Bugun 29 mart, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 29 73
2 Real Madrid 29 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 29 57
5 Betis 29 44
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 29 38
8 Xetafe 29 38
9 Atletik Bilbao 29 38
10 Osasuna 29 37
11 Espanyol 29 37
12 Valensiya 29 35
13 Jirona 29 34
14 Rayo Valyekano 29 32
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Elche 29 29
18 Malyorka 29 28
19 Levante 29 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

Navbatdagi o'yinlar.

04/04/26 Rayo Valyekano - Elche
04/04/26 Real Sosyedad - Levante
04/04/26 Malyorka - Real Madrid
04/04/26 Betis - Espanyol
05/04/26 Atletiko - Barselona
05/04/26 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04/26 Valensiya - Selta
05/04/26 Real Ovyedo - Sevilya
06/04/26 Alaves - Osasuna
07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Buffon ko‘plab sirlarni oshkor qildi

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bundan bir necha kun avval Luis Suarez bilan maroqli suhbatni e’tiboringizga taqdim etgan edik. Endigi suhbatdoshimiz futbol olamining tirik afsonasi Janluijji Buffon bo‘ladi. Bugun Jiji bilan suhbat davomida futbolchining siz bilmagan qirralari ochilsa, ajab emas.

Sen sportchilar oilasida tavallud topgansan. Shu haqida to‘xtalib o‘tsang

Ota – onam professional sportchilar. Opalarim volleybol bilan anchadan beri shug‘ullanishmoqda. Ulardan biri hattoki volleybol bo‘yicha YCHL g‘olibligini ham qo‘lga kiritgan. Men oilada eng kichigi bo‘lganim uchun ularga o‘xshashga intilib yashagan bo‘lsam kerak.

Sen katta futboldagi debyut uchrashuvingni  «Milan»ga qarshi «Parma» safida o‘tkazgan eding. Adashmasam, o‘sha paytda 17 yosh bo‘lsang ham to‘p o‘tkazib yubormaganding?!

90 – yillarda «Parma» Italiyaning eng kuchli klublaridan biri edi. 10 yil davomida bu jamoa 2 bor UEFA kubogini, bir bor super kubokni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
O‘sha uchrashuv biz uchun juda muhim edi. Sababi, turnirdagi yetakchilik uchun aynan «Milan» bilan bahslashayotgan edik. Ularning tarkibida   Savichivich, Maldini, Badjo singari super yulduzlar to‘p surar edi. O‘sha uchrashuv boshlanishidan avval menga asosiy tarkibda maydonga tushishim haqida aytishganida sira qo‘rqmadim. Ishonasanmi, bunday imkoniyat paydo bo‘lganidan quvonib ketdim. Ichimda: «Mana Buffonni butun dunyoga tanitish imkoni mavjud» deb kulib qo‘ydim. Uchrashuvning xayajonini quvonch to‘liq yopib tashlagani shundoqqina yodimda qolgan. O‘sha uchrashuvda o‘z darvozam dahlsizligini saqlab qolgan edim. Bu o‘yin mening hayotimni keskin o‘zgartirib yuborgan desam, adashmagan bo‘laman.

Terma jamoa haqida…

19 yoshga to‘lgan paytimda terma jamoadan chaqiruv oldim. Bu men uchun yangilik bo‘lmay qoldi. Men termaning 3 – darvozaboniman va menga deyarli o‘ynash imkonini berishmaydi. Esimda bor  Rossiyaga qarshi bahsda ishtirok etish uchun Moskvaga yetib bordik. 98 – yildagi JCH uchun saralash uchrashuvlari edi.
O‘yinning 25 – daqiqasida asosiy darvozabon tizzasidan jarohat oldi va o‘zini almashtirishlarini so‘radi. Avvaliga yosh bolalardek xursand bo‘lib ketdim. Keyin murabbiy maydonga tushishmni buyurganida biroz qo‘rqdim. Sababi, maydon to‘liq qor bilan qoplangan va bu uchrashuv biz uchun juda muhim edi. Men maydonga tushishim bilan o‘zimni qo‘lga oldim va jamoam uchun sovuqqonlik bilan o‘ynay boshladim. Eng qizig‘I men maydonga tushgan  zahotim ruslarda ajoyib imkoniyat bo‘ldi, men esa chap qo‘lim bilan seyf amalga oshirib muqarrar goldan qutulib qoldim. Aynan shu voqea o‘yinga to‘liq kirishib ketishimni ta’minlab berdi.

2006 – yil Germaniyada bo‘lib o‘tgan mundial haqida

Germaniyadagi JCH fantasik ruhda o‘tgan edi. Gap bizning chempion bo‘lganimizda emas, Germaniyada bizni italiyaliklar juda yaxshi qo‘llab – quvvatlagan edi. Biz o‘zimizni huddi uyda o‘ynayotgandek  his qilgan edik. Ayniqsa, yarim finalda Germaniyaga qarshi kechgan bahsni xotirlasam, yuragim tez urib ketadi. Bilasizmi, o‘sha uchrashuv hayotimdagi eng katta bosimda o‘tgani bilan yodimda qolgan. Hozir yoshim qirqdan o‘tgan bir paytda o‘sha bosimni ko‘tara olmasligim aniq. Biz nemislarga qarshi kechgan bahsda so‘nggi daqiqalargacha kurashgan edik. Mezbonlar ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng mehmonxona eshigi tagida bizni 10 ming muxlis kutib olgan va final uchrashuvida bizga omad tilagan edi. Ishonasizmi, Germaniyaga qarshi bahsdan so‘ng biz juda xotirjam edik. Xuddi JCHni yutib bo‘lgandek, ko‘ngillarimizda sokinlik bor edi. Shu o‘rinda bir sirni ochaman. Biz mehmonxonaga qaytgach final uchrashuvi haqida bosh qotirish o‘rniga finalga chiqqanimizni nishonlaganmiz. O‘yin-kulgi chinakam bayramga ulanib ketgan edi.

Bundan yomoni bo‘lmasa kerak, shunchalar o‘z kuchiga ishongan jamoa edimi Italiya?

Bu axmoqlik edi. Shunday bo‘lsada, yigitlar g‘alaba qozonishga juda ishonib qolishgan, o‘sha paytda dunyo terma jamoasi bizga qarshilik qilganida ham ularni ham yenggan bo‘lar edik. Germaniyaga qarshi bahs oldidan 8 soat uhlab olgan bo‘lsam, final oldidan atigi 2 soat uhlagan edim. O‘sha kuni menga noqulayroq yotoq tushib qolganmidi, to‘g‘risi hozir yodimda yo‘q. Hazillashdim ( kuladi )! Qanday qilib JCH finali oldidan ko‘zga uyqu kelishi mumkin?! Eng kuchli inson ham bosimni yengib o‘tish uchun qo‘lidan kelganicha harakat qiladi…
Ishonasizmi, final o‘yinida deyarli asabiylashmadim. Ichimdan bir ovoz finalda g‘alaba qozonishimizni aytib  turar edi va shunday ham bo‘ldi. Mundial g‘olibligidan so‘ng bizni hech narsa quvontirmay qo‘ydi. Yigitlar shu qadar katta quvonchni boshdan o‘tkazdishdiki, boshqa hech qanday yutuq ularni xursand qila olmasdi. Shaxsan men shunday hislarni boshdan kechirdim…

Italiya terma jamoasi  songgi JCHga chiqa olmadi. Buning sababi nima deb o‘ylaysan?

Bilasanmi, menimcha nimadir notog‘ri ketmoqda. Sababi, Italiyada iqtidorli yigitlar yo‘q ekanligiga ishonmayman. Ba’zan bu avlodni juda kuchsiz deb atashlaridan hayron qolaman. Men terma jamoada to‘p surishni boshlagan paytlarimda Totti, Badjo, Inzagi, Maldini, Viyeri singari super yulduzlar to‘p surar edi. So‘nggi 5-10 yil ichida Italiyada iqtidorli yigitlar to‘p surdi. Jamoamiz ham kuchli futbolchilardan tashkil topgan edi, biroq bizga ekstraklass futbolchilar yetishmadi. Eng muhim pallada o‘yinni o‘ziga ola biladigan, hech narsadan cho‘chimay panenko uslubida penalti tepa oladigan super iqtidorlar bizga yetishmadi. Shunday bo‘lsada, 2012 – yilda finalda o‘ynadik. Bu hammaning yodidan ko‘tarilib ketgan bo‘lsa, ajab emas. Italiya terma jamoasida to‘p suruvchi futbolchilarning barchasi ustida millat libosi ekanligini chuqur his qilgani uchun ham biz maydonda ikki hissa kuch bilan harakat qildik. Afsuski, yuqorida aytganimdek yulduzlarsiz tarkib bilan ko‘zlagan maqsadimizga erisha olmadik.

Hozirda «A seriya» ning saviyasi «La Liga» va «APL»nikidan qanchalar orqada? YCHL g‘olibligi uchun «Yuventus»dan boshqa klub nima uchun kurasha olmayapti?

Bilasanmi, menimcha bizning chempionat biroz kuchsizroq, lekin shunday bo‘lsada, muammo bunda emas. Masalan, Fransiya terma jamoasini olaylik. Ularning 90 foiz futbolchilari super klublarda to‘p surad. Aynan shu sababli terma jamoa Rossiyada bo‘lib o‘tgan mundilada g‘olib chiqdi. Mana muammo nimada: bizning chempionat kuchsiz emas, bizning futbolchilar kuchli klublarda to‘p surmay qo‘ydi. Hozirda Verattini inobatga olmasak, birorta super klubda italiyalik futbolchining o‘zi yo‘q! Bizda iqtidorlar bor, lekin ular «Yuventus» darajasidan uyog‘iga o‘tishni istashmayapti.

«Yuventus» «B seriya»ga tushib ketganida nima uchun boshqa klubga o‘tmading? Senda YECHLni yutish imkoni bor ediku?

Agarda vaqt meni ortga qaytarsa, men yana jon deb «B seriya»da to‘p surgan bo‘lar edim. Men hamma futbolchilarga qarata shunday degim keladi: Futbolda puldan muhimroq narsalar mavjud. Erkaklik g‘ururi, muxlislarning hursandchiligi, jamoaga sodiqlik singari hislatlarni hech qanday pulga sotib olishning iloji yo‘q. Biz «B seriya» g‘olibi bo‘lgan yilimiz juda quvnoq o‘tgan. Keyin oliy dvizionda bitta kumush, keyingi mavsumda bronza medallarga ega chiqdik. So‘ngra, birdan bizni g‘oliblik ruhi tark etdi. Ishlash uchun maqsadimiz qolmagandek edi go‘yo. Yigitlarda ertangi kunga bo‘lgan ishonch keskin pasayib ketdi va biz mavsumni 7 – o‘rinda yakunladik. Biz «A seriya»ga chiqqanimzdan 6 yil o‘tibgina «skudetto»ga ega chiqdik. Uni qo‘lim bilan ko‘kka ko‘tarar ekanman, o‘zim ham qo‘shilib uchib ketgandek bo‘ldim…
Doimo YECHLda to‘p surib yuruvchi jamoaning birdaniga hamma narsadan ayrilishi bizga og‘ir ta’sir qilgan edi. Shunday bo‘lsada, hammasini yengib o‘tdik va hozirda «Yuventus» Yevropaning grand klubiga aylandi.

Sen doimo ko‘plab grandlarning e’tiboridagi darvozabon bo‘lgansan. O‘sha qiyin 6 yil davomida nega boshqa klubga o‘tib ketmading?

Intervyuning davomini saytimizda o‘qishingiz mumkin.

Yahyoxo'ja Ulug'xo'jayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:41, 19.07.2019. O'qildi: 10049 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Барселона Rafinya 11
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик