Bugun 27 dekabr, 2025 yil, shanba.

  • APL
      • 27.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 27.12.2025 17:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 27.12.2025 20:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Brayton
      • 27.12.2025 20:00
      • Brentford
      • -:-
      • Bornmut
      • 27.12.2025 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Everton
      • 27.12.2025 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 27.12.2025 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Fulhem
      • 27.12.2025 22:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.12.2025 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Lids
      • 28.12.2025 21:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Tottenhem
  • «A» Seriya
      • 27.12.2025 16:30
      • Parma
      • -:-
      • Fiorentina
      • 27.12.2025 19:00
      • Lechche
      • -:-
      • Komo
      • 27.12.2025 19:00
      • Torino
      • -:-
      • Kalyari
      • 27.12.2025 22:00
      • Udineze
      • -:-
      • Lasio
      • 28.12.2025 00:45
      • Piza
      • -:-
      • Yuventus
      • 28.12.2025 16:30
      • Milan
      • -:-
      • Verona
      • 28.12.2025 19:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Napoli
      • 28.12.2025 22:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Sassuolo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 18 46
2 Real Madrid 18 42
3 Atletiko 18 37
4 Vilyarreal 16 35
5 Espanyol 17 33
6 Betis 17 28
7 Selta 17 23
8 Atletik Bilbao 18 23
9 Elche 17 22
10 Sevilya 17 20
11 Xetafe 17 20
12 Osasuna 17 18
13 Malyorka 17 18
14 Alaves 17 18
15 Rayo Valyekano 17 18
16 Real Sosyedad 17 17
17 Valensiya 17 16
18 Jirona 17 15
19 Real Ovyedo 17 11
20 Levante 16 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Real»ning «bosh og‘rig‘i» — Garet Beyl haqida

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bir necha yil oldin «Real»ning yetakchisi bo‘lishi kutilgan Garet Beyl hozirga kelib klub uchun haqiqiy «bosh og‘rig‘i»ga aylangan.

Madrid klubi bir vaqtlar 100 million yevro evaziga xarid qilingan va kutilgan o‘yinni namoyish etib bera olmagan uelslik futbolchining xizmatlariga ehtiyoj sezmayapti. Odatda bunday hollarda «qirollik klubi» futbolchilarni tezda sotib yuborardi yoki boshqa bir klubga ijaraga berardi. Biroq Beyl

masalasida hammasi ham unchalik oddiy emas. Uning «Real»dagi yillik 17 million yevroni tashkil qiladi. Shuning uchun Beyl Madridni tark etishga unchalik ham oshiqmayapti. Buning ustiga pandemiyadan keyingi inqiroz davrida barcha klublarda ham uning moliyaviy ehtiyojlarini qondirish imkoniyati bo‘lmaydi.

Joriy mavsumda Beyl La Ligada 14 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va xuddi shuncha golga hammualliflik qildi. Beyl o‘tgan mavsum bilan taqqoslaganda ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotganiga qaramay, klubni tark etish uchun asosiy nomzodlardan biri bo‘lib qolmoqda. Uelslik futbolchi kamdan kam holatlarda asosiy tarkibdan o‘rin oladi. Shuningdek, Beyl anchadan beri samarali harakatlari bilan ham maqtana olmayapti.

Shu paytgacha «Real»ning Beylni sotish borasida qilgan harakatlari besamar ketmoqda. O‘tgan yozda «galaktikos» uning transfer qiymatini 70 million yevro etib belgilagandi. O‘shanda uning maoshini hisobga olib, hech qaysi bir klub aniq taklif bilan chiqmagandi. Yanvar oyida Beylning jamoadan ketmoqchiligi to‘g‘risida yana gap-so‘zlar yana paydo bo‘ldi, ammo u mish-mishdan nariga o‘tmadi. Ispan nashrlarining xabariga ko‘ra, «Real» rahbariyati radikal qadam tashlab, mavsum so‘ngida Beylni tekinga boshqa klubga qo‘yib yubormoqchi. To‘g‘ri, bu holatda «Real» hech qanday foyda ko‘rmaydi, biroq 2 yil davomida futbolchiga to‘lanishi kerak bo‘lgan 34 million yevro tejab qolinadi. Agar «Real» haqiqatdan ham Beylni hech qanday to‘lovlarsiz qo‘yib yuboradigan bo‘lsa, uning klubni tark etish ehtimoli yanada oshadi. Avvalroq futbolchining agenti Jonatan Barret mijozining Madriddagi hayotdan mamnun ekanini ma’lum qilgandi. Beyl Ispaniya poytaxtida qariyb 7 yildan beri oilasi bilan birgalikda istiqomat qiladi, shu sabab uning boshqa shaharga ko‘chib o‘tish masalasi biroz mushkulroq kechishi mumkin. Ammo qayerda bo‘lishdan qat’i nazar Beyl faoliyatni davom ettirishi zarur. Quyida kelajakda u borishi mumkin bo‘lgan bir necha variantlar taqdim etiladi.

APL

Bir vaqtlar Beylga «Manchester Yunayted» va «Chelsi» tomonidan qiziqish bo‘lgandi. Ikkala jamoaga ham yosh tarkib yaxshi qorishib keta oladigan tajribali hujumchi kerak edi. Biroq mavsum o‘rtalariga kelib, «Chelsi» ham «Manchester Yunayted» ham e’tiborini boshqa futbolchilarga qaratdi va Beylning

transferidan voz kechdi. Hozirda Angliya Premyer Ligasida faqatgina «Tottenhem» Garet uchun da’vogarlik qilmoqda. U «Real»ga o‘tguniga qadar «shporlar» tarkibida 146 ta o‘yin o‘tkazib, 42 ta golga mualliflik qilgan. Sky Sports nashri Beylning London klubiga qaytish ehtimolini yuqori baholamoqda.

Agar Harri Keyn «Tottenhem»dan ketadigan bo‘lsa, Beylning transferi amalga oshish ehtimoli yanada oshadi. Hozirda OAVda Keynning mavsum so‘ngida klubni tark etishi mumkinligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning keti uzilmayapti. Ta’kidlanishicha, Keyn faqatgina to‘rtinchi o‘rin uchun kurashishdan charchagan va sovrinlar yutish niyatida. Garet va Keynni ushlab qolish varianti esa uelslik futbolchining yuqori maoshi tufayli klub uchun qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.

A Seriya

So‘nggi paytlarda Italiya chempionatida taniqli futbolchilarning soni tobora ortib bormoqda. Beylda ham ulardan biri bo‘lish imkoniyati bor. Obro‘li nashrlardan biri El Chiringuito’ning xabariga ko‘ra, Antonio Konte vingerning  xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirgan. O‘tgan yozdayoq «Inter» ustozi klub rahbariyatiga Beylning transferini taklif etgandi. O‘shanda «Inter» «Real»ga Beyl uchun zarur bo‘lgan 70 million yevroni berishga qodir emasdi. Ammo endi vaziyat o‘zgarishi mumkin, agar Madrid klubi chindan ham vingerni hech qanday to‘lovlarsiz «ozod» qilsa, «neradzurri» uning nomzodiga qayta to‘xtalishi mumkin. Biroq futbolchining yuqori maoshi koronavirus pandemiyasi keltirib chiqaradigan inqiroz davrida jiddiy muammoligicha qolaveradi.

MLS

Amerika qit’asi vakillari muntazam ravishda omadi yurishmayotgan taniqli yevropalik futbolchilarni jalb etishda davom etmoqda. Beyl ham bundan mustasno emas. 2019 yilning sentyabr oyida unga MLS’ning «Inter Mayami» klubi qiziqish bildirayotgani ma’lum bo‘lgandi. Beylning xizmatlariga shaxsan Florida klubining xo‘jayini sobiq futbolchi Devid Bekhem qiziqib qolgandi. Joriy yilning yanvar oyida «Inter Mayami» Beylga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirdi, biroq ish transfergacha yetib bormadi. Ehtimol, yozda Bekhem Beylni yana o‘z jamoasiga qo‘shib olishga harakat qilib ko‘rar. Shunday bo‘ladigan bo‘lsa, «Inter Mayami» futbolchi uchun kurashda MLS’ning boshqa bir klubi «Los-Anjeles Gelaksi» bilan raqobatda yengib chiqishi kerak. Har ikkala klubda ham Garetning moliyaviy ehtiyojlarini qondirish uchun resurslar yetarlicha, shu bois vingerni bir necha oylardan so‘ng AQSHda ko‘rsak, ajab emas.

Xitoy Superligasi

Beylga bo‘lgan qiziqish va takliflarni ko‘rib chiqilar ekan, Xitoy Superligasiga to‘xtalmaslik, Chin yurti klublariga nisbatan adolatsizlik bo‘lardi. Garet o‘tgan yozdayoq Xitoy chempionatiga o‘tishi mumkin edi. Dastavval nomi oshkor etilmagan Superliga klubi Beylning maoshini to‘liq qoplab bergan holda, futbolchini tekinga qo‘lga kiritmoqchi bo‘ldi. Biroq Madrid klubi bu taklifga rozilik bermadi. Keyinroq esa «Jiangsu Suning» vakillari «Real» rahbariyatiga murojaat qilgani ma’lum bo‘ldi. Ular futbolchiga 20-25 million yevro miqdoridagi summani taklif etadi, biroq «qirollik klubi» prezidenti Florentino Peres bu taklifni ham jiddiy qabul qilmaydi. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘sha vaqtda Beylga juda katta maosh taklif qilingan. Uelslik futbolchi u yerda «Real»dagidan ham ko‘proq pul ishlab toppish imkoniyatiga ega bo‘lardi. Futbolchining o‘zini ham Xitoy Superligasi qiziqtirib qo‘ygan bir paytda Peres uning Osiyoga ketishiga rozilik bermaydi. Agar xitoyliklar yozda yana Beylni sotib olish istagini bildirsa, uni qo‘lga kiritish birmuncha osonlashishi mumkin. Beyl Xitoy klublaridan biriga o‘tadigan bo‘lsa, bu – shubhasiz u uchun pasayish bo‘ladi, boisi porloq deya e’tirof etilgan Beyl iyulda atigi 31 yoshga to‘ladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:23, 22.04.2020. O'qildi: 4132 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 18
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Барселона Rafinya 7
6 Бетис Kucho Ernandes 7
7 Атлетико Xulian Alvares 7
8 Барселона Lamin Yamal 7
9 Валенсия Ugo Duro 6
10 Эльче Rafa Mir 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.