Xabaringiz bor, joriy yilning 22 iyun kuni O‘zbekiston Milliy terma jamoasisobiq bosh murabbiyi Samvel Babayan Toshkentning “Lokomotiv” klubi bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.
Babayan o‘sha kuni iste’foga chiqarilgan murabbiy Andrey Fyodorov o‘rniga keldi. Eslatib o‘tamiz, “Lokomotiv” klubi O‘zbekiston Superligasining 12-turida Samarqandning “Dinamo” klubiga imkoniyatni boy berib qo‘yganidan keyin Fyodorovga chiqish eshiklari ko‘rsatildi.
Ayni paytda “Lokomotiv” stadionining majlislar zalida klubning yangi murabbiyiishtirokida OAV uchun Matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
Unda ishtirok etayotgan Samvel Babayan “Lokomotiv” klubiga bosh murabbiy etib tayinlangani, uning qo‘l ostida O‘zbekiston Milliy terma jamoasining Jahon chempionatiga chiqa olmagani va Igor Sergeevning termada almashtirilmas o‘yinchi bo‘lgani haqida gapirib o‘tdi.
“Avvalo meni bosh murabbiy etib tayinlagani uchun “Lokomotiv” klubi rahbariyatiga alohida minnatdorlik izhor qilaman. Klub keyingi uch yildaO‘zbekistondagi eng kuchli jamoa ekanligini isbotladi. Klubda kuchli futbolchilaryig‘ilgan. Men ular bilan bir oilaga aylangan holda yaxshi natijalarga erishishga ishonaman.
O‘zbekiston Milliy terma jamoasining Jahon chempionatiga chiqishda omad yetishmadi. Janubiy Koreyada hech bo‘lmaganda durrangga erishganimizda biz mundialga borardik.
Hamma Igor Sergeevning termaga munosib emasligini aytgandi. Bilasizmi, u o‘z debyutini boshqa murabbiy qo‘l ostida nishonlagan. Sergeev o‘sha payt klubda juda yaxshi o‘ynayotgan edi. Koreyaga Bikmayev gol urganda u golli vaziyatni yaratgan edi, bun hozir hech kim eslamaydi” deb aytib o‘tdi Babayan.