Bugun 21 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 17 10 10 37
2 AQSh 10 12 7 29
3 Italiya 9 5 13 27
4 Niderlandiya 8 7 3 18
5 Germaniya 6 8 8 22
6 Fransiya 6 8 6 20
7 Shveysariya 6 6 5 17
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Real Sosyedad 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 25 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Andrey Kanchelskis: “Jamoamizda sovrindorlar safidan joy olish imkoniyati bor”

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Matbuot anjumanlari
Rukn: Reportajlar
A A A

Superliga 21-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Dinamo” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis va mazkur uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan mezbonlar hujumchisi Aleksandr Kasyan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berishdi.

Andrey Kanchelskis (“Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi): - Uchrashuv qiyin kechdi. “Dinamo”ga ochko suv va havodek zarur bo‘lganligi bois, raqibning jamoamizga munosib qarshilik ko‘rsatishini kutgandik, albatta.

Samarqandliklar himoyaviy o‘yin namoyish etib, o‘z baxtlarini qarshi hujumdan izlashdi. Qanotlar orqali hujum tashkil etmasdan esa himoyani yorib o‘tish oson emas. Afsuski, qanot yarim himoyachisi Abbos G‘ulomov jarohat oldi, shuningdek, Azizbek Turg‘unboyev ham oldingidek formada emas. Bu tushunarli holat. Boisi, Turg‘unboyev ma’lum sabablarga ko‘ra, 6 oyga yaqin vaqt davomida maydonga tushmadi hamda bu uning o‘yiniga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.

Jamoamiz uchun ushbu g‘alaba suv va havodek zarur edi hamda yigitlar zafar quchishni uddalashdi. Muhimi, g‘alaba qozonib, 3 ochkoni qo‘lga kiritdik.

Jamoamizda hali sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borish imkoniyati bor hamda buni amalga oshirish uchun intilamiz.

Bugungi o‘yindagi jonkuyarliklari, fidoiyliklari uchun shogirdlarimga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Yigitlar maydonning har bir qarichi uchun kurash olib borishdi va yakunda zafar quchishga muvaffaq bo‘ldik.

Keyingi uchrashuvlarda  futbolchilar o‘yin sifatini oshirish hamda ko‘proq gollar urishga harakat qilishadi va buni amalga oshirish ustida ish olib boramiz.    

To‘g‘ri, birinchi davrada Samarqandda bo‘lib o‘tgan o‘yin bugungidan ko‘ra, keskinroq hamda shiddatli, shuningdek, keskin kurashlar ostida kechgandi. Ammo o‘sha tarkibdagi futbolchilardan to‘rt nafari hozir ayrim sabablarga ko‘ra, safimizda  yo‘q. Shuning uchun bugungi bahs o‘sha o‘yindan keskin farq qildi.

Aytish lozimki, biz hozir ham ruhiy “o‘ra”damiz. Bundan esa birdaniga chiqib ketish oson ish emas. Bundan tashqari, shunday qiyin holatda “Paxtakor”ga qarshi o‘ynashga to‘g‘ri keldi hamda o‘sha o‘yinda raqibga o‘zimiz gol sovg‘a qildik.

Yigitlarga qoyil, ular mazkur qiyin vaziyatdan chiqib ketishga o‘zlarida kuch topa bilishdi va  o‘z ishlariga vijdonan yondoshishmoqda.

Ta’kidlash joizki, zaxira o‘rindig‘imiz torligi bois, jarohatlangan hamda diskvafikasiyaga uchragan futbolchilarning o‘rinlarini to‘ldirish qiyin kechmoqda.

Oldingi matbuot anjumanida, Aleksandr Kasyan vaqti kelsa, gol urishni boshlaydi, degandim. Mana u gol urishni boshladi va keyingi o‘yinlarda ham Kasyandan chiroyli gollar kutib qolamiz.

To‘g‘ri, Ivan Solovyovning maydonda yo‘qligi bilindi. Aytgancha, u bugun farzandli bo‘ldi. Fursatdan foydalanib, Ivanni yangi mehmon bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilayman.

Keyingi bahslarda Solovyov albatta, “Navbahor”ning muvaffaqiyatlariga o‘zining munosib hissasini qo‘shadi, degan umiddaman.   

Oldinda bizni prinsipial ahamiyatga ega bo‘lgan “Surxon”ga qarshi kechadigan o‘yin kutib turibdi. Termizliklar bilan birinchi davrada kechgan bahs ham ancha qiyin o‘tgandi. O‘sha uchrashuv arafasida ancha gap-so‘zlar bo‘lgandi. Lekin biz “Surxon”ni mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘lgandik.

Endi Termizdagi o‘yinga puxta tayyorgarlik ko‘ramiz.

Albatta, bir nafar hujumchi bilan o‘ynash qiyin va kelasi mavsum arafasida Kasyan bilan hujum tandemini tashkil etish uchun yana bir nafar mahoratli  hujumchini taklif etish rejamizdan o‘rin olgan.

Aleksandr Kasyan (“Navbahor” jamoasi hujumchisi): - Ustozim ta’kidlaganidek, o‘yin ancha qiyin kechdi. Aytish lozimki, Andrey Antanasovich Kanchelskisning jamoaga qaytishi ijobiy holat bo‘ldi. Uning boshchiligidagi  murabbiylar shtabi biz – futbolchilar optimal formada bo‘lishimiz uchun astoydil mehnat qilishmoqda.

Andrey Antanasovich barchaning ko‘ngliga yo‘l topa oladi va asta-sekin barchasi o‘z iziga tushadi, degan umiddaman.

Keyingi turda Termizda o‘tkaziladigan uchrashuvda ham maydonga g‘alaba ishtiyoqida tushamiz, albatta. Biz nafaqat muxlislar va oila a’zolarimiz  balki, murabbiylarimiz uchun  ham maydonda barcha imkoniyatimizni ishga solishga intilamiz.

Anchadan buyon gol urolmayotgandim va mana, Xudoga shukr, bugun to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldim. Omadsizliklar ortda qoldi hamda keyingi o‘yinlarda ijobiy natijalar qayd etamiz, degan umiddaman.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 14:20, 02.10.2019. O'qildi: 3586 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Вильярреал Jorj Mikautadze 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.