Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 17 43
2 Real Madrid 17 39
3 Vilyarreal 15 35
4 Atletiko 17 34
5 Espanyol 16 30
6 Betis 16 25
7 Atletik Bilbao 17 23
8 Selta 16 22
9 Sevilya 16 20
10 Xetafe 16 20
11 Elche 16 19
12 Alaves 16 18
13 Rayo Valyekano 16 18
14 Malyorka 16 17
15 Real Sosyedad 16 16
16 Osasuna 16 15
17 Valensiya 16 15
18 Jirona 16 15
19 Real Ovyedo 16 10
20 Levante 15 9

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kim kuchliroq: Maradona yoki Messi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mashhurlar / Moziy yulduzlari
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

“Barselona” va “Napoli” to‘qnashuvidan so‘ng, Maradona va Messini solishtirish avj olib ketdi. Bu borada ko‘plab futbolchi va murabbiylar o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi ham. Ikki inson ham futbol rivoji uchun ulkan xissa qo‘shgan mega yulduzlar. Shunday bo‘lsada, statistik ma’lumotlar orqali ularni solishtirib ko‘rishga harakat qilamiz.

Klub darjasida qo‘lga kiritilgan sovrinlar

Super klassdagi futbolchi bo‘lishiga qaramay, Maradona juda kam sovrin yutgan. Argentinalik daho hisobida 8ta klublar miqyosidagi sovrin mavjud bo‘lib, ularning 7tasi ichki birinchilikda qo‘lga kiritilgan. Bu borada Messi o‘z vatandoshidan deyarli 4 barobar ustunroq. U shu kunga qadar 34ta kubokni boshi uzra ko‘tarishga ulgurdi.

Terma jamoadagi sovrinlari

Diyego Armando Maradona ismi butun dunyoga tanilishi uchun atigi bitta mundial kifoya qilgan desak, adashmagan bo‘lamiz. Argentinani JCH g‘olibligi sari yetaklagan Diyego faoliyati davomida faqat bir marotaba Argentina terma jamoasi libosida shohsupaga ko‘tarilgan xolos. Shunga qaramay, bu uning buyuk futbolchi sifatida tarixda qolishiga to‘sqinlik qila olmadi. Undan farqli o‘laroq, Messi yangi avlod futbolchilari orasida eng iqtidorli futbolchi bo‘lishiga qaramay, jamoasi uchun birorta sovrin yutgani yo‘q. To‘g‘ri, JCH finaliga qadar yetib bordi, biroq finalda yengilish ikki hissa alamli bo‘lgani uchun Germaniyaga qarshi uchrashuvni ko‘pchilik muxlislar yodga olishni ham istashmaydi. Shuningdek, Messi Argentina uchun 2008-yildagi Olimpiadada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan, biroq bu sovrin Maradonaning yoshlar o‘rtasidagi JCHdagi g‘olibligi bilan ham teng kela olmaydi.

Shaxsiy sovrinlar

Bu borada ularni solishtirishning iloji yo‘q. To‘g‘ri, Messi qo‘lga kiritgan naqd oltita “Oltin to‘p”i bilan kuchliroq ko‘rinishga haqli, biroq “FranceFootball” Maradona davrida bu sovrinni faqat yevropalik futbolchilargagina taqdim etgan. Agar shu qonun bugungi kunlarimizga qadar yetib kelganida, Messi ham Maradona singari “oltin to‘p”larsiz qolib ketishi aniq edi. Shu sababli, bu nominasiyadagi ustunlikni “Oltin to‘p” bilan belgilamaymiz.

Diyego FIFA tomonidan yuz yillikning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etilgan. Qahramonimiz bu borada o‘tkazilgan so‘rovnomada azaliy raqibi Peleni va Eysebiolarni katta farq bilan ortda qoldirgan. Xo‘sh, Messi ham u singari yuz yillikning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishi mumkinmi? Oldinda yana 80 yil mavjud. Bu vaqt davomida yangidan yangi daholar tug‘ilmaydi deb kim kafolat beradi? Asr so‘ngiga borib, 80 yil avvalgi futbolchining hozirgi singari hurmati bo‘ladimi? Bu boradagi savolga hech kim aniq javob bera olmagani uchun ushbu kreteriyda Maradonaning qo‘li baland keldi deb hisoblasak, adolatdan bo‘ladi.

Kim foydaliroq?

To‘purarlik borasida Messi Maradonadan ustunroq. Bundan tashqari, bu ustunlikni yanada yaxshilash uchun Messida yetarlicha vaqt mavjud. Hisob-kitoblarga qaraganda, Maradona futbolchilik faoliyati davomida 344 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Bu har bir o‘yinda o‘rtacha 0,51 ta gol degani. Messining statistikasi ko‘zni quvnatmay qo‘ymaydi. Bugunga qadar 707 ta golni darvozaga joylab qo‘ygan Leo har o‘yinda o‘rtacha 0,8 ta golga mualliflik qilmoqda.

Barqaror o‘yin

Mana 14 mavsumdan beri Messi yuqori formani mukammal ushlab turibdi. Uning hujumdagi harakatlari yillar o‘tayotganiga qaramay, sekinlashgani yo‘q. Qahramonimiz deyarli har mavsumda 30 tadan ko‘proq gol kiritishni uddalamoqda. Maradona ham mavsum davomida 40 ta gol kiritishni uddalagan, faqat bir marotaba xolos. Maydondagi barqarorlik borasida ham Messi vatandoshidan saviyaliroq ko‘rinmoqda. Tan olish lozim, Maradona o‘z faoliyati davomida ko‘proq beqarorligi bilan dong taratgan. Ayniqsa, doping muammosiga o‘ralashib qolgach, futbolchi avvalgi darajasiga ko‘tarila olmadi. Achinarlisi shundaki, o‘z saviyasiga qaytish uchun Maradonada bir nechta imkon bo‘lishiga qaramay, futbol qiroli imkoniyatlardan unumli foydalana olmadi va ko‘proq daromad qilish payida bo‘ldi. Statistik ma’lumot ham bundan dalolat berib turibdi.

Qay biri ijobiy qahramon?

Bu borada uzoq so‘zlash mumkin. Ayni damda ko‘plab muxlislar Messini kamgap va kamtarin deb hisoblashadi. Tashqaridan qaraganda shunday tuyulishi aniq, biroq shelmani ko‘tarsangiz,Messining “hunarlarini” ko‘rishingiz mumkin. Uning murabbiy almashtirishi, yiliga 100 million yevro evaziga “Barselona”da to‘p surishi va boshqa ko‘plab detallar uning faoliyatiga soya olmadi. Messi sayyoramizdagi eng mashhur insonlardan biri sifatida e’tirof etilishda davom etmoqda. Uni salbiy qahramon deyishga yetarlicha asosimiz mavjud, biroq u maydonda ko‘rsatayotgan o‘yin barcha-barchasini yuvib tashlashini ham inobatga olish joiz.

Maradona o‘z davrining eng janjalkash “yigit”laridan biri bo‘lgan. Uni doping bilan ushlab olishgani, maydon tashqarisida ko‘rsatgan hunarlari haqida soatlab so‘zlash mumkin. Ayni damda pul uchun butun dunyoni kezib yurgan Diyegoni ham ijobiy qahramon deb bo‘lmaydi,albatta. Ayniqsa, uning omma oldida ko‘rsatgan “qiliqlari”ni oqlab bo‘lmaydi. Bugungi kunda Diyego o‘z nomini sotish orqali tirikchilik qilmoqda. Bu haftani Rossiyada o‘tkazgan bo‘lsa, kelasi hafta uni AQSHda ko‘rishingiz mumkin. Qisqacha qilib aytganda, yangi avlod muxlislari Maradonani o‘yinlarini ko‘rmagani uchun giyohvand moddalar sababli iqtidorini taqdirga boy bergan futbolchi sifatida yaxshi taniydi. Qanchalar g‘alati tuyulmasin, Maradonani ham ijobiy qahramon deyish haqiqatdan biroz yiroqroq.

Qay biri buyuk?

Agar ikki futbolchining statistikasini solishtirsangiz, Messining katta farq bilan oldinda ekaninini sezasiz, biroq futbol bu san’at. U faqat statistikadan iborat emas. Boz ustiga, Diyego Jahon Chempionatini deyarli bir o‘zi yutishga muvaffaq bo‘lgan. Shundga qaramay, Messi erishgan yutuqlarni chetga surib tashlash ham noto‘g‘ri. Shu sababli, ikki futbolchining davrida ham to‘p surish nasib etgan Xuan Sebastyan Veronning so‘zlariga e’tibor qarating:

Aniq aytishim mumkin-ki, Messi – Maradona emas. Men ularning ikkisi bilan ham to‘p surganman. Diyego harakatlanuvchi kuch edi. Unga har qanday vaziyatda suyanish mumkin bo‘lgan chinakam yetakchi edi. Messi juda uyatchan va yopiq inson. Men Messining texnikasiga shubha qilmayman, biroq inson sifatida Maradona buyukroq”.

Ernan Krespo:

“Ha albatta, biz Messidan doimo ko‘p narsa kutamiz, biroq Messi – Maradona emas! Leo bir o‘zi JCHda g‘olib chiqishga qodir emas. Barcha argentinaliklar buni anglab yetishi kerak. Agar, terma jamoada ham “Barselona”dagi sharoit bo‘lsa, Messi barcha musobaqalarda g‘olib chiqishi mumkin. Afsuski, terma jamoada hech qachon klubdagi sharoitlar bo‘lmaydi.

Gabriyel Batistuta:

Maradona – dunyoning eng yaxshi futbolchisi! Unda xarizma va kamyob iqtidor mavjud edi. Balki Messi Maradonadan ko‘ra iqtidorliroqdir, biroq unda Diyegodagi xarizmayo‘q. Shunga qaramay, bu savolning aniq javobi mavjud emas. Bu borada barchaning o‘z qarashlari mavjud.

 

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 22:37, 25.03.2020. O'qildi: 6033 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 17
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Атлетико Xulian Alvares 7
6 Вильярреал Alberto Moleyro 6
7 Эльче Rafa Mir 6
8 Барселона Rafinya 6
9 Леванте Karl Etta-Eyong 6
10 Бетис Kucho Ernandes 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.