Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Sportchilarimiz uchun o‘tgan hafta qanday yakunlandi?

Baho:
+ | -
SPORT
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘tgan hafta bir qator sport turlari bo‘yicha ko‘plab musobaqalarga boy bo‘ldi. Jumladan, polvonlarimiz Tallinda, velosportchimiz Frankfurtda yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishgan bo‘lsa, gimnastikachi qizlarimiz Minskdagi turnirda o‘z omadini sinab ko‘rdilar. Shu o‘rinda, poytaxtimiz mezbonlik qilgan yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston ochiq kubogi xalqaro musobaqasi ham e’tibor markazida bo‘ldi. Ayni pallada o‘tgan haftada terma jamoamiz vakillarining mazkur musobaqalarda qayd etgan e’tiborli natijalari xususida to‘xtalib o‘tamiz.

Sport kurashlari

12-18 avgust kunlari Estoniyaning Tallin shahrida sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Dunyoning 100 ga yaqin mamlakati vakillari o‘rtasida kechgan musobaqadan O‘zbekiston terma jamoasi ham medal bilan qaytadigan bo‘ldi.

Erkin kurash bo‘yicha -97 kilogramm vazn toifasida kurashgan vakilimiz Maqsud Veysalov qo‘lga kiritgan bronza medali termamiz uchun musobaqa yakunigacha yagona medal bo‘lib qoldi. Shu tariqa hamyurtlarimiz musobaqani 1 ta bronza medali bilan yakunlashdi.

Velosport

14-18 avgust kunlari Germaniyaning Frankfurt shahrida velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Xabar berganimizdek, ushbu musobaqada hamyurtimiz Yanina Kuskova terma jamoamiz sharafini himoya qildi.

Kuskova musobaqa davomida skretch va ochkolar bo‘yicha guruh poygasi yo‘nalishida qatnashdi. Hamyurtimiz skretch bahsida 19-natijani qayd etgan bo‘lsa, ochkolar bo‘yicha guruh poygasida bir muncha ishonchli harakat qildi. Hatto bronza medali uchun raqobat olib borgan Kuskova yakunda 25 ochko jamg‘arib, yettinchi o‘rin bilan kifoyalandi. Uchinchi o‘rin egasi bilan oradagi farq esa 5 ochkoni tashkil qildi.

Bu yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida terma jamoamizning 2003 yildan buyon qayd etgan eng yuqori natijasi bo‘ldi. Sergey Lagutinning chempionligidan keyin shu paytgacha o‘smirlar va yoshlar toifasidagi dunyo birinchiligida sportchilarimiz kuchli 10 talikdan joy ola bilishmayogan edi.

Badiiy gimnastika

O‘tgan haftada Belarusning Minsk shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha “BSB Bank” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan terma jamoamiz vakillari guruh va 5 ta to‘p bilan mashq qilish bahsida sakkizinchi natijani qayd etishdi. Ko‘pkurash bellashuvi 10-pog‘ona bilan yakunlangan bo‘lsa, shaxsiy chiqishlarda terma jamoamizda ikkinchi raqamda e’tirof etiluvchi Yekaterina Fetisova musobaqani 24-o‘rinda tugatdi.

Terma jamoamiz vakillari endi Rossiyaning Qozon shahriga yo‘l olishdi. Ushbu shaharda yana bir necha kundan so‘ng Jahon kubogi bosqichlaridan biri start oladi. Mazkur musobaqalar terma jamaomiz uchun 16-22 sentyabr kunlari Boku shahrida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga asosiy tayyorgarlik bosqichi vazifasini o‘tab beradi. Jahon chempionati esa Tokio-2020 Olimpiadasi uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma berishi bilan yanada ahamiyatli.

Yengil atletika

17-18 avgust kunlari tashkil qilingan O‘zbekiston ochiq kubogi xalqaro musobaqasida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Avstraliya, Afg‘oniston, Saudiya Arabistoni, Eron kabi mamlakat vakillari ham ishtirok etishdi. Mazkur turnir Xalqaro yengil atletika federasiyasi taqvim rejasidan o‘rin olgan bo‘lib, ishtirokchilar Tokio Olimpiadasining normativini bajara olishsa, Olimpiada lisenziyalarini qo‘lga kiritishlari mumkin edi.

O‘z o‘rnida vakillarimiz ham Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishdi. Qayd etish joiz, musobaqada 3 nafar sportchimiz Nigina Sharipova 100 metrga yugurish, Nadiya Dusanova va Svetlana Radzivil balandlikka sakrash sektorida Olimpiada normativini bajarishga juda yaqin keldi. Sharipovani bunday natijadan atigi 0.18 soniya, Radzivil va Dusanovani 5 sm. ajratib qoldi. Shunday bo‘lsada, bu ko‘rsatkich reyting orqali yo‘llanma olishda imkon taqdim qilishi mumkin.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 08:12, 20.08.2019. O'qildi: 1609 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик