«Atalanta» klubi 2ta o‘yindan iborat muvaffiyatsiz seriyaga chek qo‘ydi. Jamoa safarda «Torino» klubi mehmoni bo‘lib, o‘ta yirik hisobda g‘alaba qozondi.
76-daqiqada turinliklar a’zosi Isso maydondan chetlatildi. Bungacha esa bergamoliklar raqib darvozasiga 5ta to‘p kiritib bo‘lishgan edi. Chetlatishdan keyin ular yana 2ta gol urishga muvaffaq bo‘lishdi.
O‘yin tugashiga 1 daqiqa qolganida "Torino"ning yana bir futbolchisiga qizil kartochka ko‘rsatildi. Mehmonlar shundan keyin boshqa gol urishmadi va 7ta to‘p bilan cheklanishdi.
Yosip Ilichich "xet-trik"ni rasmiylashtirgan bo‘lsa, Luis Muriel "dubl"ga erishdi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Atalanta» o‘z ochkolarini 38taga yetkazib, vaqtinchalik bo‘lsa-da 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Italiya A seriyasi, 21-tur
Torino – Atalanta 0:7 (0:3, 0:4)
Gollar: 0:1 – 17 Ilichich, 0:2 – 29 Gosens, 0:3 – 45, penalti Sapata, 0:4 – 53 Ilichich, 0:5 – 54 Ilichich, 0:6 – 86, penalti Muriel, 0:7 – 88 Muriel.
Torino – Sirigu, de Silvestri, Nkulu, Isso, Laksalt (Milliko, 65), Berenger (Voynovich, 78), Lukich, Verdi (Edera, 79), Meyte, Djidji, Belotti.
Atalanta – Gollini, Gosens (Muriel, 82), Gimshiti, Palomino, Xatebur, Ilichich (Malinovskiy, 71), Froyler, Gomes, de Ron (Pashalich, 57), Toloi, Sapata.
Ogohlantirishlar: de Ron (38), Isso (44), Xatebur (89), Sirigu (89).
Chetlatishlar: Isso (76), Lukich (89).