Bugun 21 noyabr, 2025 yil, juma.

  • Superliga
      • 20.11.2025 16:00
      • Surxon
      • 0:0
      • OKMK
      • 20.11.2025 18:15
      • Paxtakor
      • 1:0
      • Nasaf
      • 21.11.2025 16:00
      • Mash’al
      • -:-
      • Navbahor
      • 21.11.2025 18:15
      • Andijon
      • -:-
      • Xorazm
      • 21.11.2025 18:15
      • Dinamo
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 22.11.2025 14:00
      • So‘g‘diyona
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 22.11.2025 16:15
      • Neftchi
      • -:-
      • Qizilqum
  • La-liga
      • 22.11.2025 01:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Levante
      • 22.11.2025 18:00
      • Alaves
      • -:-
      • Selta
      • 22.11.2025 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 22.11.2025 22:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Real Sosyedad
  • APL
      • 22.11.2025 17:30
      • Byornli
      • -:-
      • Chelsi
      • 22.11.2025 20:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.11.2025 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Brentford
      • 22.11.2025 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Sanderlend
      • 22.11.2025 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 22.11.2025 20:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 22.11.2025 22:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Manchester Siti
  • «A» Seriya
      • 22.11.2025 19:00
      • Kalyari
      • -:-
      • Jenoa
      • 22.11.2025 19:00
      • Udineze
      • -:-
      • Bolonya
      • 22.11.2025 22:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Yuventus
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 28 61
2 Paxtakor 29 59
3 Nasaf 29 58
4 Dinamo 28 56
5 Bunyodkor 28 46
6 OKMK 29 45
7 Navbahor 28 38
8 So‘g‘diyona 28 37
9 Qizilqum 28 35
10 Surxon 29 32
11 Qo‘qon-1912 28 30
12 Mash’al 28 29
13 Andijon 28 29
14 Buxoro 29 27
15 Xorazm 28 24
16 Sho‘rtan 29 16

O'tgan o'yinlar.

29-тур Sho‘rtan 1-1 Buxoro
29-тур Surxon 0-0 OKMK
29-тур Paxtakor 1-0 Nasaf

Navbatdagi o'yinlar.

21/11/25 Mash’al - Navbahor
21/11/25 Andijon - Xorazm
21/11/25 Dinamo - Qo‘qon-1912
22/11/25 So‘g‘diyona - Bunyodkor
22/11/25 Neftchi - Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Dzyudo o‘z vataniga qaytmoqda yoxud jahon chempionatiga prevyu

Baho:
+ | -
SPORT
Rukn: Yangiliklar
A A A

Yana 5 kundan keyin barchamizning e’tiborimiz dzyudo bo‘yicha navbatdagi jahon chempionatiga qaratiladi. Mezbon shahar nomini aytish uchun ko‘plab ta’riflar berish mumkin: kunchiqar yurt poytaxti, bo‘lajak Olimpiada mezboni, dzyudo vatani va hokazo. Yaxshisi, buni o‘zingizga yoqqan variantda tanlab ola qoling. 25 avgustdan 1 sentyabrga qadar Tokio jahon dzyudo yulduzlarini o‘zida jamlaydi. Shu o‘rinda, mazkur jahon chempionatiga oid bir qator e’tiborli jihatlarga to‘xtalib o‘tsak.

“Nippon Budokan” arenasi

Bellashuvlar Tokiodagi “Nippon Budokan” arenasida bo‘lib o‘tadi. Kecha Tokio bo‘ylab Olimpiadadan avval sinov musobaqalari o‘tkazilayotgani haqida ma’lum qilgan edik. Ushbu jahon chempionati dzyudo bahslari uchun sinov musobaqasi vazifasini bajarib beradi. Arena nomi tarjima qilinganida “jangovor san’at zali” ma’nosini beradi. Bu yerda dzyudodan tashqari karate, aykido, UFC va professional boks janglari, bir qator sport turlari bo‘yicha jahon va Osiyo chempionatlari tashkil qilingan. Arenaning o‘zi 1964 yili Tokio mezbonligida o‘tgan Olimpiya o‘yinlari uchun qurilgan bo‘lib, 14 mingdan ziyod muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi va 55 yillik tarixi mobaynida ko‘plab unutilmas voqeliklarga mezbon bo‘ldi. Jumladan, 1976 yil afsonaviy Muhammad Ali mana shu arenada yaponiyalik Antonio Inokiga qarshi jang qilgan. Qoida shunday ediki, Ali boks, Inoki yapon jang san’ati qoidalari bo‘yicha ringga chiqqan. Yer yuzining 1.5 milliard aholisi jonli efirda tomosha qilgan bahs durang bilan xotima topgan. Shuningdek, bu arenada o‘z zamonasining mashhurlari “ABBA”, “Queen” guruhlari, Frenk Sinatra, Brayan Adams, Beyonse kabi musiqa yulduzlari o‘z konsert dasturlarini yapon xalqiga taqdim qilgan.

JCHning e’tiborli raqamlari

Ana endi o‘tmishni unutib, bo‘lajak musobaqaga to‘xtalsak. Reglamentga ko‘ra, bahslar erkaklar va ayollar o‘rtasida 7 tadan vazn toifasida 7 kun va aralash jamoaviy yo‘nalishi bilan jami 8 kun bo‘ladi. Bu jahon chempionati hisob bo‘yicha o‘ttiz uchinchisidir. E’tiborlisi, unda rekord darajada ishtirokchi davlat va sportchilar soni qayd etilishi kutilayotir. Xalqaro dzyudo federasiyasi rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, musobaqada ishtirok etish uchun 149 mamlakatdan 862 ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tgan. Taqqoslash uchun, hatto Olimpiadalarda 1988 yilgacha bunchalik ko‘p davlat tashrif buyurmagan.

Terma jamoamiz tarkibi

O‘zbekiston terma jamoasi esa 11 nafar dzyudochi bilan ishtirok etmoqda. Shu o‘rinda ularning nomlarini yana bir bor eslab o‘tsak:

-60 kg: Sharofiddin Lutfillayev
-60 kg: Diyorbek O‘rozboyev
-66 kg: Shahram Ahadov
-66 kg: Sardor Nurillayev
-73 kg: Hikmatilloh To‘rayev
-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev
-90 kg: Yahyo Imomov
-100 kg: Muhammadkarim Xurramov
+100 kg: Bekmurod Oltiboyev
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova

Farhod To‘rayev murabbiyligida shug‘ullanayotgan vakillarimiz ayni paytda Yaponiyaning Maydzuru shahrida tayyorgarlikning so‘ngi bosqichini olib borishmoqda.

“Maydzuru yig‘inining tashkil qilingani terma jamoamiz uchun ko‘p jihatlari bilan juda foydali. Masalan, mahalliy ob-havo va vaqt mintaqasiga, oziq-ovqatlariga to‘la moslashib ulguramiz. Musobaqadan avvalgi 1 haftalik qattiq mashg‘ulot katta foyda bermaydi. Shu bois ham hozir bu shahardagi dzyudo maktabida yengil mashqlar bilan shug‘ullanyapmiz. Asosiy tayyorgarlik Toshkentda bo‘lgan. Jahon chempionati yilda 1 marta bo‘ladi. Musobaqa statusini nomi ham aytib turibdi. Qolaversa, bu dunyo birinchiligi kelasi yilgi Tokio Olimpiadasi reytingi uchun eng yirik ochkolarni jamg‘arib olish imkoniyatini ham beradi. O‘z vaznimdagi raqiblarim xususida to‘xtalib o‘tsam, medal yo‘lida Aaron Volf (Yaponiya), Guxam Cho (Janubiy Koreya), Varlam Liparteliani (Gruziya) va yana bir qator dzyudochilarni asosiy raqobatchi deb bilaman. Hammada tayyorgarlik yaxshi. Buyog‘ini tatamidagi bahs ko‘rsatib beradi”, – dedi terma jamoa a’zosi Muhammadkarim Xurramov.

Tarkibdan tushib qolgan munosiblar

Jahon chempionatlari reglamentiga ko‘ra, bir terma jamoa ekraklar va ayollar toifasida 9 nafardan sportchini musobaqaga qo‘yishi mumkin. Shunda qaysidir 2 vazn toifasida ikki nafardan dzyudochi ishtirok etadi. Terma jamoamizda raqobat ancha kuchli. Ayniqsa, jahon chempionati uchun. Jamoamizda shunday dzyudochilar borki, ular ham Tokioda kurashishga munosib, biroq reglament va salomatlik sabab ba’zi vakillarimiz JCHning asosiy tarkibidan tushib qolishdi. Ularning nomini esa eslab o‘tmay iloj yo‘q: Kemran Nurillayev (-60 kg. Nurillayev Yaponiyada. U shaxsiy birinchilik uchun ro‘yxatdan o‘tmagan, lekin jamoaviy bahsda kurashishi mumkin), Muhriddin Tilovov (-66 kg), G‘iyosjon Boboyev (-73 kg), Kamoliddin Rasulov va Muso Sobirov (-81 kg), Davlat Bobonov va Shahzod Sobirov (-90 kg), Sherali Jo‘rayev (-100 kg) va Alisher Yusupov (+100 kg). Bu erkaklar jamoasi uchun uncha-muncha terma jamoa o‘z safida ko‘rishni orzu qiladigan to‘liq tarkib. Ular Tokio Olimpiadasi yo‘lida boy berilayotgan ochkolarni kelasi oy Toshkent Gran-prisida qoplab olishlari mumkin.

Xotima

Tokio bundan 9 yil muqaddam ham jahon chempionatiga mezbonlik qilgan. O‘sha tarkib bilan solishtirsak, terma jamoamiz to‘liq yangilangan. 2010 yil afsonaviy Rishod Sobirov -60 kilogramm vazn toifasida jahonda tengsiz ekanligini yana bir karra namoyish etib, oltin medal bilan yurtimizga qaytib kelgan edi.

Bu gal ham polvonlarimiz mana shunday g‘alabalari bilan Mustaqilligimizning 28 yilligi bayramiga o‘z xissalarini qo‘shishini tilab qolamiz.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Tokio shahri mezbonlik qiladigan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etayotgan terma jamoamiz vakillariga ulkan zafarlar tilab qoladi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 07:29, 21.08.2019. O'qildi: 2903 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 16
3 Насаф Husayn Norchayev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 9
7 Бунёдкор Imeda Ashortia 8
8 Нефтчи Zoran Marushich 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 8
10 Бунёдкор Luis Kachorri 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.