keyin ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi. Aslida buning biror-bir nojo‘ya jihati yo‘q, men u kishidan xafa emasman. Lekin masjidda biz amalga oshirgan ishimizni jamoatchilikka namoyish etish shart emasdi, deb hisoblayman. O‘zgalarga yordam berish - har bir mo‘minning burchi».

Sadio Mane - «Barselona» muxlisi?

YECHL yarim finalining «Kamp-Nou»-dagi dastlabki uchrashuvi arafasida kasbdoshlarimiz Sadio Mane bilan suhbatlashishdi. Muloqot mazmunidan ma’lum bo‘lishicha, hujumchi Kataloniya grandiga befarq emas ekan. Birinchidan, Mane bolalik paytidan «Barsa»ning o‘yinlarini kuzata boshlagan va «Kamp-Nou»ni hayratlanarli arena deb hisoblaydi. Ikkinchidan, o‘z «kumir»i - Ronaldinyoni yodga oldi: «Uning o‘yinlarini zavq-shavq bilan tomosha qilardim. Hozir ham uni hurmat qilaman. Ronaldinyodagi tabassum menda bo‘lganida bormi...» Uchinchidan, Filippe Koutinyo «Liverpul»dan «Barselona»ga yo‘l olganida unga havas bilan qaraganini ham tan olgandi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 17:12, 26.05.2019. O'qildi: 4230 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Вильярреал Jorj Mikautadze 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.