Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Sevilya 25 29
12 Xetafe 25 29
13 Jirona 24 29
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Selta 0-0 Malyorka
25-тур Xetafe 0-0 Sevilya
25-тур Vilyarreal 0-0 Valensiya
25-тур Barselona 0-0 Levante
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

APL hammani ham qabul qilavermaydi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Dunyoning eng shiddatli ligasi sifatida tan olingan APLda to‘p surish uchun futbolchilardan qo‘shimcha kuch va motivatsiya talab etiladi. Tumanli albiondagi futbol qanchalar tomoshabop bo‘lmasin, u barcha futbolchilarni ham qabul qilavermaydi. Bugun kurashlagan boy ligada omadsiz ishtirok etgan yulduzlar haqida so‘z yuritamiz.

Ernan Krespo

21-asrning ilk yillarida to‘xtatib bo‘lmas hujumchilardan biri sifatida yodga olinadigan Ernen Kresponi tanimaydigan futbol muxlisi bo‘lmasa kerak. Raman Abramovich “Chelsi” tepasiga kelgach, jamoaga yulduzlarni jalb etishni aynan Krespodan boshlaydi. 2003-yilda argentinlik futbolchi uchun 17 million funt sterlingdan voz kechgan “Chelsi” uzoq yillar davomida hujum chizig‘idagi muammolarni bartaraf etishni rejalashtirgan edi, biroq barchasi kutilmagan yakun topdi. Tumanli albiondagi omadsiz mavsumdan so‘ng, futbolchi o‘zini “Milan”ga ijaraga berishlarini iltimos qiladi. “Aristokratlar” formasini yo‘qotib qo‘ygan hujumchini bir mavsumga qo‘yib yuborishadi. Qizig‘i shundaki, Ernan “Milan”da yana avvalgi darajasida harakat qila boshladi. Ijara so‘nggida ortga qaytgach, u APLda yo‘qolib qoldi. Jismoniy yuklamalarga dosh bera olmagan forvard mavsum so‘nggida“Inter”ga o‘tib ketdi.

Xuan Sebastian Veron

Ser Aleks faoliyatidagi eng omadsiz transfer deb yodga olinuvchi yana bir argentinalik futbolchi. Markaziy yarim himoyachi uchun o‘sha davrlarda fantastik summa (2001-yilda 28 million funt sterling!) to‘lashdan cho‘chimagan “qizil iblislar” o‘zlari kutgan natijaga erisha olishmadi. Shotlandiyalik murabbiy tobora o‘yinida pasayish kuzatilayotgan Veronni turli pozitsiyalarda sinab ko‘rganiga qaramay, yarim himoyachi jamoa o‘yinidan tushib qolishda davom etaverdi. Oradan ko‘p o‘tmay, qahramonimiz APLning boshqa bir jamoasi – “Chelsi”ga yo‘l oldi.  “Chelsi” klub uchun bor yo‘gi 7 ta o‘yinda maydonga tushgan Veronning transferi uchun 14 million yevro to‘laganidan hali-hamon afsus cheksa, ajab emas.

Andrey Shevchenko

O‘z avlodning eng yaxshi futbolchisi, “Oltin to‘p” sovrini egasi, YECHL g‘olibi va tug‘ma to‘purar Andrey Shevchenko ham o‘z vaqtida APLni zabt etishni uddalay olmagani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa, ajab emas. Barcha uning “Chelsi”da ham “Milan”da bo‘lgani kabi “yondirishini” kutgan edi, ammo Tumanli albionda ukrainalik futbolchini omadsiz mavsumlar kutib turgan edi. O‘zining ilk mavsumida biroz ko‘zga tashlanib turgan hujumchi, 2007/8-yilgi mavsumni deyarli to‘liqligicha lazariyatda o‘tkazadi. O‘z karyerasini o‘nglab olish maqsadida Italiyaga yo‘l olgan qahramonimiz u yerda ham qo‘nim topa olmadi va barchasini boshlagan “Dinamo Kiyev” klubi bilan shartnoma imzoladi.

Diyego Forlan

Urugvaylik hujumchi APLdagi omadsizlikdan so‘ng, o‘z karyerasini qutqarib qolgan kam sonli futbolchilardan biri. 2002-yilda o‘z kuchini APLda sinab ko‘rishga qaror qilgan forlan barchasini ajoyib tarzda boshlagan edi. Debyut uchrashuvidayoq azalaiy raqiblar “Liverpul” darvozasiga ikkita gol. Bundan ortiq debyut bo‘ladimi? Afsuski, uning APLdagi karyerasida o‘sha debyut uchrashuvidan boshqa birorta yorqin o‘yin bo‘lmadi. Keyinchalik futbolchi 27 ta o‘yin davomida gol kiritishni uddalay olmadi. Oradan ko‘p o‘tmay, uning futbolchilik faoliyatida keskin pasayish kuzatildi. “Manchester Yunayted” UYEyn Runini xarid qilgach, Forlan umuman tarkibdan tushib qolishni boshladi. Diyego o‘z faoliyatini saqlab qolish uchun Ispaniyaga ketishdan boshqa chora topa olmadi.

Pol Pogba

APL bilan chiqisha olmaganlarning eng so‘nggilaridan biri. Ba’zi muxlislar uchun amaldagi JCH g‘olibining bu ro‘yxatda paydo bo‘lishi erish tuyular, biroq ishoning Pogba allaqachon o‘zining so‘nggi bekatiga yetib keldi. 2016-yilda Pogbani ortga qaytarish uchun “qizil iblislar” 110 million yevrodan voz kechishganida, muxlislar Pogbada jamoani qutqaruvchi haloskorni ko‘rishni orzu qilishgan edi. Afsuski, Pogba ikkinchi Bekham yoki Ronaldu bo‘lishni uddalay olmadi. So‘nggi paytlarda jarohatlarga o‘ralashib qolgan fransuz klubda 3ta mavsum o‘tkazgan bo‘lsada, deyarli hech narsani isbotlay olmadi. Ayni damga kelib, Pogba jamoadan ketish uchun hamma narsaga tayyor chinakam omadsiz transferga aylanib bo‘ldi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 22:44, 27.01.2020. O'qildi: 6617 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Атлетико Aleksandr Serlot 9
10 Вильярреал Alberto Moleyro 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.