Italiya chempionatining 9-turi doirasida "Inter" o‘z uyida "Parma"ni qabul qildi. "Neradzurri" mazkur o‘yinda g‘alaba qozonsa, A seriya peshqadamiga aylanishi mumkin edi, boisi, avvalroq "Yuventus" ochko yo‘qotgan edi.
Bahsning 23-daqiqasida Antonio Kandreva milanliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan ko‘p o‘tmasdan mehmonlar nafaqat hisobni tenglashtirishdi, balki oldinga ham o‘tib olishdi.
Ikkinchi bo‘limda "Inter" Romelu Lukakuning goli evaziga hisobni tenglashtirishdi. qo‘shib berilgan daqiqalarda mezbonlar g‘alabani ilib ketishlari mumkin edi. Ammo Espozitoning zarbasidan so‘ng to‘p shundoqqina ustun yonidan o‘tib ketdi.
Shu tariqa, "Inter" o‘z ochkolarini 22taga yetkazib, 2-pog‘onada qoldi.
Italiya A seriyasi, 9-tur
Inter – Parma 2:2 (1:2, 1:0)
Gollar: 1:0 – 23 Kandreva, 1:1 – 26 Karamo, 1:2 – 30 Jervinyo, 2:2 – 51 Lukaku.
Inter – Xandanovich, Bastoni, Godin (de Vrey, 66), Shkrinyar, Biragi, Kandreva, Brozovich, Barella, Galyardini (Politano, 84), Lukaku, Martines (Espozito, 73).
Parma – Sepe, Darmian, Yakoponi, Dermaku, Galyolo (Pessella, 66), Kulusevski, Skossarella, Jervinyo (Barilla, 84), Kuska, Karamo (Sprokati, 71), Ernani.
Ogohlantirishlar: Barella (13), Kandreva (44), Espozito (81), Sepe (88), Darmian (90).