Xabaringiz bor, ayni kunlarda Xitoyda tarqalgan xavfli koronavirusi sabab 3-14 fevral kunlari Uxan shahrida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan boks bo‘yicha Osiyo-Okenaiya qit’alari uchun Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi kvalifikasion musobaqa bekor qilingan edi. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining boks bo‘yicha Tokio-2020 saralash musobaqalarini o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhi ushbu musobaqaning yangi sanasini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, mazkur turnir 3-11 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Biroq mezbon mamlakat nomi e’lon qilinganicha yo‘q. Ishchi guruh hozirda mazkur holat yuzasidan bir qator nomzod mamlakatlarni o‘rganib chiqmoqda. Shunisi ma’lumki, u aniq Xitoyda bo‘lmaydi. Ayni paytda Hindiston va Filippin boks federasiyalari mazkur musobaqani o‘zida qabul qilishga tayyor ekanligini bildirgan.