Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • 1:0
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • 1:1
      • Manchester Siti
      • 20.05.2026 00:15
      • Chelsi
      • 2:1
      • Tottenhem
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Oltin to‘p» nega aynan Messiga berildi?

Baho:
+1 | -1
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Oltin to‘p» shunday mukofotki, aniq bir mezonga ega emas. Ovoz beruvchilar esa ba’zan aql, ba’zan hissiyotga tayanib qaror qilishadi. «Oltin to‘p» – bu individual mukofot, lekin u bir yili u eng kuchli o‘yinchiga, boshqa yili esa o‘z jamosini g‘alabaga ruhlantirgan futbolchiga beriladi.

O‘tgan yilgi taqdirlash marosimini hech kim unutmaydi. Luka Modrich, Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish yo‘lida "Real" ning muhim qismi bo‘lgan xorvatiyalik yarim himoyachi va jahon chempionati finaliga chiqqan Xorvatiya terma jamoasining ajralmas qismi sifatida «Oltin to‘p»ni qabul qildi.

Ammo Modrich haqiqatan ham o‘sha yilning eng kuchli futbolchisi bo‘lganmi? Zo‘rg‘a. Ammo bu tanlov edi va uni adolatsiz deb atash mumkin emas. Agar o‘sha paytda Ronaldu "Oltin to‘p" ni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, bu qaror ham mantiqqa to‘g‘ri keladi.

Shunga o‘xshash vaziyat ushbu mavsumda ham yuz berdi.

Virjil van Deyk aql bovar qilmas o‘yin ko‘rsatdi. Yodingizda bo‘lsa, Maldini yoki Nesta, Tyuram va Kannavaro, Vidich va Ferdinand kabi buyuk himoyachilar haqida necha yil davomida gapirib keldik. «Dunyoning eng yaxshi markaziy himoyachisi kim?» degan savolga Serxio Ramos deb javob berdik. Keyin esa kutilmaganda van Deyk paydo bo‘ldi. Devor himoya, xarizmatik yetakchi va hujumda yordamchi.

Gollandiyalik himoyachi bu yil Chempionlar ligasini yutdi, Angliya chempioni bo‘lishga juda yaqin keldi va Millatlar Ligasida ham zafardan bir qadam narida qoldi. Ammo u jamoasining eng yaxshi o‘yinchisimi?

Yurgen Klopp «mersisaydliklar»dan ajoyib «shirinlik» tayyorladi. "Liverpul" ning qanot himoyachilari bu mavsumda g‘ayrioddiy darajalarga erishishdi. Muhammad Saloh o‘tgan yilga nisbatan biroz susaydi, ammo hujumda hali ham asosiy rolni o‘ynab kelmoqda, Sadio Mane esa yanada yaxshilandi. Roberto Firmino – yashirin qurol.

Van Deyk bu «qizillar»ning ajralmas qismidir. "Liverpul"da bunday iqtidorlar ko‘p va ularning barchasini dunyoning eng yaxshi murabbiyi bog‘lab turadi. Bundan tashqari, ehtimol Kloppning uslubi van Deykni shunday yirtqich futbolchiga aylantirgan bo‘lishi mumkin. Yo‘q, biz Virgilning iste’dodini kamsitmaymiz, ammo Joel Matipni eslang. Hatto 2-3 yil oldin ham hamma Kloppni bunday past darajadagi futbolchilarga ishongani uchun qoralagandi, ammo Matip nimalar qilganini yaxshi bilasiz.

Messi-chi? «Barselona» qachon bunday yomon o‘yin ko‘rsatganini eslash qiyin. Ernesto Valverde jamoasi bir yildan beri yaxshilanmaydi, rahbariyat almashmaydi, ijobiy o‘zgarish yo‘q. Bunday vaziyatlarda argentinalik futbolchi o‘z jamoasini sudrab yurishi kerak. 2019 yilda "Barsa" Messi maydonga tushgan o‘yinlarda nechchi marta yutqazgan? 4 marta. Messi maydonda bo‘lmagan o‘yinlarda-chi… Bunda ham 4 marta. Ammo unutmang, «Barselona» Messisiz 9 ta o‘yin o‘tkazgan. Ya’ni Messisiz o‘tgan o‘yinlarning deyarli teng yarmida mag‘lubiyat qayd etilgan…

Luka Modrich "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgani, Leo beshinchi o‘ringa tushib qolganidan keyin Messi 17 ta o‘yinda 23 ta gol urdi va 9 ta assistni amalga oshirdi. Keyin esa bu sodir bo‘ldi.

Endi tasavvur qiling. "Barsa" va "Liverpul" o‘rtasidagi YECHL dagi o‘yinlarda:

– agar birinchi o‘yinda Dembele kamida uchta imkoniyatning bittasidan foydalanganida;

– agar Xenderson qo‘pol harakati uchun chetlatilganida;

– agar Messi yakkama-yakka vaziyatga chiqargan paytida Suares unumli foydalanganida;

– oxirida "Barsa" himoyachilari burchak zarbasiga tayyor bo‘lishganida nima bo‘lardi?

Tasavvur qiling.

Agar bulardan biri yuz bersa va "Liverpul" emas, "Barselona" Chempionlar ligasi finaliga chiqsa, van Deyk haqida gapirarmidingiz? "Oltin to‘p"ning haqiqiy sohibi haqida nima degan bo‘lardingiz?

Leo Messi, shubhasiz, bu yilgi eng yaxshi individual o‘yinni namoyish etdi. U Yevropaning eng yaxshi to‘purari va eng yaxshi assistentga aylandi, bunga qanday erishish mumkin? U Ispaniya chempionatining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi, Chempionlar Ligasining eng yaxshi hujumchisi, Chempionlar Ligasining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.

Leoning hisobida 54 ta gol va 23 ta asist bor. Ba’zi sabablarga ko‘ra, bunday statistika odatdagidek qabul qilinmayapti, masalan, xuddi o‘sha Andrey Shevchenko o‘zining "Oltin to‘pi"ni bir yilda atigi 27 ta gol bilan qo‘lga kiritgani kabi. Nega bunday? Chunki Messi va Ronaldu bizni ko‘p gollarga o‘rgatib qo‘ygan.

Xulosa shu, barcha futbolchilar orasida yilning eng yaxshi o‘yinini namoyish etgan futbolchi Messi bo‘ldi.

 

Manba: football.ua
Kiritildi: 18:19, 03.12.2019. O'qildi: 17344 marta. Fikrlar: 42 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик