Ispaniya kubogining nimchorak final bosqichi doirasida ilk o‘yin bo‘lib o‘tdi. Bilbaoning «Atletik» klubi Segunda vakili — «Tenerife» maydoniga safar uyushtirib, katta qiyinchilikka uchradi.
Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq bilbaoliklar darvozaboni Errerin maydondan chetlatildi. Oradan ko‘p o‘tmasdan mezbonlar penaltidan hisobni ochishdi.
Umuman olganda, "Tenerife" o‘yin davomida 3 marta (asosiy vaqtda 2 marta, qo‘shimcha bo‘limlarda 1 marta) hisobda oldinda borgan bo‘lsa, "Atletik" har safar hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
Penaltilar seriyasida esa omad La liga jamoasiga kulib boqdi va "Bilbao" chorak finalga yo‘l oldi.