Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 12.06.2026 07:00
      • Janubiy Koreya
      • 2:1
      • Chexiya
      • 12.06.2026 23:59
      • Kanada
      • 1:1
      • Bosniya-Gertsegovina
      • 13.06.2026 06:00
      • AQSh
      • 4:1
      • Paragvay
      • 13.06.2026 23:59
      • Qatar
      • -:-
      • Shveysariya
      • 14.06.2026 03:00
      • Braziliya
      • -:-
      • Marokash
      • 14.06.2026 06:00
      • Gaiti
      • -:-
      • Shotlandiya
      • 14.06.2026 09:00
      • Avstraliya
      • -:-
      • Turkiya
      • 14.06.2026 22:00
      • Germaniya
      • -:-
      • Kyurasao
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Meksika 1 3
2 Janubiy Koreya 1 3
3 Chexiya 1 0
4 JAR 1 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 1 1
2 Kanada 1 1
3 Qatar 0 0
4 Shveysariya 0 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Braziliya 0 0
2 Gaiti 0 0
3 Marokash 0 0
4 Shotlandiya 0 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 1 3
2 Avstraliya 0 0
3 Turkiya 0 0
4 Paragvay 1 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ekvador 0 0
2 Germaniya 0 0
3 Kot-d'Ivuar 0 0
4 Kyurasao 0 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Niderlandiya 0 0
2 Shvesiya 0 0
3 Tunis 0 0
4 Yaponiya 0 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 0 0
2 Kabo-Verde 0 0
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Meksika 2-0 JAR
1-тур Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
1-тур Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
1-тур AQSh 4-1 Paragvay

Navbatdagi o'yinlar.

13/06/26 Qatar - Shveysariya
14/06/26 Braziliya - Marokash
14/06/26 Gaiti - Shotlandiya
14/06/26 Avstraliya - Turkiya
14/06/26 Germaniya - Kyurasao
15/06/26 Niderlandiya - Yaponiya
15/06/26 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06/26 Shvesiya - Tunis
15/06/26 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Messi, Ronaldu, Neymar va boshqalarning maoshi qanchaga kamaydi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Shartnomalar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Korona-tanffus sababli futbol olami katta zarar ko‘rganidan xabaringiz bor. Bu zarar dunyoning eng katta maosh oluvchi futbolchilarini ham chetlab o‘tmadi. Xo‘sh,ularning maoshi qay darajada qisqartirildi? Bugun shu savolga qisqacha javob berib otamiz.

Lionel Messi

“Forbes” jurnali taqdim etgan ma’lumotlarga qaraganda, Leoning “Barselona”dagi yillik maoshi 90 million yevroni tashkil etadi. Bu pullarning deyarli yarmi soliq sifatida Ispaniya hukumatiga o‘tib ketishini inobatga olsak, qahramonimizning haftalik maoshi 866 ming yevroga teng bo‘lmoqda.

30-mart sanasida Leo o‘z Instagramdagisahifasida “Barselona” futbolchilari koronavirus sababli og‘ir vaziyatga tushib qolgan klubni qo‘llab-quvvatlashmaqsadida maoshlarining 70 foizidan voz kechishganini rasman e’lon qildi. Bundan kelib chiqadiki, endilikda Messi haftasiga 260 ming yevro maosh olmoqda. Shu yo‘sinda, Messi o‘zining haftalik maoshining 606 ming yevrosini klub fondida qolishini ta’minlamoqda. Bundan tashqari, qahramonimiz o‘z haftalik maoshidan 35mingini klubda faoliyat olib boruvchi xizmatchilarning maoshi sifatida ularning hisob-raqamlariga o‘tkazib bermoqda.

Krishtianu Ronaldu

Ronaldu daromad borasida Messidan keskin farq qiladi. U “Yuventus” klubidan yiliga 31 million yevro maosh oladi. Bundan tashqari, turli reklamalar qahramonimizga 44 million yevro sof daromad keltiradi. Krish “Yuventus” safida barcha soliqlardan tashqari haftasiga 600 ming yevro maosh olishda davom etayotgan edi. Endilikda bu summa keskin kamayib ketishi mumkin. Gap shundaki, yaqindagina “Yuventus” klubining rasmiy sayti jamoa futbolchilari va murabbiylari o‘zlarining deyarli 4 oylik maoshlaridan voz kechishga rozi bo‘lishganini rasman ma’lum qildi. Agar amalda ham shunday bo‘lib chiqsa, Krish yillik daromadining 33 foizidan ayriladi. Oqibatda uning haftalik maoshining qiymati 400 ming yevroga tushib ketadi. Yillik foydasi esa 20 millionni tashkil etishi mumkin. Bundan tashqari, “Tuttosport” nashri bergan xabarlarga suyanadigan bo‘lsa, Ronaldu va Buffon klub uchun o‘z hisoblaridan 3,8 million yevro xayriya qilishni rejalashtirmoqda. Agar bu ish amalga oshsa, Ronalduning yillik daromadi yana 13 foizga qisqarib ketishi aniq.

Neymar

8-aprelsanasida ESPNnashri PSJ klubi futbolchilarning va o‘rinbosarlarning maoshi kamaytirilishini rasman e’lon qildi. Parijliklar katta maosh oluvchi futbolchilardan kattaroq, kichikroq moyana oluvchi futbolchilardan kichikroq summa chegirib qoladigan bo‘ldi. Bugungi kunda Parij klubi Neymar uchun yiliga 70 million yevrodan voz kechishiga to‘g‘ri kelmoqda. Soliqlarni ayirib tashlasak, braziliyalik futbolchining qo‘liga bir yilda 37 million yevro kelib tushmoqda. Bu haftasiga 711 ming yevro degani. ESPNnashri bergan xabarlarga ko‘ra, Neymarning maoshi 50 foizga qisqartirilgan bo‘lib, endilikda hujumchi haftasiga 355 ming yevroni uyiga olib ketmoqda.

Antuan Grizmann

Maoshlarning qisqartirilishi Antuanning daromadiga keskin ta’sir o‘tkazishi turgan gap. Amaldagi JCH g‘olibi reklama kompaniyalari bilan ishlash borasida bugungi ro‘yxatimizdagi yigitlardan ancha ortda qolmoqda. Shu sababli, uning yiliga 21 million yevro maoshi oldida qo‘shimcha daromadi ko‘rinmay ketadi. Korona-tanaffusga qadar haftasiga sof 155 ming yevro ishlab topayotgan Grizmanning daromadi 66 minggacha tushib ketdi.

Killian Mbappe

“Real Madrid” jamoasining nishonida turgan hujumchi Parijda bir yilda 26 million yevro ishlab topmoqda. Agar soliqlarni ayirib tashlasak, bu haftasiga 230 ming yevrno tashkil etmoqda. Endilikda Killianning o‘z maoshining 50 foizidan voz kechgani sababli 155 ming yevroga qanot qilishdan boshqa chorasi yo‘q.

Garet Beyl

Garet «Forbes» jurnali tomonidan bir yilda eng ko‘p maosh oluvchi sportchilar top-100ligidan joy olgan uelslik “golf”chining yillik sof maoshi 10 million yevroga teng. Bu haftasiga 190 ming yevro degani.

Hozircha “Real Madrid” o‘z futbolchilarining maoshi qisqartirilgani borasida rasmiy ma’lumot bilan chiqqani yo‘q. Shunga qaramay, klub mavsum davom etishiga qarab 10 foizdan 20 foizgacha chegirma qilishi mumkinligi borasida futbolchilarini ogohlantirib qo‘ydi. Agar maosh qisqartirilsa, Beyl yillik daromadining 1 yoki 2 millionidan ayrilishi mumkin.

Muhammad Saloh

“Liverpul”ning asosiy yulduzi ko‘pchilik tahmin qilganidek katta moash olmaydi. Salohning maoshi u kiritgan gollar, ishtirok etgan uchrashuvlari va shunga o‘xshash turli bonuslar evaziga kattalashishi mumkin. «Forbes» jurnali bergan ma’lumotga suyanadigan bo‘lsak, uning yillik o‘rtacha daromadi 8 millionga yoki haftasiga 150 ming yevroga teng.

APLning boshqa futbolchilari singari u ham hozircha to‘liq maosh olishda davom etmoqda. Shunga qaramay, “Liverpul” klubi o‘z futbolchilarining maoshini 30 foizga qadar qisqartirishga tayyor ekanligini rasman e’lon qildi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 23:34, 11.04.2020. O'qildi: 6735 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 АҚШ Folarin Balogan 2
2 Мексика Xulian Kinyones 1
3 Мексика Santyago Ximenes 1
4 Босния-Герцеговина Yovo Lukich 1
5 Чехия Ladislav Kreychi 1
6 Жанубий Корея Hvang In-Bom 1
7 Жанубий Корея Oh Hyon-Gyu 1
8 АҚШ Jovanni Reyna 1
9 Парагвай Maurisio 1
10 Канада Kayl Larin 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик