Bugun 15 yanvar, 2026 yil, payshanba.

  • AFC U-23
      • 14.01.2026 16:30
      • Iroq
      • 1:2
      • Avstraliya
      • 14.01.2026 16:30
      • Tailand
      • 0:0
      • Xitoy
      • 16.01.2026 16:30
      • Yaponiya
      • -:-
      • Iordaniya
      • 16.01.2026 20:30
      • Vyetnam
      • -:-
      • BAA
  • «A» Seriya
      • 14.01.2026 22:30
      • Napoli
      • -:-
      • Parma
      • 15.01.2026 00:45
      • Inter
      • -:-
      • Lechche
      • 15.01.2026 22:30
      • Verona
      • -:-
      • Bolonya
      • 16.01.2026 00:45
      • Komo
      • -:-
      • Milan
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Vyetnam 3 9
2 Iordaniya 3 6
3 Saudiya Arabistoni 3 3
4 Qirg‘iziston 3 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Yaponiya 3 9
2 BAA 3 4
3 Suriya 3 4
4 Qatar 3 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 O‘zbekiston 3 7
2 Janubiy Koreya 3 4
3 Livan 3 3
4 Eron 3 2

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 Avstraliya 3 6
2 Xitoy 3 5
3 Iroq 3 2
4 Tailand 3 2

O'tgan o'yinlar.

3-тур Saudiya Arabistoni 0-1 Vyetnam
3-тур Iordaniya 1-0 Qirg‘iziston
3-тур O‘zbekiston 2-0 Janubiy Koreya
3-тур Eron 0-1 Livan
3-тур Yaponiya 2-0 Qatar
3-тур BAA 1-1 Suriya
3-тур Iroq 1-2 Avstraliya
3-тур Tailand 0-0 Xitoy

Navbatdagi o'yinlar.

16/01/26 Yaponiya - Iordaniya
16/01/26 Vyetnam - BAA
17/01/26 O‘zbekiston - Xitoy
17/01/26 Avstraliya - Janubiy Koreya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Jahon chempionati, Chempionlar ligasi uchun futbol to‘plari O‘zbekistonda ishlab chiqariladi

Baho:
+1 | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekistonda FIFA tasnifidagi jahon chempionatlari va UYEFA Chempionlar ligasi o‘yinlari uchun futbol to‘plari ishlab chiqariladigan zavod ochiladi. Bu haqda mamlakatimizning Pokistondagi elchisi Furqat Sidiqov va Forward Group kompaniyasi egasi Xvaj Ma’sud Axtar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda ma’lum qilingan.

Ta’kidlash joiz, Forward Group sport tovarlari, asosan, futbol to‘plari tayyorlaydi. Ushbu brend 2014 va 2018 yillardagi jahon chempionatlari, qolaversa YECHL uchun rasmiy va yagona to‘p yetkazib beruvchi bo‘lgan. Shuningdek, qo‘l to‘pi, voleybol koptoklari, sport sumkalari ishlab chiqariladigan zavodlarga ega. Ayni chog‘da zamonaviy tibbiy jarrohlik vositalarini ham ishlab chiqaradi.

Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Forward Group O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyatini inobatga olgan holda aynan bizning mamlakatda birinchi investisiyaviy loyihasini amalga oshirishga qaror qilgan. O‘zbekistonda MDH va Yevropada muqobili yo‘q bo‘lgan zamonaviy korxonani tashkil etish uchun 2017-2019 yillarda ulkan ishlar amalga oshirildi. Ushbu zavod Andijonda qad rostlaydi.

Qo‘shma korxonaning ishlab chiqarish salohiyati oyiga 3000 ta to‘pga teng. O‘zbekistonga olib kelingan asbob-uskunalar o‘z yo‘nalishida yagonadir va tijorat siri hamda intellektual mulkning qimmatbaho ob’ektlari hisoblanadi.

Natijada UYEFA, FIFAning jahon miqyosidagi va boshqa nufuzli futbol turnirlari uchun “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” brendi ostida to‘plar taqdim etiladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, pokistonlik biznesmen Andijon viloyatida Forward-TH Sports loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, kompaniyasi O‘zbekistonda sport sumkalari hamda dunyo futbol klublari uchun liboslar ishlab chiqarish bo‘yicha yirik investisiya loyihalarini hayotga tatbiq etishni rejalashtirayotganini bildirdi.

Manba: gosport.uz
Kiritildi: 22:10, 25.07.2019. O'qildi: 9879 marta. Fikrlar: 7 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Ливан Leonardo Shahin 4
2 Иордания Ali Azayzeh 3
3 Япония Ryunosike Sato 3
4 БАА Ali al-Memariy 2
5 Япония Ozeki 2
6 Саудия Арабистони Rakan al-G‘amdiy 2
7 Вьетнам Nguyen Din Bak 2
8 Япония Shusuke Furuya 2
9 Ироқ Amuriy Faysal 2
10 Австралия Matias Makallister 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.