Bugun 12 sentyabr, 2025 yil, juma.

  • Superliga
      • 11.09.2025 18:30
      • Mash’al
      • 2:1
      • Sho‘rtan
      • 12.09.2025 18:30
      • So‘g‘diyona
      • -:-
      • OKMK
      • 12.09.2025 19:30
      • Navbahor
      • -:-
      • Surxon
      • 13.09.2025 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Qizilqum
      • 13.09.2025 19:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • Neftchi
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 21 46
2 Neftchi 20 42
3 Dinamo 20 38
4 OKMK 20 37
5 Paxtakor 20 36
6 Bunyodkor 20 35
7 Navbahor 20 32
8 Qizilqum 20 26
9 Surxon 20 23
10 So‘g‘diyona 20 21
11 Andijon 20 21
12 Mash’al 21 21
13 Xorazm 20 19
14 Qo‘qon-1912 20 18
15 Buxoro 21 17
16 Sho‘rtan 21 11

O'tgan o'yinlar.

21-тур Nasaf 5-0 Buxoro
21-тур Mash’al 2-1 Sho‘rtan

Navbatdagi o'yinlar.

12/09/25 So‘g‘diyona - OKMK
12/09/25 Navbahor - Surxon
13/09/25 Qo‘qon-1912 - Qizilqum
13/09/25 Paxtakor - Neftchi
14/09/25 Bunyodkor - Xorazm

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3963 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1678 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Taxminlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Hademay qishki transferlar oynasi ham ochilishidan xabaringiz bor. Ayni damda, yangi transferlar borasidagi muzokalar boshlanib ketgan. Bugun futbol bozoridagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirib o‘tamiz.

 

Hames Rodriges

Kolumbiyalik futbolchi “Real Madrid”ga qaytgan bo‘lsada, jamoaga moslashib ketishni uddalay olmadi. Zayniddin Zidanning rejalarida yo‘qligi bois, zahira futbolchisiga to‘liq aylanib bo‘ldi. Futbolchining o‘zi kariyerasini qayta ishga tushirish uchun qishda Madridni tark etmoqchi ekanligini yashirib o‘tirmayapti. “CalcioMercato” nashri tarqatgan xabarlarga qaraganda, Hames o‘z faoliyatini Londonning “Tottenhem” jamoasida davom ettirishi mumkin. Nashr bergan ma’lumotlarga ko‘ra, klub Hamesni Eriksonning transferiga qo‘shmoqchi.

 

Yaponiyalik hujumchi “Liverpul” nigohida

 

Ayni damda “Zalzburg” klubida javlon urayotgan yaponiyalik hujumchi Takumi Minamino “Liverpul” jamoasi nigohida turibdi.

“The Telegraf” nashri bergan ma’lumotlarga suyanadigan bo‘lsak, ushbu transfer bilan shahsan Yurgen Kloppning o‘zi qiziqib qolgan. Hozircha Yaponiya terma jamoasi a’zosi borasida hech qanday taklif jo‘natilganicha yo‘q, lekin “Liverpul” rahbariyati bu masalani albatta ko‘rib chiqishi aniq. ushbu transfer bo‘yicha Yurgen Klopp ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi: “Hozircha bu transfer borasida hech narsa demoqchi emasman. Bu borada jamoadagi barcha muammolarga yechib topgachgina so‘zlashim mumkin. U juda ajoyib futbolchi. Ayni damda ushbu transfer bo‘yicha aytishim mumkin bo‘lgan so‘z mana shundan iborat”

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Liveprul” futbolchi uchun 9 million yevro taklif qilgan, “Zalzburg” esa, o‘z hujumchisini 12 milliondan kamiga sotmoqchi emasligi bois transfer amalga oshmagan edi.

 

Eden Azar “Chelsi”ga qaytmoqchi

Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Eden Azar “Chelsi”ga tez orada qaytmoqchi ekanligni ma’lum qildi.

Bu haqida futbolchining o‘zi taniqli britaniyalik ishbilarmon Frenk Halid bilan bo‘lgan suhbat davomida aytib o‘tgan. “Readfootball” nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, belgiyalik futbolchi Madriddagi ishlarni yakunlagach, yana Londonga borishini ma’lum qilgan. Futbolchining do‘sti Frenk Halidning aytishicha, Eden Madridda baxtli emas va u Londonga qaytish ishtiyoqida yonmoqda. Boz ustiga, ayni damda “Chelsi”dan transfer ta’qiqi olib tashlangan va futbolchi sobiq jamoasidan taklif kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Eden Azar yozda “Real Madrid” safiga borib qo‘shilgan va Krishtiyanu Ronalduning o‘rnini egallashi kutilgan edi. Hozircha 7-raqamning yangi egasi bu ishni uddasidan chiqqanicha yo‘q.

“Atletiko” Saulning narxini e’lon qildi

 

Ispaniya futbolini yoritib boruvchi “TheTelegraf” nashri tarqatgan xabarlarga qaraganda, “Atletiko Madrid” o‘z yetakchisi Saul bilan xayrlashishga tayyor.

Diyego Simione jamoaga yangi qon quyish uchun yetakchilarni sotishga ham tayyor ko‘rinadi. Gap shundaki, klub Saul borasidagi barcha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Bundan tashqari, yarim himoyachining tavol 125 million yevroni tashkil qilsada, uni 85 million yevro evaziga ham qo‘yib yuborishi mumkinligi aniq bo‘ldi. Hozircha futbolchi faoliyatini qayerda davom ettirishi haqida rasmiy ma’lumotlar yo‘q, lekin uning hizmatlari bilan “Tottenhem”, “Manchester Yunayted” va “Bavariya” klublari qiziqib qolgan.

Eslatib o‘tamiz, Saulning “matraschilar” bilan tuzgan shartnomasi 2026-yilga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, uning bandlariga ko‘ra, Saul o‘zi istagan paytda klubni tark etish huquqiga ega.

“Lester” hech kimni sotmoqchi emas

Ayni damda APL poygasida ikkinchi o‘rinda ketayotgan “tulkilar” bosh murabbiyi muxlislarni qiynayotgan savollarga javob berdi. Unga ko‘ra, qishki transferlar chog‘ida jamoani hech kim tark etmasligi aniq bo‘lib ulgurdi. Shu kunga qadar, Britaniya nashrlari “Lester” futbolchilari Ben Chilvel va Jeyms Medisonlarning transferi haqidagi mish-mishlarni urchitib yuborishga ulgurgan bo‘lsada, barchasi yolg‘on bo‘lib chiqdi. “SkySport” nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, klub tomonidan qabul qilingan bu qarorni shahsan Brenden Rojersning talabi ekan. Bosh murabbiy o‘z futbolchilarni jamoada saqlab qolish evaziga transferlar uchun ortiqcha bir yevro ham olmaslikka ham rozi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda “Lester” “Manchester Siti”dan 6 ochko oldinda bormoqda. 1-o‘rindagi “Liverpul”dan esa, 8 ochko ortda. To‘purarlar poygasida Jeymi Vardi 16 ta gol bilan yetakchilikni o‘z qo‘liga olgan.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 00:36, 15.12.2019. O'qildi: 9552 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Насаф Husayn Norchayev 12
2 Пахтакор Igor Sergeev 12
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 10
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 9
5 Бунёдкор Luis Kachorri 8
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
7 Машъал Humoyun Murtazoyev 7
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 6
9 Сурхон Rustam Turdimurodov 6
10 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.