Bugun 16 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 7 18
2 Neftchi 7 18
3 Navbahor 7 15
4 Buxoro 7 14
5 Bunyodkor 7 13
6 Nasaf 7 12
7 Lokomotiv 7 11
8 Xorazm 7 9
9 Surxon 7 8
10 OKMK 7 8
11 Qo‘qon-1912 7 7
12 Dinamo 7 7
13 Qizilqum 7 6
14 Andijon 7 6
15 So‘g‘diyona 7 5
16 Mash’al 7 0

O'tgan o'yinlar.

7-тур Navbahor 2-0 Surxon
7-тур Dinamo 1-2 Lokomotiv
7-тур Andijon 1-2 OKMK
7-тур Nasaf 1-1 Buxoro
7-тур Paxtakor 2-1 Mash’al
7-тур Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
7-тур Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
7-тур Bunyodkor 0-1 Neftchi

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Lyubinko Drulovich: «Futbolchilar qanday raqibga qarshi maydonga tushishlarini yaxshi bilib turibdilar»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A
Xabaringiz bor, bugun O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Misr olimpiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Mazkur o‘yin oldidan terma jamoamiz bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Misr terma jamoasi Afrikadagi eng kuchli jamoalardan biri hisoblanadi. Shunday ekan, oldinda bizni kuchli raqibga qarshi qiziqarli uchrashuvlar kutib turibdi. Biz uchrashuvda ijobiy natijaga erishish uchun harakat qilamiz va umid qilamanki, stadionga yig‘ilgan muxlislarni xursand eta olamiz. Buning uchun esa andijonlik ishqibozlar ham jamoamizni faol tarzda qo‘llab-quvvatlashlariga ishonaman. Qolaversa, tarkibimizda ajoyib futbolchilar bor va ular o‘z vaqtida Osiyo chempioniga aylanishgan. Bunday raqibga qarshi bahsda o‘zlarini ko‘rsata oladilar, deb umid qilaman.   Umuman olganda, Misr terma jamoasi haqida ma’lumotlarga egamiz. Futbolchilarimiz ham ertaga qanday raqibga qarshi maydonga tushishlarini yaxshi bilib turibdilar. Biz Misrning o‘yinlarini jamoaviy tarzda ham ko‘rib, tahlil qilib chiqdik. Muxlislarni qiziqarli to‘qnashuv kutib turibdi.   Tarkibimizda yo‘qotishlar yo‘q emas. Bir qator futbolchilarimiz milliy terma jamoamizga chaqirilishgan bo‘lsa, Islom Kenjaboyev bilan Jasur Yaxshiboyevda jarohatlar bor. Albatta, tarkibimizda yangi nomlar ham yo‘q emas. Bu o‘yin esa ular uchun o‘zlarini ko‘rsatishga bo‘lgan imkoniyat. Olimpiya terma jamoasida o‘zini ko‘rsatgan o‘yinchilar milliy termaga ham jalb etilmoqdalar. O‘ylaymanki, tarkibimizdagi har bir o‘yinchi ham milliy termada to‘p surishni istaydi. Buning uchun esa ular o‘zlarini har tomonlama ko‘rsata olishlari lozim. Bu borada esa har bir futbolchimizda bunday imkoniyat bor. Oldimizda Osiyo chempionati musobaqasi turibdi. Asta-sekin ushbu musobaqaga tayyorgarlik ko‘rib boryapmiz. Hammasi rejamiz asosida davom etmoqda", - dedi  Lyubinko Drulovich.
Manba: UFA
Kiritildi: 09:35, 09.06.2019. O'qildi: 3056 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Doston Hamdamov 4
2 Нефтчи Stipe Perisa 4
3 Сурхон Chinedu Stefan 4
4 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 4
5 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 3
6 Нефтчи Alisher Odilov 3
7 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
8 Нефтчи Zoran Marushich 3
9 Пахтакор Flamarion 3
10 Сўғдиёна Feysal Mulich 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик