Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Sevilya 25 29
12 Xetafe 25 29
13 Jirona 24 29
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Selta 0-0 Malyorka
25-тур Xetafe 0-0 Sevilya
25-тур Vilyarreal 0-0 Valensiya
25-тур Barselona 0-0 Levante
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Intervyu. Domeniko Tedesko: "Bosqichma-bosqich yuqori maqsad sari intilamiz"

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Moskvaning “Spartak” klubi dushanba kuni Domeniko Tedeskoni bosh murabbiy sifatida tanishtirdi.

— Yangi bosh murabbiy haqida direktorlar kengashi va klub aksionerlari bilan maslahatlashdik, — dedi klub bosh direktori Tomas Sorn. — Domeniko bizning birinchi tanlovimiz bo‘ldi. Men unga katta ishonch bildiraman.

— Yangi bosh murabbiy oldiga qanday vazifa qo‘ydingiz? — Sornga savol.

— Qandaydir maqsad yoki vazifa haqida gapirishga biroz erta. Murabbiy jamoani endi qabul qilib oldi. Dastlab u jamoa bilan tanishib chiqishi kerak, iqtidorli futbolchilar haqida ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Hozir maqsad haqida ochiq gapirishni payti emas, chunki, dastavval murabbiylar va futbolchilarga bo‘layotgan bosimni yo‘q qilishimiz kerak.

— Agar nimadir noto‘g‘ri ketsa javobgarlikni bosh murabbiy bilan birgalikda bo‘lishishga tayyormisiz?

— Bu savolni direktorlar kengashi va klub aksionerlariga berganingiz ma’qul. Kim qanday javobgarlikni bo‘yniga olishini ular hal qilishadi.

Keyingi ko‘plab savollarga Tedesko javob berishni boshladi.

— “Spartak”dek buyuk klub bosh murabbiyi etib tayinlanish men uchun sharaf, — deya o‘z so‘zini boshladi Domeniko. — «Spartak» — buyuk tarix. Hozir menda qiziqarli vaziyat: jamoa bilan tanishaman va bu meni xursand qiladi.

— Sizni nima ko‘proq Rossiyaga jalb qildi?

— Bu yerda dalillar ko‘p. Menga Moskva va shahardagi muhit yoqdi. Klub rahbariyati bilan olib borgan muzokaramiz ham muhim.

— Leonid Fedun bilan gaplashdingizmi?

— Bizda bir marta uchrashuv bo‘ldi; yaxshi muloqot bo‘ldi, menga mana shu muhim edi. Ishonch bildirgani uchun klub rahbariyatiga rahmat aytmoqchiman. «Spartak»ning xizmatlari hammaga ma’lum, lekin hozir bugungi kun bilan yashab, kelajak haqida o‘ylash kerak. Rahbariyat bilan muloqot paytida qandaydir o‘rinni egallash kerakligi haqida o‘ylamaslikka kelishib oldik. Biz o‘yinimizni barqarorlashtirishimiz kerak, keyin qanday qilib yetakchi mavqega ega bo‘lishimiz haqida o‘ylasak bo‘ladi. Jamoa katta imkoniyatlarga ega, yuqori maqsadlar sari bosqichma-bosqich qadam tashlaymiz.

— «Shalke» Sizning qo‘l ostingizda juda oddiy futbol o‘ynadi — to‘pni egallashi bilan qarshi hujumga o‘tdi. «Spartak» klubida ham shunday bo‘ladimi?

— Yo‘q, biz boshqa uslubni tanlaymiz. «Shalke» klubiga kelsak, u turli xil o‘yinlar, taktik variantlar ko‘p edi.

“Spartak” qanday sxema ostida o‘ynaydi?

— Biz turli xil uslublarni ko‘rib chiqamiz, uchta markaziy himoyachi bilan ham o‘ynashimiz mumkin: bizda Jigo, Jikiya, Krallar bor. Ayrimgi omillarga qarab o‘yin uslubimizni tanlaymiz.

— «Spartak» jamoasiga o‘z uslubingizni singdirish uchun qancha muddat kerak bo‘ladi?

— Qish tanaffusgacha ko‘proq ochkolarni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz. Hozir suhbatlashib o‘tiradigan payt emas. Futbolchilarga ishochni qaytarish kerak. Shundagina qishki o‘quv yig‘in mashg‘ulotlarida ishlash uchun bizda vaqt bo‘ladi.

Qaysi birini tanlagan bo‘lardingiz —1:0 yoki 4:3?

— Ko‘p gol bo‘lgan o‘yinlar doim yaxshi bo‘lib kelgan. Samarali futboldan doim bahra olganman.

Agar Sizdan o‘zingizni bir so‘z bilan tasvirlab berishlarini so‘rashsa nima degan bo‘lardingiz?

— Jonglerchi.

Jamoadagi dastlabki mashg‘ulot Sizda qanday tasavvur o‘yg‘otdi?

— Birinchi mashg‘ulotda futbolchilarning kuchli va kuchsiz taraflarini bilib olish qiyin vazifa. Qolaversa, ko‘plab futbolchilar o‘z terma jamoalari tarkibidan klub ixtiyoriga qaytib kelishmadi. Men futbolchilarning qanday ruhiyatda ekanligiga qarayman.

— “Spartak” jamoasini qabul qilib olguningizga qadar Shyurrledan tashqari qaysi futbolchilarni bilardingiz?

— Men Jahon Chempionati va Yevropa chempionati saralash bosqichlarini kuzatdim. Shu sababli, Rossiya terma jamoasi tarkibidagi “Spartak” futbolchilarini bilaman. Masalan Bakayev Jikiy.Legioner futbolchilardan Ponsa, Larsson, Tilelar haqida eshitganman.

— «Shalke» Xyovedesni sardorlik bog‘ichidan mahrum qilganman. Jikiy xavotirlanishni boshlayversinmi?

— Hayotda har xil voqealar bo‘lib turadi, bunga e’tibor qaratmagan ma’qul. Jikiy xavotirlanmasa ham bo‘laveradi.

— Sizdan yoshi katta futbolchilarga qanday munosabatda bo‘lasiz?

— Yosh — asosiysi emas.

— Jamoaga tarjimon orqali murojaat qilishingiz muammo keltirib chiqarmaydimi?

— Tarjimon bilan ishlashim muammo emas. Bunga ko‘nikish kerak, shunda hammasi yaxshi bo‘ladi.

— «Spartak» Rossiya Kubogini qo‘lga kiritishi qanchalar muhim?

— Yaqinda Kubok o‘yinida “Rostov”ga qarshi bahs olib boramiz. Biroq, ungacha biz chempionat doirasida bo‘lib o‘tadigan “Rubin” jamoasiga qarshi tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Biz uchun barcha turnir muhim, jumladan Kubok ham.

“Spartak” jamoasida doim bosh murabbiyga yuqori bosim o‘tkaziladi. Siz bunga tayyormisiz?

— Bosim men uchun — mavzu emas. Tushunaman, jamoa ketma-ket mag‘lubiyatga uchraganidan keyin atrofda muxit yaxshi emas. Men ishlashga tayyorman!

— Sizning «Shalke» muxlislari bilan munosabatlaringiz a’lo darajada edi. «Spartak» muxlislari bilan ham shunday munosabat bo‘ladimi?

— O‘zimni «Shalke» klubiga bag‘ishlaganim sir emas. «Spartak» va «Shalke» klublarining ko‘plab o‘xshash jihatlarini ko‘rish mumkin — an’ana, qo‘llab-quvvatlash va muxlislik madaniyati. Bundan darajadagi klublarda ishlash sharafdir.

— Rus tilini o‘rganishni boshlaysizmin?

— Men bilan tillarning rus tiliga umuman aloqasi yo‘q. Rus tilini o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqim baland. O‘ylaymanki, qachonlardir rus tilida gaplasha olaman.

Kiritildi: 12:10, 15.10.2019. O'qildi: 1921 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Атлетико Aleksandr Serlot 9
10 Вильярреал Alberto Moleyro 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.