Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Terma jamoamizdagi kamchiliklar, Germaniyaning uchinchi divizionida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchi yoxud Ektor Kuper ishtirokidagi matbuot anjumani

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Milliy terma jamoa / Matbuot anjumanlari
Rukn: Yangiliklar
A A A

Ertaga bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston – KXDR terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini oldidan matbuot anjumani tashkil qilindi. Matbuot anjumanining ikkinchi qismida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper ishtirok etdi. U jurnalistlar savollariga javob berishdan oldin dastlab muxlislarga murojaat qildi.

 “Futbol muxlislari doimo jamoadan ijobiy natija talab qilishadi. Bu tabiiy hol. Butun dunyoda shunday.  Agar natija yaxshi bo‘lsa, jamoani maqtashadi. Agar yutqazib qo‘yilsa, hamma tanqid qilishga tushadi. Buni men to‘g‘ri tushunaman. Lekin sizlar ham bir narsani to‘g‘ri tushunishingizni istayman. Biz FIFA reytingida yuqori o‘rinlarda borayotgan terma jamoalar bilan o‘ynashga harakat qilmoqdamiz. Mart oyida Urugvay bilan o‘ynadik. Ular FIFA reytingida 7-o‘rinda borishayotgandi. Yaqinda Turkiyaga qarshi bahs olib bordik. Bu jamoaning saviyasi ham yuqori. Biz O‘FAdan ataylab mana shunday kuchli jamoalarga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil qilishni so‘ramoqdamiz. Sababi bu kabi o‘yinlarda kamchiliklarimizni ko‘rib olish, xatolarni tahlil qilish imkoniyati mavjud. Agar istasangiz FIFA reytingida 70-90 o‘rinlar orasidagi jamoalar bilan o‘ynab yuraveramiz. Bunday o‘yinlarda natijalar siz kutgandek ijobiy bo‘ladi. Lekin biz bunda o‘zimizni aldab yurgan bo‘lamiz.  Sentyabrda bizni rasmiy o‘yinlar kutib turibdi. Ana o‘sha o‘yinlarga qadar biz xatolarimizni ko‘rib, tahlil qilib olishimiz kerak. Shu sababli o‘rtoqlik o‘yinlaridagi natijalarga jiddiy ahamiyat qaratish kerak emas. Biz o‘zimiz tuzgan dastur asosida harakatlanyapmiz. Reja asosida oldinga intilmoqdamiz. Men uchun eng muhimi jamoada o‘zgarish bor. Jamoa a’zolarining kayfiyati yaxshi. Ular oldimizga qo‘yilgan vazifani uddalay olishimizga ishonishmoqda.

 Biz o‘rtoqlik o‘yinlari orqali himoyada tartib o‘rnatishga harakat qilyapmiz. Turkiyaga qarshi o‘yinda atigi uchta xatoga yo‘l qo‘ydik. Ikkita golni standart vaziyatdan o‘tkazib yubordik. Bu hozircha bizning asosiy kamchiligimiz bo‘lib turibdi. Bu kamchilikni bartaraf etish yo‘lida ish olib bormoqdamiz. Turkiyaga qarshi o‘yindan qoniqish hosil qilganimni aytib o‘tdim. Bu o‘yinda ba’zi futbolchilar debyut o‘yinlarini o‘tkazishdi. Shunga qaramay, ular o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishmadi. Tarkibga yangi jalb qilingan futbolchilarning o‘yinidan qoniqdim. Yana menga yoqqan ba’zi jihatlar bor. Lekin hozir bular haqida gapirib o‘tirmoqchi emasman.

Terma jamoaga qaysidir futbolchi jalb qilinmasa, bu juda ko‘p muhokamalarga sabab bo‘ladi. Biz barcha futbolchilarni kuzatib bormoqdamiz. Hattoki, Germaniyaning uchinchi divizionida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchi haqida ham bilamiz. Ammo hozircha hamma futbolchini tarkibga jalb qilishning ilojisi yo‘q. Terma jamoaga hamisha eng munosiblarni jalb qilishga harakat qilamiz”, - dedi Kuper.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:52, 06.06.2019. O'qildi: 13089 marta. Fikrlar: 27 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик