Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 12.06.2026 07:00
      • Janubiy Koreya
      • 2:1
      • Chexiya
      • 12.06.2026 23:59
      • Kanada
      • 1:1
      • Bosniya-Gertsegovina
      • 13.06.2026 06:00
      • AQSh
      • 4:1
      • Paragvay
      • 13.06.2026 23:59
      • Qatar
      • -:-
      • Shveysariya
      • 14.06.2026 03:00
      • Braziliya
      • -:-
      • Marokash
      • 14.06.2026 06:00
      • Gaiti
      • -:-
      • Shotlandiya
      • 14.06.2026 09:00
      • Avstraliya
      • -:-
      • Turkiya
      • 14.06.2026 22:00
      • Germaniya
      • -:-
      • Kyurasao
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Meksika 1 3
2 Janubiy Koreya 1 3
3 Chexiya 1 0
4 JAR 1 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 1 1
2 Kanada 1 1
3 Qatar 0 0
4 Shveysariya 0 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Braziliya 0 0
2 Gaiti 0 0
3 Marokash 0 0
4 Shotlandiya 0 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 1 3
2 Avstraliya 0 0
3 Turkiya 0 0
4 Paragvay 1 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ekvador 0 0
2 Germaniya 0 0
3 Kot-d'Ivuar 0 0
4 Kyurasao 0 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Niderlandiya 0 0
2 Shvesiya 0 0
3 Tunis 0 0
4 Yaponiya 0 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 0 0
2 Kabo-Verde 0 0
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Meksika 2-0 JAR
1-тур Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
1-тур Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
1-тур AQSh 4-1 Paragvay

Navbatdagi o'yinlar.

13/06/26 Qatar - Shveysariya
14/06/26 Braziliya - Marokash
14/06/26 Gaiti - Shotlandiya
14/06/26 Avstraliya - Turkiya
14/06/26 Germaniya - Kyurasao
15/06/26 Niderlandiya - Yaponiya
15/06/26 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06/26 Shvesiya - Tunis
15/06/26 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Keyingi bosqichga chiqdik, ammo, baribir, o‘sha gap

Baho:
+1 | -
OSIYO / Saralash turnirlari / Osiyo kubogi saralash
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Janubiy Koreyaga qarshi kechgan ikkinchi bo‘limimiz birinchisiga qaraganda nisbatan yaxshiroq kechdi. Hartugul, futbolchilarimiz faolroq o‘tkazishdi.

Lekin birinchi bo‘limda biz ta’kidlagan kamchiliklar ikkinchi bo‘limda ham to‘liq bartaraf etilgani yo‘q. Mudrashdan uyg‘onib, u yoq-bu yoqqa harakat qila boshlaganimiz rost, lekin hal qilishimiz kerak bo‘lgan muammolar ko‘p.

Umumiy o‘yinni ko‘rib, menda shunday fikr uyg‘ondi: futbolchilarimizda o‘zlariga bo‘lgan ishonch yetishmadi. Ruhiy holatda hamon muammolar bor.

Ikkinchi bo‘limda ham ko‘zga tashlangan kamchilik – futbolchilar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik yo‘qligi. Bugungi futbolchilar negadir bir-birlarini tushuna olishmadi.

Menga yoqmagan yana bir jihat: futbolchilarning jismoniy holati. Kerak bo‘lmagan paytda charchab qolishyapti, kuch to‘g‘ri taqsimlay olish borasida muammolar bor.

Ikkinchi bo‘lim oxirlarida, ayniqsa, ikkinchi golni urishganidan keyin yosh bolalarcha o‘ynay boshladik. Charchab qolishdi yigitlarimiz, to‘pni bir-birlariga uzata olishmadi yigitlarimiz, oddiy holatda to‘pni qabul qila olishmadi yigitlarimiz. O‘yin oxirida esa yutqazayotgan jamoaga o‘xshamadik.

Xullas, hozirgi Olimpiya terma jamoamizda hal qilish zarur bo‘lgan muammolar:

1. Jismoniy holat. Yo tarkibdagi futbolchilarni o‘yinni to‘liq o‘tkaza oladigan holatga keltirish kerak, yoki jismoniy holati talabga javob beradigan futbolchilarni tarkibga jalb qilish kerak. Yoki jismoniy holatni to‘g‘ri taqsimlay olaylik.

2. Ruhiy holat. Raqib kuchli ekanligini eshitib, ismini ham unutib qo‘yadigan futbolchilarga tarkibda joy yo‘q. Terma jamoa murabbiylar shtabida futbolchilarning ruhiy holatiga javobgar mutaxassis bo‘lishi kerak. Futbolchilarning o‘yindagi ruhiy holati talabga javob bermadimi, murabbiy javob bersin. Agar futbolchini ruhiy jihatdan tarbiyalash imkoni bo‘lmasa, javobini berish lozim.

3. Taktika. Uchta o‘yinda ham bir xil muammolar ko‘zga tashlandi. Bu shuni anglatadiki, kamchiliklar ustida ishlanmayapti. Yo Drulovich taktik jihatdan muammolarni hal qila olmayapti, yoki tarkibdagi futbolchilar bunga yaramaydi. Tamom. Yo Drulovichni, yoki tarkibni o‘zgartirish lozim.

4. Sovuqqonlik. Bu murabbiyga ham, futbolchilarga ham tegishli. Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinda ikkinchi golni 70-daqiqada o‘tkazdik. Nahotki shundan keyin o‘zgartirish qilishning imkoni bo‘lmasa? O‘yin tugayotgan paytda, hatto Ronaldu yoki Messi ham nimadir qilishga imkon topolmaydigan darajada kam vaqt qolganida o‘yinchi almashtirish nimaga kerak? Birinchidan, vaqt kam, ikkinchidan o‘zimizning vaqtimizni o‘zimiz yo‘qotamiz. Nahotki Drulovich maydonga yangi tushadigan futbolchiga nimadir qilish uchun ko‘proq vaqt kerakligini tushunmasa, ayniqsa, u futbolchi O‘zbekiston termasida o‘ynayotgan bo‘lsa…

Futbolchilar borasida ham shu. Bizning futbolchilar hamon kerakli qaror chiqarishga yanglishishyapti. Yaxshiboyev zarba berish kerak paytda aldaydi, boshqalari tepish kerak bo‘lmagan paytda tepadi. Murabbiy futbolchilarda "futbolcha qarash"ni shakllantirishi lozim.

Keyingi bosqichga chiqdik. Ammo bu bilan quvonib bo‘lmaydi. Yuqoridagi va biz ta’kidlamagan boshqa kamchiliklarni tuzatish lozim. Umid qilamizki, keyingi o‘yinda xuddi shu tarkib maydonga tushmaydi, bugun «qovun tushirgan» futbolchilar almashtiriladi va boshqacha o‘yin guvohiga aylanamiz.

Nizomjon ISLOMOV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:16, 15.01.2020. O'qildi: 16337 marta. Fikrlar: 86 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 АҚШ Folarin Balogan 2
2 Мексика Xulian Kinyones 1
3 Мексика Santyago Ximenes 1
4 Босния-Герцеговина Yovo Lukich 1
5 Чехия Ladislav Kreychi 1
6 Жанубий Корея Hvang In-Bom 1
7 Жанубий Корея Oh Hyon-Gyu 1
8 АҚШ Jovanni Reyna 1
9 Парагвай Maurisio 1
10 Канада Kayl Larin 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик