Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Saudiya Arabistoniga yutqazdik: Abramovning asosiy xatosi nimada?

Baho:
+1 | -
O'ZBEK FUTBOLI / Milliy terma jamoa / Rasmiy uchrashuvlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

2022 yilgi jahon chempionatiga saralash o‘yinlarida o‘z uyimizda Saudiya Arabistoni terma jamoasiga yutqazdik.

JCH-2022 saralash. Osiyo, 2-bosqich. "D" guruhi, 5-tur

O‘ZBEKISTON - SAUDIYA ARABISTONI - 2:3 (1:1)

Gollar: Eldor Shomurodov (16), Otabek Shukurov (56-penalti) — Salmon al-Faraj (22-penalti, 86), Salim ad-Dovsariy (89)

Ogohlantirishlar: Salim ad-Dovsariy (73), Abdulaziz al-Beshiy (77)

O‘zbekiston: 1.Eldorbek Suyunov - 3.Hojiakbar Alijonov, 9.Odil Ahmedov, 5.Rustam Ashurmatov, 4.Farruh Sayfiyev - 8.Ikrom Aliboyev, 7.Otabek Shukurov, 13.Sanjar Qodirqulov - 10.Jaloliddin Masharipov (Odil Hamrobekov 82), 17.Dostonbek Hamdamov (Igor Sergeev 90), 14.Eldor Shomurodov.

Saudiya Arabistoni: 21. Al-Ovays, 4.As-Sahafiy, 5.Al-Xabroniy, 6.Al-Breyk, 7.Al-Faraj, 8.Ash-SHehriy (Navof al-Obid 72), 11.Bahebriy (Abdulaziz al-Beshiy 62), 13.Ash-SHahroniy, 14.Otayf, 17.Al-Birakan, 18.Ad-Dosariy

Hakamlar: Ryuji Sato, Xiroshi Yamauchi, Jun Mixara, Yudai Yamamoto (barchasi Yaponiya)

Nazoratchi: Omar Musa Halaf Abu Lum (Iordaniya)

Komissar: Mohd Sayfiddin Abu Bakar (Malayziya)

Avvalo, stadionning holatiga e’tirozim bor. «Paxtakor» stadioni bugungi o‘yinni o‘tkazadigan holatda emasdi. Yo‘q, buni mag‘lubiyat uchun bahona qilib ko‘rsatayotganim yo‘q, rasmiy o‘yinlar o‘tkaziladigan stadionning holati bundan ancha yaxshi bo‘lishi kerak edi, har holda bu o‘zbek futbolining obro‘si.

Bugungi o‘yinda Abramov yutqazdi. Murabbiy sifatida raqibiga imkoniyatni boy berdi. Negaki raqib murabbiysi terma jamoamizni yaxshigina o‘rgangani bilindi. Biz qanotlardan ikkinchi qavat orqali jarima maydoniga to‘p uzatilishi va hujumchilarimizning, xususan, Eldorning bosh bilan zarba berishiga tayanib qolgandik. Arablar murabbiysi esa aynan ana shu taktikaga qarshi qurol qo‘lladi: bo‘ydor himoyachilar havodan uzatilgan to‘plarni bartaraf etishdi.

Abramov esa raqibni yetarlicha o‘rganmagani sezildi. Bu uning asosiy xatosi bo‘ldi. Chunki Saudiya Arabistoni termasi safida bo‘ydor himoyachilar borligini bilib, buni inobatga olib, boshqacharoq taktika qo‘llashi lozim edi.

Vadim Karleonovichning tarkib borasidagi tanlovi ham xato bo‘ldi. Odil Ahmedov Saudiya Arabistonidek tezkor jamoaga qarshi himoyada o‘ynaydigan futbolchi emas. Ayb Odilda emas, uning hozirgi jismoniy holati o‘zidan ancha yosh futbolchilarni tezlik borasida ortda qoldirish imkoniyatini bermaydi. Himoyada esa muhimi tezkorlik. Abramov ana shu jihatni negadir unutdi, Odilning tajribasiga ishonib, himoyaga qo‘ydi, yangilik yaratishga urindi, ammo bu tanlovi xato ekanligi ma’lum bo‘ldi.

O‘yinda mag‘lubiyatni ta’minlagan yana bir jihat — futbolchilarimizning toliqib qolgani va bu futbolchilarning vaqtida almashtirilmagani. Uchinchi golda charchoq tufayli to‘pga yeta olmagan Otabek Shukurov yakunda ham burchak zarbasini tepa olmadi. Abramov esa ana shu charchog‘i sezilib qolgan futbolchilarni almashtirishi kerak edi vaqtida. Raqib murabbiysi esa kerakli vaqtda futbolchi almashtirdi va yakunda kerakli natijaga erishdi.

Maydonda menda ijobiy taassurot qoldirgan futbolchilar Hojiakbar Alijonov va Sanjar Qodirqulov bo‘ldi. Eng yomon taassurot qoldirgani esa boshqa bir Alijonov — Ikrom Aliboyev, Rustam Ashurmatov hamda Jaloliddin Masharipov. To‘g‘ri, Masharipov borasidagi fikrimga o‘tgan gal ko‘pchilik e’tiroz bildirgandi, uning driblinggi yaxshi, lekin samarasiz, keraksiz harakatlari bor. Ushbu o‘yinda ham golli yakun topishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarning ko‘kka sovurilishiga ma’lum miqdorda «hissa qo‘shdi».

Ikrom Aliboyevning gol bilan yakun topishi mumkin bo‘lgan vaziyatda to‘pni o‘yindan tashqari holatda turgan futbolchiga uzatgani juda noprofessional futbolchining harakati bo‘ldi. Yanayam bilmadim, menga shunday tuyuldiki, futbolchilar Eldor Shomurodovni jarima maydoni ichida to‘p bilan ta’minlashni «istamashmadi». Negaki ba’zan Jaloliddin Masharipov, ba’zan boshqalar kerak vaziyatda Eldorga to‘pni uzatishmadi. Takror aytaman, menga shunday tuyuldi.

Bosh hakamga e’tiroz yo‘q. Ayniqsa, ikkinchi bo‘limda u munosib o‘ynadi.

Uchinchi golda Eldor Suyunovning noto‘g‘ri joy tanlagani ham biroz pand berdi. Ammo vaziyat shu qadar tez yuz berdiki, u nima bo‘lganini ham tushunmay qoldi.

Men Abramovning nega o‘z vaqtida o‘zgarishlarni amalga oshirmaganini tushunmadim. Yo‘q, tushungandek bo‘ldim, u qo‘shimcha daqiqalarda futbolchilarni almashtirib, vaqtdan yutmoqchi bo‘ldi, chunki biz oldinda edik va voqealar rivoji shunga qarab ketayotgan edi. Ammo aynan o‘sha reja pand berdi, yakunda charchoq, pala-partishlik hamma narsani hal qildi.

Menga biroz taskin beradigan narsa — o‘yinning yaxshiligi, har holda Kuper davridagi termaning o‘yinidan yaxshiligi. Ishqilib, keyingi o‘yinlarda Abramov xatolarni to‘g‘rilab, o‘zidagi kamchiliklar ustida ham ishlasin.

Aytgancha, Abramov ko‘rsatishni istamagan sirli taktika Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yinda ham sezilmadi. Yoki u sirli taktika emas (agar maydonda qo‘llangan bo‘lsa), chunki biz hech qanday yangi uslub ko‘rmadik, yoki futbolchilar topshiriqni ko‘ngildagidek bajara olishmagan.

Vadim Abramovga ishonishda davom etamizmi? Ha, albatta!

Nizomjon ISLOMOV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:15, 14.11.2019. O'qildi: 23239 marta. Fikrlar: 85 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик