Bugun 12 may, 2026 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • 2:0
      • Real Madrid
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • -:-
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • -:-
      • Elche
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Sevilya
  • «A» Seriya
      • 11.05.2026 23:45
      • Napoli
      • 2:3
      • Bolonya
  • APL
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • 1:1
      • Lids
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Kristal Pelas
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Lids 36 44
15 Kristal Pelas 35 44
16 Nottingem Forest 36 43
17 Tottenhem 36 38
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal
36-тур Tottenhem 1-1 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Aleksandr Xomyakov: “Bugun mag‘lubiyatga loyiq emasdik”

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Matbuot anjumanlari
Rukn: Yangiliklar
A A A

“Andijon”-“Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Bugungi uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik. Yigitlarga derbida qanday o‘yin namoyish etish kerakligini uqtirgandim, qolaversa, bu haqda ularning o‘zlari ham yaxshi bilishardi. Derbi shunday o‘yin bo‘ladiki, o‘yin taqdirini bir yoki ikkita vaziyat hal etib qo‘yadi. Jarima maydonchamizdan uzoq bo‘lmagan joyda o‘yin qoidasini buzdik va gol o‘tkazib yubordik. Raqibga g‘alaba qozonish uchun birgina imkoniyat kifoya qildi. Bu golni o‘tkazib yuborishimiz bizning rejamizda yo‘q edi. Afsuski, qaytarib aytaman, derbida o‘yin taqdirini birgina vaziyat ham hal qilib qo‘yadi. To‘g‘ri, gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin o‘yin rejamiz buzilib ketdi va ochiq futbol namoyish etishga o‘tdik. Bugun omad biz tarafda emasdi. Umuman olganda futbolchilarimga e’tirozim yo‘q. Bugun mag‘lubiyatga loyiq o‘yin namoyish etmadik. Afsuski, derbiga qattiq tayyorgarlik ko‘rgan muxlislarimizni quvontira olmadik. Balki, menga nimadir yetishmagandir futbolchilarni bunday derbiga tayyorlashda. Shu o‘rinda bizni qo‘llab quvvatlab turgan muxlislarimizdan uzr so‘ramoqchiman.

- Bugungi mag‘lubiyatda kimni aybdor qilib ko‘rsatgan bo‘lardingiz?

- Kimnidin aybdor qilib ko‘rsatish niyatida emasman. Barchamiz yaxshi o‘yin namoyish etishga harakat qildik, barchamiz g‘alaba qozonishga harakat qildik, barchamiz muxlislarni xursand qilishga harakat qildik, barchamiz ishonchni oqlashga harakat qildik. Hech kimni aybdor qilib ko‘rsatmayman.

- Mirniyning vaziyatiga qanday fikr bildirasiz?

- Hozirgi paytda Vitaliy Mirniy jamoamizning to‘laqonli a’zosi, u jamoamizda o‘ynamoqda. Matniyozov o‘tgan turda ishonchli o‘yin namoyish etdi. Shu sababli, bugun Ruslanni asosiy tarkibga qo‘ydik. Mirniy o‘z ustida ishlamoqda, asosiy tarkibga kirish uchun harakat qilmoqda. Kecha yoshlar birinchiligida qizil kartochka olgandi, shu sababli bugungi o‘yinni o‘tkazib yuborishga majbur edi. Qaytarib aytaman, u jamoamizning a’zosi, istalgan paytda asosiy tarkibdan joy olishi mumkin.

- Raqib tarkibida kimning o‘yinini alohida ko‘rsatgan bo‘lardingiz? Kimning o‘yini ko‘proq yoqdi?

- “Navbahor” tarkibida kuchli futbolchilar bor. Shu sababli, yil boshida ularning oldiga kuchli uchlikka kirish vazifasi qo‘yilgandi. Tarkibda mahalliy va legioner yaxshi futbolchilari bor. Agar bugungi o‘yindan kelib chiqib kimnidir alohida ko‘rsatmoqchi ekanligimni aytayotgan bo‘lsangiz, bugun ular bizdan bir bosh ustun harakat qilishmadi, shu bois kimnidir alohida ko‘rsatib o‘ta olmayman. Bugun tajriba birinchi o‘rinda turmadi. Bugun to‘p uchun kurashda yutqazdik. O‘tgan turda to‘p uchun kurashlarni deyarli barchasini yutgandik. Mana shu omillar sababli bugun mag‘lubiyatga uchradik. Qolaversa, omad ham bugun mehmonlar tarafida bo‘ldi. “Navbahor” ikkinchi davrada bor yo‘g‘i bitta gol urdi adashmasam, uni ham jarimadan. Bugun ham ularga omad kulib boqdi.

- Nega tarkibda rotasiya qilmayapsiz? “Metallurg” jamoasiga qarshi o‘yindagi tarkib bugun ham harakat qildi.

- Taqvimga qarang, biz uchun juda tig‘iz. Liga Kubogida o‘ynayapmiz, Superligada o‘ynayapmiz. To‘rtta uchrashuvni safarda o‘tkazyapmiz. Ayrim futbolchilarga dam olish uchun imkoniyat berdik. Maydonga kam tushayotgan futbolchilarga Liga Kubogida imkoniyat berdik, ular bizning nazarimizda jismonan baquvvat futbolchilar edi.

Manba: Андижон матбуот хизмати
Kiritildi: 11:31, 19.08.2019. O'qildi: 1606 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 13
9 Астон Вилла Olli Uotkins 12
10 Борнмут Eli Junior Krupi 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик