Ispaniya kubogining chorak final bosqichi doirasida ikkinchi o‘yin ham bo‘lib o‘tdi. Segunda vakili «Mirandes» sensasiya ko‘rsatishda davom etmoqda.
Jamoa o‘z maydonida La liganing ushbu mavsumida 7-o‘rinda borayotgan «Vilyarreal»ni qabul qilib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
«Mirandes» raqib darvozasini 4 marta ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lsa, "sariq suvosti kemasi" atigi 2 marta javob qaytardi.
Shu tariqa, nimchorak finalda "Sevilya"ni mag‘lub etgan «Mirandes» klubi, bu safar «Vilyarreal»ni Kubokdan chiqarib yubordi hamda yarim finalga yo‘l oldi.