Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Aka-uka «dushman» Barezilar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mashhurlar / Moziy yulduzlari
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz Italiyaning ikki grandi — "Milan" va "Inter"da harakat qilgan aka-uka Barezilar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tadi.

Franko va Juzeppe doimo bir jamoada to‘p surishni orzu qilishgan. Bu klub “Inter” bo‘lishi kerak edi, biroq “ko‘k-qoralar” aka-ukalarning kattasinigina (Franko) jamoaga qabul qildi. Juzeppeni mahalliy “Aurora” klubiga qaytarib yuborishdi. To‘g‘ri, o‘sha paytlari kichik Barezining bo‘yi 170 sm.ga yetmas, biroq iqtidor borasida o‘z akasidan sira qolishmas edi. Keyinchalik, Milanning “Inter” klubi o‘sha qarori uchun uzoq afsus chekadi. Sababi, aynan Juzeppe akasidan ko‘ra mashhurroq va sovrindorroq futbolchiga aylanadida…

Aka-ukalar hech qachon qandaydir jismoniy imkoniyatlar bilan ajralib turishmagan. Birining bo‘yi 177 sm. bo‘lsa, ikkinchisiniki 176 sm.ni tashkil etgan. Ikkisi ham qotmadan kelgan, oyoqlari ingichka yigitlar edi. Shunga qaramay, ular maydonda kurashuvchanligi, mehnatkashligi va tartibli o‘yini bilan darrov ko‘zga tashlanar edi. Eng muhimi esa, ikkisi ham o‘yinni yaxshi o‘qish qobiliyatiga ega edi. Raqibning hujumlarini markazdayoq kesib qo‘yish borasida benazir bo‘lgan Barezilar birinchi pas bilan hujum boshlab berishni ham muvaffaqiyatli uddalashgan. Aynan shu faktorlar ularning tezda mashhurlikka erishishlariga sabab bo‘lgani aniq.

“Barezilarning ikkisi ham o‘z tengdoshlaridan ajralib turuvchi sovuqqonlik va mas’uliyat egasi edi. Ular barcha-barcha narsaga jiddiy yondashar, hech narsani e’tibordan qochirmas edi. Ochig‘i, ikkisining ham maydonda yoki uning ortida hazillashganini ko‘rmaganman”. Mauro Tasotti

Juzeppe “Inter” safida 15 yil davomida to‘p surdi va 550 dan ortiq uchrashuvlarda harakat qildi. U ayni damda “Inter” klubining afsonalaridan biri hisoblanadi. Barezilarning kattasi o‘zi singari Italiya futboli afsonalaridan biri Bergomi bilan birgalikda uzoq muddat tandem sifatida harakat qilgan. Klub muxlislari doimo o‘z himoyachilarini juda yaxshi ko‘rishar, uning terma jamoadan chetda qolishini qayg‘u bilan kutib olishar edi. Darhaqiqat, Italiya termasi ustozlari doimo “Inter” futbolchisi Barezini emas, bir paytlar “Inter” o‘z safida ko‘rishni istamagan Barezini milliy jamoaga chorlashgan. Shu sababli, Frankoning kolleksiyasida JCHning barcha medallari (1982 — oltin, 1990 — kumush, 1994 — bronza) mavjud. Shuningdek, Franko “Inter”ning barcha o‘yinchilari uchun orzu sanalmish UYEFA Chempionlar kubogida ham 3 bor zafar quchishga muvaffaq bo‘lgan. Juzeppe bu borada faqat UEFA kubogi bilangina maqtana oladi. Skudettolar soni bo‘yicha (6:2) ham ustunlik to‘liq Barezilarning kichigi tomonda.

“Milan”dagi keskin o‘sish paytida, deyarli barcha sovrinlar jamoa sardori Franko Bareziga topshirila boshlagach, muxlislar uning akasi – Juzeppeni “ikkinchi Barezi” deb atay boshlashdi.

“Men hech qachon Frankoga hasad qilmaganman. “Inter”ni tanlaganim uchun hech qachon afsuslanmayman. Uning o‘z biografiyasi bor. Mening ham kelajakda nabiralarimga aytib beradigan o‘z hikoyalarim mavjud. Faoliyatimdan nolisam, gunoh bo‘ladi”.

Barezilarning kichigi “Milan” safiga kelib qo‘shilishi bilan asosiy tarkib futbolchisiga aylandi va ilk mavsumdayoq Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi. Oradan bir yil o‘tib Juzeppe “Inter” bilan mamlakat chempioni bo‘ldi. Aka-ukalarning ikkisi ham Italiya mezbonlik qilgan Yevropa chempionatida Italiya sharafini himoya qildi, biroq musobaqa italyanlar uchun omadsiz yakunlandi.

Keyin “Milan” uchun og‘ir kunlar boshlandi. “Totonero”ning bosh qahramoni sifatida A seriyadan quvilgan “Milan”ni ko‘plab yulduzlar tark etishgan bo‘lsada, Franko jamoa bilan oxirigacha qoldi. Barezilarning kichigida “Yuventus”, “Fiorentina”, “Inter” singari jamoalardan takliflar bo‘lganiga qaramay u jamoaga sodiq qoldi. Jamoa sardori shu yo‘sinda “Milan” tiffozilarining hurmatiga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, ajab emas.

1982-yilda Enso Bearzot o‘zi bilan Ispaniyaga faqat Frankoni olib ketdi. Qahramonimiz musobaqada maydonga tushmagan bo‘lsada, Madriddan JCH oltin medallari bilan qaytdi.

"Biz bir yilda ikki bor dushmanlarga aylanamiz. Bu ham bo‘lsa maydonda sodir bo‘ladi. O‘yin tugagach, yana jigarlar singari quchoqlashib stadionni tark etamiz". Franko Barezi.

Juzeppe “Inter”ni 34 yoshda tark etdi. B Seriya jamoalarida 2 yil to‘p surgach, yana umrini bag‘ishlagan klubga qaytdi va “Inter” klubida turli vazifalarda ishladi. Manchini bilan bo‘lgan janjaldan so‘ng, klubdan to‘liq ketdi. Ayni damda u nafaqada. 7 fevral kuni o‘zining 62 yoshini nishonlaydigan afsonaviy futbolchi tez orada bo‘lib o‘tadigan Milan derbisida ko‘rinish berishi aniq.

“Aka-ukalarning doimo e’tibor markazida bo‘lishi o‘zaro munosabatlarga putur yetkazmaganini alohida qayd etib o‘tish joiz”. Kostakurta.

Franko 37 yoshga qadar “Milan” sharafini himoya qildi. Keyinchalik murabbiylikka qo‘l urgan bo‘lsada, aytarli yutuqlarga erishganicha yo‘q. Kichik omadsizlikdan so‘ng barchasiga nuqta qo‘ydi va dunyo kezishni boshladi. Sayyoramizning barcha qit’alarini kezib chiqqan “Barezilarning birinchisi” ham Milan derbisiga tashrif buyurishi aniq.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 00:31, 07.02.2020. O'qildi: 5880 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик