Bugun 16 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 7 18
2 Neftchi 7 18
3 Navbahor 7 15
4 Buxoro 7 14
5 Bunyodkor 7 13
6 Nasaf 7 12
7 Lokomotiv 7 11
8 Xorazm 7 9
9 Surxon 7 8
10 OKMK 7 8
11 Qo‘qon-1912 7 7
12 Dinamo 7 7
13 Qizilqum 7 6
14 Andijon 7 6
15 So‘g‘diyona 7 5
16 Mash’al 7 0

O'tgan o'yinlar.

7-тур Navbahor 2-0 Surxon
7-тур Dinamo 1-2 Lokomotiv
7-тур Andijon 1-2 OKMK
7-тур Nasaf 1-1 Buxoro
7-тур Paxtakor 2-1 Mash’al
7-тур Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
7-тур Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
7-тур Bunyodkor 0-1 Neftchi

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Muxlislar O‘zbekiston – Qirg‘iziston uchrashuvi chiptalarini qayerlarda harid qilishlari mumkin?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bilasiz, noyabr oyida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda JCH-2022 saralashi doirasida Saudiya Arabistoni hamda Falastin termalariga qarshi maydonga tushadi.

Ushbu muhim bahslarga tayyorgarlik doirasida Vadim Abramov boshchiligidagi milliy jamoamiz Qirg‘iziston terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Uchrashuv 9 noyabr kuni Toshkentdagi  “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi va soat 17:00da boshlanadi.

Oldin xabar berganimizdek, chiptalar oldi-sotdisi jarayonini tartibga solish, chiptalarning olib-sotarlar qo‘lida qaytadan sotilishining oldini olish, qolaversa muxlislar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish, bu orqali esa chiptalarning shaffof savdosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi iticket.uz chiptalar operatori bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Natijada iticket.uz milliy terma jamoa o‘yini chiptalari savdosini to‘liq hajmda amalga oshiradi.

O‘zbekiston – Qirg‘iziston uchrashuvi chiptalari sotuvi hamon davom etmoqda. Endilikda ishqibozlar vaqtlarini ketkazmay, stadion kassalarida uzundan-uzun navbatlarda turmasdan, uydan chiqmagan holda ham elektron shaklda chiptalar harid qilish imkoniga ega.

Hozirda o‘yin chiptalari iticket.uz saytida, shuningdek, quyidagi savdo shaxobchalari va kassalarda sotilmoqda:

- Afrosiyob 4A, Grand Trade Biznes Markazi, 1-qavat (Soat 09:00dan - 19:00gacha);

- “Humo Arena” majmuasi (Soat 10:00dan - 20:00gacha);

- “Samarqand Darvoza” ko‘ngilochar savdo majmuasi, 1-qavat (Soat 10:00dan - 22:00gacha);

- “Compass” ko‘ngilochar savdo majmuasi, 1-qavat (Soat 10:00dan - 22:00gacha);

- Samarqand shahri, Universitet hiyoboni, 1/4, Malika Prime mehmonxonasi (Soat 09:00dan - 18:00gacha).

- “Paxtakor” stadioni kassasi (Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi yonida joylashgan kassa - soat 10:00dan - 20:00gacha).

Chipta bo‘yicha batafsil ma’lumotni iticket.uz saytidan olishingiz mumkin.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 20:25, 06.11.2019. O'qildi: 3796 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Doston Hamdamov 4
2 Нефтчи Stipe Perisa 4
3 Сурхон Chinedu Stefan 4
4 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 4
5 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 3
6 Нефтчи Alisher Odilov 3
7 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
8 Нефтчи Zoran Marushich 3
9 Пахтакор Flamarion 3
10 Сўғдиёна Feysal Mulich 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик