Bugun 11 aprel, 2026 yil, shanba.

  • «A» Seriya
      • 10.04.2026 23:45
      • Roma
      • 3:0
      • Piza
      • 11.04.2026 18:00
      • Kalyari
      • -:-
      • Cremonese
      • 11.04.2026 18:00
      • Torino
      • -:-
      • Verona
      • 11.04.2026 21:00
      • Milan
      • -:-
      • Udineze
      • 11.04.2026 23:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Yuventus
      • 12.04.2026 15:30
      • Jenoa
      • -:-
      • Sassuolo
      • 12.04.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Napoli
      • 12.04.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Lechche
      • 12.04.2026 23:45
      • Komo
      • -:-
      • Inter
  • APL
      • 11.04.2026 00:00
      • Vest Xem
      • 4:0
      • Vulverhempton
      • 11.04.2026 16:30
      • Arsenal
      • -:-
      • Bornmut
      • 11.04.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Everton
      • 11.04.2026 19:00
      • Byornli
      • -:-
      • Brayton
      • 11.04.2026 21:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Fulhem
      • 12.04.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Nyukasl
      • 12.04.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Aston Villa
      • 12.04.2026 18:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Tottenhem
      • 12.04.2026 20:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 11.04.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 1:1
      • Jirona
      • 11.04.2026 17:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Alaves
      • 11.04.2026 19:15
      • Elche
      • -:-
      • Valensiya
      • 11.04.2026 21:30
      • Barselona
      • -:-
      • Espanyol
      • 12.04.2026 00:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Atletiko
      • 12.04.2026 17:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Betis
      • 12.04.2026 19:15
      • Malyorka
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 12.04.2026 21:30
      • Selta
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 13.04.2026 00:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Vilyarreal
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 6 15
2 Paxtakor 6 15
3 Buxoro 6 13
4 Bunyodkor 6 13
5 Navbahor 6 12
6 Nasaf 6 11
7 Lokomotiv 6 8
8 Xorazm 6 8
9 Surxon 6 8
10 Dinamo 6 7
11 Andijon 6 6
12 Qo‘qon-1912 6 6
13 Qizilqum 6 6
14 OKMK 6 5
15 So‘g‘diyona 6 2
16 Mash’al 6 0

O'tgan o'yinlar.

6-тур Lokomotiv 1-1 Xorazm
6-тур Mash’al 0-1 Bunyodkor
6-тур Andijon 0-1 Navbahor
6-тур Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
6-тур OKMK 1-1 Surxon
6-тур Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
6-тур Neftchi 0-1 Paxtakor
6-тур Buxoro 2-0 Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Vilim Posinkovich: «Shota Arveladzeni juda yaxshi taniyman»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Navbahor
Rukn: Intervyular
A A A

Namanganning “Navbahor” klubi joriy mavsumda o‘z oldiga yuksak maqsadlarni qo‘ymoqda, ya’ni, Osiyo Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish niyatida. Buni amalga oshirish maqsadida namanganliklar tarkibni kuchaytirishga harakat qilishmoqda. “Lochinlar”ning 10 yanvardan boshlangan o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga mahalliy futbolchilar bilan birga bir qator mahoratli va tajribali legionerlar ham jalb etilishgan. “Navbahor” ko‘rigida qatnashayotgan shunday xorijlik o‘yinchilardan biri xorvatiyalik hujumchi Vilim Posinkovich. Ushbu futbolchini muxlislarga yaqinroq tanishtirish maqsadida undan intervyu oldik.

— Vilim, avvalo Namanganga xush kelibsiz. Aytingchi, yurtimizga kelguningizga qadar o‘zbek futboli haqida ma’lumotga egamidingiz?
—  Albatta, O‘zbekiston futboli to‘g‘risida, ayniqsa, o‘zbek muxlislari borasida eshitganman. Mamlakatingizda ko‘plab bolqonlik futbolchilar o‘ynashgan hamda ulardan yurtingiz futboli borasida ma’lumot olganman.

O‘zbekiston klublaridan  ayni paytda ko‘rikdan o‘tayotgan jamoam — “Navbahor”, shuningdek, “Paxtakor”, “Bunyodkor” va “Lokomotiv” klublarini yaxshi bilaman. Bundan tashqari, bir paytlari mamlakatingizda Rivaldoning to‘p surganligidan ham xabarim bor.

O‘z o‘rnida ta’kidlash joizki, o‘tgan mavsumda chempionlik unvonini qo‘lga kiritgan “Paxtakor” ustozi Shota Arveladzeni juda yaxshi taniyman. U futbolchilik faoliyati davomida Turkiyaning “Trabzonspor” klubida o‘ynab, ushbu mamlakatning “Qayserispor”, ”Qosimposho” hamda “Trabzonspor” jamoalarini boshqargan. 2011 – 2012 yillarda men ham Turkiyaning “Qayseri Erjiyesspor” klubida o‘ynaganman. O‘shanda u haqda ma’lumotga ega bo‘lganman.  

—  "Navbahor”ga kelishingiz qanday yuz berdi?
— Bunda agentimning munosib hissasi bor. U jamoadan bo‘lgan taklifni ko‘rib chiqdi. “Navbahor” murabbiylariga o‘yinlarim roligi yozilgan diskni jo‘natdik. Shundan so‘ng, ular meni Namanganga taklif etishdi. Shu tariqa, “Navbahor” ixtiyoriga keldim.

—  Jamoa murabbiyi Andrey Kanchelskisni ham yaxshi tanisangiz kerak?
—   “Navbahor” ustozining sobiq ittifoqning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘lganligi, bir paytlari Angliyaning mashhur “Manchester Yunayted” klubida to‘p surganligi, mazkur jamoaning yetakchilaridan biri bo‘lganligidan xabarim bor.

—  Futbolchi bo‘lishingizga kim sababchi bo‘lgan?
—  Onam sababchi bo‘lganlar. To‘g‘risini aytsam, men sportchilar oilasida tug‘ilganman. Onam basketbolchi bo‘lganlar va mening ham sportchi bo‘lishimni xohlaganlar hamda qo‘limdan yetaklab, futbol maktabiga olib borganlar. Shu tariqa 6 yoshimdan boshlab, futbol bilan shug‘ullanishni boshlaganman. Oldin bo‘yim pastligi bois, murabbiylar himoya chizig‘iga qo‘yishgan. Keyinchalik yarim himoya va hujumda to‘p surdim.

—   Xorvatiya terma jamoasi 2018 yilgi jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi hamda o‘sha yili xorvatlar yetakchisi va sardori Luka Modrich “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritdi. “Real” yarim himoyachisi Modrich o‘z yurtida qanchalik mashhur?
—  Luka Modrich Xorvatiyaning  buyuk futbolchisi. To‘g‘ri, Modrichgacha ham Xorvatiyadan mashhur o‘yinchilar yetishib chiqishgan. Ammo milliy terma jamoa bilan hozirgidek ulkan yutuqlarni qo‘lga kirita olishmagan. Ayni paytdagi Xorvatiya terma jamoasi esa ta’kidlaganingizdek, vise-chempion hisoblanadi. Shu bois, Luka Modrich xozirgi paytda ko‘plab xorvatiyalik bolalarning kumiri  sanaladi.

Ammo garchi Modrich buyuk futbolchi bo‘lsa-da, mening bolalikdagi kumirim hamda o‘yinlariga havas qiladigan futbolchi bu Robert Prosinechki sanaladi. Ayni paytda Prosinechki murabbiylik sohasida faoliyat yuritmoqda.

—  Yangi mavsumda “Navbahor”ning oldiga yuksak maqsad, ya’ni OCHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yilmoqda. Sizningcha, bu niyatni amalga oshirish uchun nimalarga e’tibor berish lozim?

—  Albatta, “Navbahor” kuchli jamoa. Ammo men hali O‘zbekiston chempionatining saviyasi, bu yerdagi klublarning darajasini unchalik yaxshi bilmayman. Yuksak maqsadni amalga oshirishda futbolchilardan puxta jismoniy tayyorgarlik talab etiladi. Shuningdek, futbolda omad ham muhim rol o‘ynaydi. Mabodo ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tib, “Navbahor” bilan shartnoma imzolaydigan bo‘lsam, jamoaning chempionlik unvonini qo‘lga kiritishi hamda OCHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi uchun qo‘limdan kelganicha harakat qilaman.

Bizning ma’lumot

Vilim Posinkovich – 1991 yil, 10 yanvarda sobiq Yugoslaviyaning Sarayevo shahrida tug‘ilgan. Ayni paytda Xorvatiyada istiqomat qiladi. Bo‘yi – 184 sm., og‘irligi – 79 kg.
Ampluasi  — hujumchi.

Futbolchilik faoliyati davomi Xorvatiyaning “XASHK”, “Luchko”,  “Slaven Belupo”, Turkiyaning “Qayseri Erjiyesspor”, “Giresunspor”, Gresiyaning “Kavala”, “Iraklis”, “Kissamikos”, “Egianoakos”, Bosniya va Gersegovinaning “Olimpik”, Finlyandiyaning “Rops”, “Santa-Klaus”, Kiprning “AYEZ”, Polshaning “Rux”, Bolgariyaning “Lokomotiv” (Plovdiv) jamoalarida to‘p surgan.

O‘tgan mavsumda Bosniya va Gersegovinaning “Radnik” klubida o‘ynagan.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 23:22, 10.01.2020. O'qildi: 5187 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Doston Hamdamov 4
2 Нефтчи Stipe Perisa 4
3 Сурхон Chinedu Stefan 4
4 Нефтчи Alisher Odilov 3
5 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
6 Нефтчи Zoran Marushich 3
7 Бухоро Shahzodbek Ubaydullayev 2
8 ОКМК Abror Karimov 2
9 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 2
10 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик