Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 10 27
2 Paxtakor 10 25
3 Bunyodkor 10 19
4 Navbahor 10 19
5 Buxoro 10 17
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Qizilqum 10 13
10 Xorazm 10 13
11 Andijon 10 13
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Dinamo 10 8
15 Qo‘qon-1912 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf
10-тур Qizilqum 0-0 Xorazm
10-тур Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
10-тур Bunyodkor 2-1 Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Baho:
+-1 | -
YEVROPA / Transferlar / Taxminlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ushbu rukndagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirib borishda davom etamiz.

«Arsenal» «Olimpiyakos» futbolchisini nishonga oldi

London klubi bu yilgi mavsumda transferlar uchun katta mablag‘ ajratmaganidan xabaringiz bor. Jamoa endilikda Gresiyaning «Olimpiyakos» klubi himoyachisi Papi Abu Sisse borasida muzokaralarni boshlash arafasida turibdi.
“Klub o‘z ish uslubini tubdan o‘zgartirib, «Tottenhem» singari siyosat yuritishni boshlamoqchi”,- deb xabar bermoqda «Dail Maily» nashri.
23 yoshlik senegallik futbolchining transfer narxi 10 million yevroga baholanmoqda. «Arsenal» klubi Loran Koselni va Mustafini o‘rnini bosa oladigan iqtidorli futbolchi izlamoqda. Nomdor himoyachilarni harid qilish uchun esa  jamoa byudjetida mablag‘ yo‘q. Shu sababli «to‘pchilar» o‘rtamiyona futbolchilar yordamida top klub nomini ushlab qolish niyatida

«Liverpulm» Koutinioni ortga qaytarmoqchi

Angiliya klubi «Barselona» jamoasi yarim himoyachisi Koutinioni ortga qaytarish borasida ilk harakatlarni boshladi. Unga ko‘ra, «qizillar» «Barselona» futbolchisini 2 mavsumga sotib olish sharti bilan ijaraga olish niyatida. Unga ko‘ra  2 yildan so‘ng «Barselona» o‘z futbolchisi uchun 88 million funt sterling oladi.
Bunday taklif «Barsa»ni mutloq qoniqtirmadi va jamoa rahbaralri «PSJ»ning taklifini kutishmoqda. Agarda «PSJ» futbolchi uchun 100 million yevro to‘lasa, Koutino Parijga yo‘l oladi. Hozircha braziliyalik futbolchi uchun boshqa takliflar yo‘q.

«Bavariya» Sanedan voz kechdi

Myunhen klubi «Man Siti» hujumchisi Leroy Sane borasida «shaharliklar»ga bir necha bor taklif jo‘natgan bo‘lsada, o‘z niyatiga yeta olmaganidan xabaringiz bor. Shu kunlarda ikki tomon o‘rtasida futbolchining kelajagi borasida yakuniy suhbat bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, germaniyalik futbolchi uchun «Bavariya» 100 million funt sterling to‘lay olsa, rasmiy muzokaralar boshlanishi e’lon qilindi.
Voqealar rivojining bunday tus olishini kutmagan «Bavariya» mutasaddilari Sane transferidan voz kechdi. Klub matbuot xizmati esa jamoaning asosiy transfer nishoni deya  Hudson Odoi va Yannik Karaskoni  rasman e’lon qildi.

8 – avgustgacha

«Manchester Yunayted» Pogba borasida o‘zining yakuniy qarorini e’lon qildi. Unga ko‘ra, fransiyalik futbolchini sotib olishni istagan klublar 8 – avgustga qadar ulgurishlari zarur. Aks xolda jamoa futbochini undan so‘ng sotmaydi.
Gap shundaki, APLda 8 – avgust transfer oynasining so‘nggi kuni hisoblanadi. Agarda belgilangan sanadan so‘ng futbolchi sotilsa, uning o‘rnini bosa oladigan boshqa futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishning iloji yo‘q. Shu sabab «qizil iblislar» o‘z futbolchisini harid qilishni istagan klublar 8 - avgustga qadar ulgurib qolishi kerak ekanligini rasman e’lon qildi.
Shuningdek, «klub Pogbaning yakuniy narxini e’lon qildi. Unga ko‘ra amaldagi jahon championini qo‘lga kiritishni istagan klub 150 million funt sterlingni bahridan o‘tishi zarur», – deb xabar bermoqda «Mirror» nashri.
Ma’lumot uchun, o‘z vaqtida «Real Madrid» 2012-yilda Luka Modrichni 27 – avgust sanasida xarid qilgan bo‘lsa, oradan bir yil o‘tib 31 avgust kuni Garet Beylni sotib olgan edi. Oqibatda «Tottenhem» mavsum davomida juda qiyin ahvolda qolganini ko‘p bor OAV orqali bayon qilgan edi.

Kuarejma APLda to‘p surishdan bosh tortdi

Portugaliyalik futbolchi bilan «Vulverxempton» klubi jiddiy qiziqib qolganiga qaramasdan, Rikardo Kurajma o‘z jamoasida qolishni afzal ko‘rdi. Ma’lumotlarga qaraganda futbolchi uchun inglizlar moliyaviy qulay shartnoma taklif qilishgan bo‘lsada, 35 yoshlik futbolchi yana bir mavsum Turkiyada qolishni istagan.
Futbolchini o‘z safida ko‘rishni istagan bir nechta klublar davralar oraligida futbolchini tekinga qo‘lga kiritishga urinib ko‘rishadi. Ular orasida Shvetsariya, Portugaliya va Italiya klublari mavjud.

Pochetino Erikson borasida bayonot berdi

«Tottenhem» klubining argentinalik ustozi futbolchining kelajagi borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Umid qilmanki, u biz bilan qoladi. Kristian ajoyib futbolchi. U dunyodagi eng iqtidorli o‘yinchilar sirasiga kiradi. U bilan birga 5 yildan beri mehnat qilib kelyapmiz. Men uni yaxshi bilaman. U albatta yangi shartnomaga qo‘l qo‘yadi. Men faqat umid qila olaman. Unga bo‘lgan qiziqish katta bo‘lgani uchun oldindan hech narsa deya olmayman. Hozirda u borasida tushgan takliflarni ko‘rib chiqyapmiz. Erikson biz bilan qolsa, bundan boshim osmonga yetgan bo‘lar edi, lekin afuski uni qoladi deb ayta olmayman

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:12, 15.07.2019. O'qildi: 17420 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Сурхон Chinedu Stefan 6
4 Нефтчи Stipe Perisa 5
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 4
8 Нефтчи Zoran Marushich 4
9 Бухоро Sherzod Esanov 4
10 Пахтакор Flamarion 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик