Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 17 43
2 Real Madrid 17 39
3 Vilyarreal 15 35
4 Atletiko 17 34
5 Espanyol 16 30
6 Betis 16 25
7 Atletik Bilbao 17 23
8 Selta 16 22
9 Sevilya 16 20
10 Xetafe 16 20
11 Elche 16 19
12 Alaves 16 18
13 Rayo Valyekano 16 18
14 Malyorka 16 17
15 Real Sosyedad 16 16
16 Osasuna 16 15
17 Valensiya 16 15
18 Jirona 16 15
19 Real Ovyedo 16 10
20 Levante 15 9

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mahmud Murodov: "Dadam avtohalokatda uchraganlarida 15 yoshda edim"

Baho:
+ | -
SPORT
Rukn: Intervyular
A A A

Mahmud Murodov katta tezlikda mashxurlikka erishayotgani quvonarli xolat. Taniqli “UFC RUSSIA” kanali jurnalisti hamyurtimizni jangdan oldin savolga tutdi. Asosan Murodovning UFC kelish tarixi haqida bo‘lgan savollardan iborat  intervyuni e’tiboringizga taqdim etamiz.

UFCgacha bosib o‘tgan yo‘ling haqida? Yakkakurash sport turlari bilan shug‘ullanishni qachon boshlagansan? Chexiyaga qanday kelib qolding?

Men Tojikistonda tug‘ulganman, keyinchalik uch yoshga to‘lganimda O‘zbekistonga ko‘chib kelganmiz. Dadam avtohalokatga uchraganlarida 15 yoshda edim. 18 yoshimda Rossiyaga ishlagani ketdim. U yerda bir muncha fursat bo‘lgach, yana  O‘zbekistonga qaytdim. O‘sha paytlari 20 yoshda edim. Ortga qaytgach hammasini o‘zgartirishga qaror qildim. Bu orada jangovar SAMBO bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazishdan to‘xtaganim yo‘q. Bilasizmi, bizda MMA u qadar yaxshi rivojlanmagani uchun, Chexiyadan taklif tushgani zahoti ketishga qaror qildim. Chexiyaga 2011-yilning noyabr oylarida ko‘chib o‘tdim. Hozirgi va avvalgi murabbiylarimning Nazariga tushmagunimcha tinimsiz harakatda bo‘ldim. Avvaliga yarim professional janglarda debyut qilgan bo‘lsam, oradan 3 oy otib professional janglarda ishtirok etishni boshladim. Ochig‘i Chexiyada ham mashg‘ulotlar bilan birgalikda tinimsiz mehnat qildim. Qurilishlarda ishladim, idish-tovoq yuvishga to‘g‘ri kelgan paytlar ham bo‘ldi. Hozir esa, shu yerdaman. O‘zbekistonlik ilk UFC jangchisi ekanligimdan mamnunman.

Sportni tashlab ketish haqida o‘ylaydigan darajada og‘ir kunlaring bo‘lganmi?

Yashirib o‘tirmayman, ovqatlanish va mashg‘ulotlarga borish uchun ham pulim qolmagan paytlar bo‘lgan. Ana shunday kunlardan birida murabbiyimning oldiga borib sport bilan shug‘ullanmoqchi emasligimni va qurilishda ishlash uchun boshqa shaxarga ketmoqchiligimni aytganman. Ochig‘i o‘sha davrlarda nima qilishni bilmay qolgan edim.Murabbiyim: “sen  ketma, yaxshisi men seni tansoqchi sifatida ishga kirishingga yordam beraman. Bundan tashqari, sport bilan shug‘ullanishda davom etasan”,-degan edi. Sportchi uchun eng qiyini vazn tashlash paytida bo‘lsa, kerak. Hammasidan charchab ketasan va barchasiga qo‘l siltagin keladi,biroq hozir o‘zim istagan vaznga tushib olishda ortiqcha qiyinchilik sezmayapman. Endilikda bu menga muammo emas.

Prof jangchi bo‘lish mushkulmi yoki qurulishda ter to‘kish?

Bilasanmi, qurulishda ishlagan odam hayotda biror narsaga erishish va hech bo‘lmasa och qolmaslik haqida o‘ylaydi. Professional jangchi esa, nima tanavul qilishi, qanday libos kiyishini o‘zi tanlashi mumkin. Eng muhumi o‘zing sevgam mashg‘ulot bilan band bo‘lishing mumkin. To‘g‘risi, qurulish mening sevgan mashg‘ulotlar sirasiga kirmaydi. Bu jon saqlashning bir yo‘li.

Floyd Meyvezer bilan qanday tanishgansan?

Bundan 4 yil ilgari u Praga shaxriga mehmon sifatida uchib keldi. Menning Pragada tansoqchilar hizmatini taklif qiluvchi agentligim mavjud. Biz aynan Floydni qo‘riqlash vazifasini olgan edik. Uning Pragaga kelishini tashkillashtirgan inson meni Floyd va uning menendjeri o‘tirgan xonaga taklif etdi. Bordim. Tor xona. Chamasi 5 kishi suhbatlashib o‘tiribti. Floyd menga qarata bosh barmog‘ini yuqoriga ishora qildi. Avvaliga tushumadim, keyinroq uning shaxsiy tansoqchisi qaysi sport turi bilan shug‘ullanishim haqida so‘radi. Men ularga o‘z janglarimni ko‘rsatdim. Shu yo‘sinda Floyd bilan yaqin bo‘lib ketdik. Keyin u Moskvaga meni o‘zi bilan olib ketdi. U yerda ingiliz tildan tarjimon va Floydning do‘sti sifatida omma oldida paydo bo‘ldim. O‘sha sayohatdan so‘ng, u meni Amerikaga taklif qildi. Shunday qilib do‘st bo‘lib qoldik. U men haqimda post qoldirishini aytganida ishonmagan edim. U so‘zidan chiqdi, men esa bundan xursandman (kuladi) Menimcha aynan uning hizmatlari evaziga men UFC darajasiga ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldim.

Kimgadir «viziv» tashlash rejangda bormi?

Yo‘q men hech qachon bunday qilmaganman. Shunday bo‘lsada, UFCda yaxshi ishtirok etishni istayapman. Asosiysi janglarni chiroyli tarzda g‘alaba bilan yakunlashni niyat istayman. Men shunchaki, o‘zimni barchaga tanitib qo‘ymoqchiman. O‘ylashimcha bu qo‘limdan keladi.

Muxlislarga murojaat

Men UFC dagi ilk o‘zbek ekanligimdan xursandman. Bundan tashqari, butun o‘rta Osiyo meni qo‘llab-quvvatlab turgani menga kuch bermoqda. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikistondagi barcha muxlislarimga o‘z minaddorchiligimni bildirmoqchimn. Aynan ular meni yangidan-yangi g‘alabalar uchun ruhlantirib turishibdi.

Manba: UFC RUSSIA
Kiritildi: 00:26, 29.09.2019. O'qildi: 6939 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 17
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Атлетико Xulian Alvares 7
6 Вильярреал Alberto Moleyro 6
7 Эльче Rafa Mir 6
8 Барселона Rafinya 6
9 Леванте Karl Etta-Eyong 6
10 Бетис Kucho Ernandes 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.