Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futbolchi va murabbiylarar o‘rtasidagi janjallar

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Mashhurlar / Iqtiboslar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Katta futbol jamoalari o‘ziga hos harakter egalaridan tashkil topishi hech kimga sir emas. Mashxur va katta daromad oladigan yigitlar bilan ishlaydigan  murabbiylarga ham oson emas. Ular klubdagi har bir futbolchi bilan til topishib ketishi va ichki muhitni yaxshilashi lozim. Aks xolda, futbolchi va murabbiy o‘rtasida janjal chiqishi tabiiy. Bugun so‘nggi yillarda bo‘lib o‘tgan futbolchilar va murabbiylar o‘rtasidagi janjallarni eslab o‘tamiz.

Mourinyo va Kasilyas



«Benazir» Madrid klubidagi faoliyati davomida aynan futbolchilar bilan bo‘lgan yoqimsiz xolatlar bilan ko‘p bor to‘qnashgan bo‘lsada, klub ramzi sanaladigan Iker Kasilyas bilan bo‘lgan mojoro alohida qayd etib o‘tish lozim. «Real Madrid» bilan butun umrlik shartnoma imzolagan futbolchi 2012-yilda boshlandi. Joze «Barselona»ga qarshi uchrashuvlarni janggi aylantirib yuborar, futbolchilardan ham ushbu o‘yinga ana shunday ruhda yondoshishlarini talab etar edi. Faqatgina Iker «Barsa» futbolchilari bilan iliq munosabatda bo‘lar, o‘yindan so‘ng ular bilan uzoq vaqt gaplashib turar edi. Bundan g‘azablanga Joze klubning afsonaviy darvozabonini Zahira o‘yinchisiga aylantirib qo‘yadi. Murabbiy Ikerni tanqid qilmas, o‘zining tutgan yo‘lini darvoza chizig‘ida sog‘lom raqobat hosil qilishga urunish deb b izohlashga tushib ketadi. Sekin-asta Diyego Alvez asosiy tarkibga moslashib olgach, Iker to‘liq zahira darvozboniga aylanib qoldi. Futbolchi va murabbiy o‘rtasida ortiqcha gap-so‘z o‘tmagandek tuyulsada, barcha nima bo‘layotganini aniq bilib ulgurgan edi. Joze Ikerni klubda tutgan o‘rnini va futbolchilarga o‘z so‘zini o‘tkaza olishini sira hush ko‘rmas shu sababdan uni o‘z jamoasida uzoqlashtirish uchun umuman o‘yin amaliyotisiz qoldirdi. O‘sha davrlar haqida xotirlagan Iker Jozening iste’fosidan so‘ng quyidagi so‘zlarni aytgan edi: Biz umuman gaplashmasakda, o‘rtamizda katta urush ketar edi. Unin Madriddagi so‘nggi mavsumida umuman aloqalarimiz uzilib qoldi”

Afsuski, Mourinyoning klubdan ketishi Ikerga yordam bermadi. Qahramonimiz Anchelotti davrida ham asosiy tarkib futbolchisiga aylanishni uddalay olmadi va faqatgina kubok o‘yinlarida maydonga tushish bilan cheklandi.

Bekxem va Fergyusson



Angilyalik afsoanaviy futbolchi murabiylar bilan har doim til topishgan bo‘lsada, Fergi bobo bundan mustasno.

«Manchester Yunayted»ning Kubok finalida «Arsenal»dan qabul qilib olgan mag‘lubiyati sababli futbol olamining tirik afsonalari o‘rtasida o‘sha mashxur janjal chiqqani hech kimga sir emas.

O‘yindan so‘ng, kiyinish xonasida Fergusson Beksga «Eshli Koulning oldida huddi qiz bolaga o‘xshab qolding» degan so‘ziga, Devid darhol : «Siz  Vengerning oldida qiz bolaga o‘xshab qolganingizchalik emas» deb javob qaytaradi. «Manchester Yunayted» klubidagi birinchi raqamli inson o‘z faoliyati davomida ilk bor o‘z futbolchisi tomonidan qilingan tanqidga chiday olmaydi va o‘sha mashxur «uchar butsalar voqeyasi» sodir bo‘ladi. O‘sha lahzalar haqida o‘zining avtobiyagrfiyasida Ser Aleks shunday eslaydi: «Men va Devidning o‘rtasida 12 fut masofa bor edi. Men jaxl ustida unga yaqinlashib borayotgan edim. Qarasam yerda yangi butsalar yotibdi. Jaxl bilan butsalarni unga qarata tepdim. Ulardan biri uning qoshiga borim tegdi. Albatta, u darhol menga tashlandi, biroq qolganlar uni ushlab qolishdi. O‘sha paytlari Devid o‘zini klubda mendanda ustunroq deb o‘ylagan bo‘lsa, ajab emas»

O‘sha janjaldan ko‘p o‘tmay «Manchester Yunayted» o‘z yulduzini «Real Madrid»ga sotib yuboradi. Fergusson esa, o‘z postida yana 10 yil ishlashga muvaffaq bo‘ldi.

Balotelli va Brendan Rojers

Italiyalik iqtidor egasining «Liverpul»dagi faoliyatini to‘liq omadsilik desak, adashmagan bo‘lamiz. Shunga qaramasdan Mario «Liverpul»dagi omadsiz mavsumning bosh sababchisi sifatida aynan Rojersni ko‘rsatgani tushunarsiz. Qahramonimiz «qizillar» safida to‘p surib yurgan chog‘laridayoq murabbiyni keskin tanqid qilishga tushib ketadi. O‘zining intervyulardan birida “ «Liverpul»ga o‘tish mening faoliyatimdagi eng qo‘pol xató bo‘ldi. Ajoyib muxlislar va ayrim futbolchilarni inobatga olmasa, bu klub menga umuman yoqmadi. Rojersning murabbiylik salohiyati va qiliqlari kishini g‘azablantiradi. Men «Liverpul»da o‘zimni hech qachon yaxshi his etmaganman. Bu murabbiyning xatosi. Men o‘zimni erkin his etishim va buning uchun menga murabbiy kerakli sharoitni yaraib berishi lozim. Shu o‘rinda Rojersning bosiqligiga qoyil qolmasdan ilojimiz yo‘q. Murabbiy Balotelli bilan ortiqcha janjallarsiz uni tezroq klubdan ketishini ta’minladi va bosh og‘rig‘idan xolos bo‘ldi. Keyinchalik murabbiy Balotelli haqida xotirlar ekan, unga zo‘rg‘a chidaganini, ba’zan mushtlashib ketishlariga oz qolganini kulib aytib bergan edi.

Karlos Tevez va Manchini


O‘z futbolchilari bilan o‘rtada masofa saqlashga va ular ustida hukmronlik o‘tkazishga o‘rganib qolgan Roberto Manchini va juda qiyin o‘tgan yoshlik sababli qiziqqon bo‘lib ulg‘aygan Karlos Tevez o‘rtasidagi kelishmovchilik katta janjalga aylanib ketishi tobora aniqlashib borar edi.

Tevez murabbiyning ehtiyotkor taktikasini hushlamas, bu haqida murabbiyning o‘ziga ham bir necha bor aytgan edi. Manchini ham Tevezni Zahira futbolchisiga aylantirishni boshlab yuborgach, barchasi jiddiylashib ketdi. YECHL doirasidagi «Bavariya»ga qarshi uchrashuvda zahiradan maydonga tushishdan bosh tortgan Tevez butun dunyo ko‘z oldida italiyalik mutaxassisning hurmatini bir pul qiladi. O‘yindan so‘n, Manchini Tevez bilan aloqalar butkul uzilishini u «Man Siti»da to‘p surishga noloyiqligini aytgan bo‘lsada, oradan bir necha oy o‘tib hammasi iziga tushib ketdi. Tevez yana «shaxarlklar» safida gollar kiritishni boshladi, biroq murabbiyga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi.

Ibrahimovich va Lui van Gal



Ibra «Ayks» safida to‘p surib yurgan chog‘larda Lui van Gal bilan mushtalshib ketish darajasiga borgan, aynan an Gal sababli «Ayks»ni tark etishga majbur bo‘lanidan ko‘pchilikning xabari bo‘lmasa kerak. Klubni Ronald Kuman boshqarayotan bo‘lsada, «Ayaks» sport direkori Lui van Gal murabbiyning ishlariga bemalol aralashar, o‘z so‘zini Kumanga o‘tkazar edi. Eng qizig‘I shundaki, aynan van Gal Ibrahimochni faqatgina YECHL uchrashuvlarida maydonga tushirishni va himoyalanayotganda ko‘proq yordam berishini talab qiladi. Ibra esa,  Van Gal haqidagi mashxur itiboslaridan birini klubdan ketishi oldidan aytgan edi: «Lui keragidan ortiqroq darajada maqtanchoq inson. U hazilni umuman tushunmaydigan diktatorga o‘xshaydi» Oradan ko‘p o‘tmay van Gal ibraga javob qaytaradi: " Futbol shu kunga qadar minglab kuchli futbolchilarni ko‘rgan va yana ko‘radi. Ibra ham bundan mustasno emas. U mening nazlimda o‘rtamiyona futbolchiligicha qolgan"

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 14:47, 23.10.2019. O'qildi: 3349 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик