Angliya chempionatining 29-turidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. «Lester» o‘z uyida «Aston Villa»ni qabul qilib (4:0), yirik hisobda g‘alaba qozondi.
Birinchi bo‘lim tugashiga 5 daqiqa qolganida "tulkilar" Xarvi Barnsning goli evaziga hisobni ochishdi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida esa Jeymi Vardi raqib darvozasiga 2ta to‘p yo‘llagan bo‘lsa, bahs tugashiga 5 daqiqa qolganida yana o‘sha Barns yana bitta gol urib, Vardi kabi "dubl"ni rasmiylashtirdi.
Ushbu g‘alabadan keyin "Lester" o‘z ochkolarini 53taga yetkazib, 4-o‘rindagi "Chelsi" bilan 5 ochkolik tafovutni saqlab qoldi.