Bugun 21 yanvar, 2026 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 20.01.2026 00:45
      • Lasio
      • 0:3
      • Komo
  • La-liga
      • 20.01.2026 01:00
      • Elche
      • 2:2
      • Sevilya
  • APL
      • 20.01.2026 01:00
      • Brayton
      • 1:1
      • Bornmut
  • ECHL
      • 20.01.2026 20:30
      • Qayrat
      • 1:4
      • Bryugge
      • 20.01.2026 22:45
      • Bude-Glimt
      • 3:1
      • Manchester Siti
      • 21.01.2026 00:52
      • Kopengagen
      • -:-
      • Napoli
      • 21.01.2026 01:00
      • Inter
      • -:-
      • Arsenal
      • 21.01.2026 01:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Ayaks
      • 21.01.2026 01:00
      • Olimpiakos
      • -:-
      • Bayer
      • 21.01.2026 01:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Monako
      • 21.01.2026 01:00
      • Sporting
      • -:-
      • PSJ
      • 21.01.2026 01:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Borussiya D
      • 21.01.2026 01:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Ayaks
      • 21.01.2026 22:45
      • Qorabog‘
      • -:-
      • Ayntraxt F
      • 21.01.2026 22:45
      • Galatasaroy
      • -:-
      • Atletiko
      • 22.01.2026 01:00
      • Bavariya
      • -:-
      • Yunion
      • 22.01.2026 01:00
      • Marsel
      • -:-
      • Liverpul
      • 22.01.2026 01:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • PSV
      • 22.01.2026 01:00
      • Slaviya
      • -:-
      • Barselona
      • 22.01.2026 01:00
      • Chelsi
      • -:-
      • Pafos
      • 22.01.2026 01:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Benfika
      • 22.01.2026 01:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Atletik Bilbao
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 20 49
2 Real Madrid 20 48
3 Vilyarreal 19 41
4 Atletiko 20 41
5 Espanyol 20 34
6 Betis 20 32
7 Selta 20 32
8 Elche 20 24
9 Real Sosyedad 20 24
10 Atletik Bilbao 20 24
11 Jirona 20 24
12 Osasuna 20 22
13 Rayo Valyekano 20 22
14 Sevilya 20 21
15 Malyorka 20 21
16 Xetafe 20 21
17 Valensiya 20 20
18 Alaves 20 19
19 Levante 19 14
20 Real Ovyedo 20 13

O'tgan o'yinlar.

20-тур Espanyol 0-2 Jirona
20-тур Real Madrid 2-0 Levante
20-тур Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
20-тур Osasuna 3-2 Real Ovyedo
20-тур Betis 2-0 Vilyarreal
20-тур Xetafe 0-1 Valensiya
20-тур Atletiko 1-0 Alaves
20-тур Selta 3-0 Rayo Valyekano
20-тур Real Sosyedad 2-1 Barselona
20-тур Elche 2-2 Sevilya

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Janob Abramov o‘yinidagi hozirgi 5ta «plyus» va 5ta «minus»

Baho:
+2 | -
O'ZBEK FUTBOLI / Milliy terma jamoa / Rasmiy uchrashuvlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Va’da amali bilan go‘zal bo‘lganidek, biz ham 5 kun o‘tib o‘zimizni kichik vizual analizimizni taqdim etmoqdamiz.

Demak, Janob Abramov kelganidan keyin, O‘zbekiston MTJsida qanday o‘zgarishlar, hozircha ko‘zga tashlanmoqda:

YUTUQLAR

1. Hujumkor o‘yin.
O‘zbekiston o‘yin boshidan hujum taktikasida o‘ynamoqda, raqibni ikkinchi jamoa rolida o‘ynashga, ya’ni himoyalanishga majburlamoqda. Agar futbol o‘ynashdan maqsad gol urish bo‘lsa, demak, hujumkor o‘ynash kerak. Asosiy maqsad g‘alabaga ham, faqatgina gol urilgandan keyin erishiladi.

2. Kesma uzatmalar
O‘zbekiston qanotlar va vertikal paslar bilan o‘ynamoqda, shuningdek, Singapurga qarshi uchrashuvda raqib jarima maydonida o‘tkir kesma paslar bilan ham o‘ynadi, uchinchi gol bunga misol. Kutilmaganda, raqib himoyachilari orasidan berilgan kesma pas, zamonaviy futbol hujumlarida prioritet hisoblanadi, buni albatta yanada mukammalashtirib boraverish kerak.

3. Pressing
O‘zbekiston pressing qilishni hozircha uddalamoqda. Oxirgi 2ta o‘yindagi to‘plar 8-1, hozircha raqiblarga hujum qilishda katta imkoniyat qoldirilmaganidan dalolat berdi. Lekin, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, Yaponiya kabi shakllangan jamoalar bilan bo‘ladigan o‘yinlarda, pressing bundan 2 karra ko‘p kuchni talab qiladi. Demak, shu kalibrdagi jamoalarni yutish uchun Sanjar Qodirqulov kabi 95 minut tinmay yugurib, to‘p uchun kurashib, “enerjayzer” rejimida harakat qilish talab etiladi. Endi bu jismoniy murabbiy Yelechich muammosi.

4. Kashfiyotlar
Hozirgina nomi tilga olingan Sanjar Qodirqulov oxirgi 2 o‘yin natijasiga ko‘ra, shaxsiy fikrimcha, “foydali harakatlar koeffisenti” bo‘yicha 1-o‘rinda turibdi. Sanjar yaxshi ma’noda D'artanyan rolini bajarmoqda yoki o‘zbekcha aytganda, aravani boshqalarga qaraganda ko‘proq tortmoqda. Bu janob Abramovning kashfiyoti va o‘zbek futboli yutug‘i!

5. Ikki g‘alaba
6 ochko chiroyli o‘yinlarda halol qo‘lga kiritildi! Muhim missiya bajarildi! Keyingi bosqich — “Saudiyaga master klass o‘tash” rejasi!

KAMCHILIKLAR

1. Darvozabon
Suyunov zo‘r tajribaga ega kiper, lekin, shaxsiy fikrimcha, u “Nasaf”da o‘ynagan vaqtlarda hozirgi holatiga qaraganda mahoratliroq edi. Koreya, Yaponiya, Eron kabi top-hujumchilarga ega jamoalarga qarshi o‘yinlarda O‘zbekistonga reaksiyasi yanada tez, yotgan joyidan sakrab tura oladigan darvozabon zarur. Shu sabab, darvozabonlar murabbiyi D.Ivankov bu chiziqda yangi, chayir kandidatlarni sinab ko‘raverish kerak. Mashg‘ulotda zo‘r ko‘ringan harakatlar, Falastinning birinchi golidagi vaziyatda seyv bilan tugashi kerak edi. Ammo, lekin, biroq – straxovka qilib qo‘yish kerak shu choq! Bu chiziqni kuchaytirish variantlarini o‘ylab ko‘rish kerak.

2. Bosh bilan yaxshi o‘ynay olmaymiz
Eldor Shomurodov hozircha istisno, lekin ikkinchi qavatda Anzur Ismoilov ketganidan so‘ng, zo‘r o‘ynaydigan, havodagi 5ta jangning 5tasida to‘pni raqibning boshidan olib qo‘yadigan futbolchilar ko‘rinmayapti. Bu Anzurni fishkasi edi! Shu sabab, kuchli raqiblar bilan bo‘lgan o‘yinlarda qanotlardan oshiriladigan paslarning Shomurodovgacha yetib bormaslik ehtimoli oshadi. Sababi, uni endi kamida 2 markaziy himoyachi havoda qo‘riqlaydi. Shu sabab markaziy yarim himoyachilar, flangdagi hujumlarda Eldorga havo janglarida yordamlashishlari zaruriyati paydo bo‘ladi, bu esa o‘z o‘rnida Eldorga biroz yengillik yaratadi va hujum yakuni uchun variantlar taqdim etadi. Buning uchun esa, jamoa bosh bilan normal o‘ynash kerak yoki bosh bilan o‘ynash hadisini eplay olmasak, flangdagi paslar yerdan uzatilgani samaraliroqdir.

3. Standartlar
Jaloliddin Masharipov jarima to‘plari va burchak to‘plarini tepmagani ma’qul. Termada nimagadir uning “Paxtakor”dagi kabi aniqlik koeffisenti pas. Fikrimcha, alternativ variant sifatida jarima, burchak zarbalarini chap qanotdan Farrux Sayfiyev, o‘ng qanotdan Doston Hamdamov oshirishlari, hujumga rang baranglik, raqib himoyachilariga esa xavotir olib kiradi. Odil Ahmedov va Ikrom Aliboyev esa, o‘zlariga jonajon bo‘lgan har qanday nuqtadan jarimalarni oshiraverishsin, sababi ularda aniq zarba shakllangan. Jalol esa standartlar bo‘yicha qo‘shimcha ishlashi zarur. Jalol kabi lateral yoki flang hujumchilarini asosiy nomeri bu aslida.

4. Gemoglobini temirdan iborat yangi qon
Chap qanot yarim himoyasida Sardor Mirzayevni harakatlari, fikrimcha, MTJga tortmayroq turibdi. Tezligi yuqori emas, Jalol kabi driblingiga ishonib 1 ta raqibni yakkama-yakka aldaganini Singapur bilan bo‘lgan o‘yinda ko‘rmadim. Sayfiyev hujum boshlash uchun bergan pasni raqib kelishi bilan Sayfiyevni o‘ziga orqaga qaytaradigan futbolchi, flanglarda katta effekt bermaydi. Tezligi yuqori, 1 ta raqibni aldab, chalg‘itib, raqib jarima zonasiga aniq “naves” qiladigan chap oyoqli futbolchilarni sinab ko‘rish kerak. Yangi Jasur Hasanovlar kerak hozir termaga!

5. Foydalanilmagan imkoniyatlar.
Avvalgi postimning birida, kuchli raqiblarga qarshi janglarda maksimum 3 ta imkoniyat bo‘lishi va shu 3 imkoniyatni 2 tasi chala imkoniyat bo‘lishi haqida yozgandim. Maqsad, ana shunday grandlar bilan bo‘ladigan o‘yinlarda 3 ta imkoniyatni kamida 2 tasidan foydalanish mahoratini oshirishda. Misol uchun, Turkiya maksimum 2 ta real imkoniyatga ega bo‘ldi, 1 tasidan foydalandi va Fransiyadan 1 ochko olib ketdi. Bu endi klassika! Shu sabab, bu element ustida ishlash zarur!

Agar, bugun Eldorga o‘yin oldidan: "Bugun yaratiladigan vaziyatlarni kamida 70%ni gol bilan yakunlashing shart!”, deyishganida, hisob kamida 1:6 bo‘lardi bizning foydamizga!

Bilaman, futbolda vaziyatlarga oldindan garantiya berish qiyin, lekin puxta tayorlangan uy vazifalari, albatta o‘z natijasini beradi.

“Yo‘q, buning uchun bizga Levandovski kerak!” kabi skeptik qarashlar esa, sharhlovchi aytganidek: "Aaaajoyiib, zargarona zarba, lekin noaniq!” bo‘lib qolaveradi!

O‘sha gap, 5 kara 5=25! Paks!

Furqat Qurbonov

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 06:42, 18.10.2019. O'qildi: 12469 marta. Fikrlar: 22 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 19
2 Мальорка Vedat Muriki 14
3 Барселона Ferran Torres 11
4 Барселона Robert Levandovski 9
5 Вильярреал Alberto Moleyro 8
6 Бетис Kucho Ernandes 8
7 Осасуна Ante Budimir 8
8 Барселона Rafinya 7
9 Сельта Borxa Iglesias 7
10 Барселона Lamin Yamal 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.